O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Psixodiagnostik tekshiruvda tanlanma to„plam reprezentativligi muammosi


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

4.4.Psixodiagnostik tekshiruvda tanlanma to„plam reprezentativligi muammosi
Reprezentativlik (frants. representatif- namunali) tanlanma to‘plam bosh to‘plam xususiyatlarini 
aks ettiradi degan ma`noni anglatadi. Reprezentativlik o‘rganilayotgan belgilarning tanlanma 
to‘plamda taqsimlanishi ularning real taqsimlanishiga ma`lum statistik xatolik bilan mos 
kelishini bildiradi. Har qanday tadqiqotda to‘plam reprezentativligini ta`minlash uchun ma`lum 
sharoitlarga amal qilish kerak. Ulardan asosiylari quyidagilar: a) bosh to‘plamning har bir birligi 
to‘plamga tushish ehtimoli bo‘lishi zarur; b) o‘zgaruvchi to‘plam o‘rganilayotgan belgiga bog`liq 
bo‘lmagan ravishda tanlanadi; v) tanlov bir xil to‘plamlardan amalga oshiriladi; g) tanlovda 
birliklar soni ko‘p bo‘lishi lozim. Keng ma`noda reprezentativlik metodikaning validligi bilan
bog`liq. 


Hozirgi zamonda fanga ma'lum, insonning psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlarini 
o‗rganish maqsadida tuzilgan psixodiagnostik metodikalar amaliyotda keng qo‗llanilmoqda. 
Yangi ilmiy tushunchalarni bayon qilish, ilmiyligini kafolatlash maqsadida, ularga xos belgilarni 
o‗rganish uchun eksperimental psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish 
borasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. XX asr boshlarida ancha yaxshi rivojlangan 
fanlarning, masalan fizika fanining tushuncha va tadqiqot metodlariga bir qancha talablar qo‗yildi 
va qabul qilindi, bu psixologiyaga ham fan sifatida taalluqlidir. Bu operatsionalizatsiya va 
verifikatsiya talablaridir. 
Operatsionalizatsiya talabi asosida shu narsa yotadiki, yangi ilmiy tushunchani fanga kiritishda 
albatta aniq, konkret muolajalar, usul va metodlarni ko‗rsatib berish va ular yordamida ilmiy 
tushunchalarni bayon qilishda bu ko‗rinishlar haqiqatdan mavjudligiga ishonch hosil qilish lozim. 
Operatsionalizatsiyada har qanday tadqiqotchi amaliy harakati ish jarayonida ilmiy 
tushunchadagi ko‗rinishlar bayoni haqiqatdan ham aynan shu xususiyatlarga ega ekanligiga 
ishonch hosil qila olsin. 
Verifikatsiya talabi shuni anglatadiki, ilmiylik statusiga talabgor har qanday ilmiy tushuncha, 
fanga kiritilayotgan yangiliklar, albatta, haqiqiy ma'nosiga ega ekanligini aniqlash maqsadida 
tekshiruvdan o‗tkazilishi shart. «Verifikatsiya» so‗zi «tekshirish» ma'nosini anglatadi. Bu har 
qanday tushuncha bo‗shliqdan paydo bo‗lmaganligini, haqiqatdan ham mavjudligini isbotlashda, 
unga mos psixodiagnostik muolajalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, biz fanga «motiv» 
tushunchasini kiritmoqchimiz, u holda birinchi navbatda ushbu tushunchaga oid bizga ma'lum 
tushunchalar va ushbu tushuncha ma'nosiga oid diagnostik belgi, ko‗rinishlarni aniq tavsiflab bera 
olishimiz kerak. «Motiv» tushunchasini quyidagicha ta'riflab ko‗raylik. ―Motiv – bu ichki
psixologik, o‗zini anglagan yoki o‗z-o‗zini anglamagan odam harakatini qo‗zg‗atuvchi manba 
hamda u bir maqsadga yo‗naltirilgan holda faollikni qo‗llab turadi‖.
Bolalar psixodiagnostikasi amaliyotida faqat validli aniq va ishonchli metodlar qo‗llanilishi shart, 
aks holda natijalarning ishonchsizligi va noaniqligi hamda xulosa chiqarishda xatoliklar kelib 
chiqishi xavfi Yuzaga chiqishi mumkin. 
Qo‗llanilayotgan metodlar sifatiga, uning yordamida olingan natijalarga, ya'ni unga ishonish 
mumkinligiga psixodiagnostik metoddan foydalangan shaxs mas'uldir. Ta'lim tizimidagi 
muassasalarda 
pedagog-psixologlar 
mas'ul 
shaxsdir. 
Bundan 
tashqari 
bolalar 
bilan 
psixodiagnostik tashxislar o‗tkazishda bir qator kasbiy-ahloq iy tavsifga ega talablar qo‗yilgan. 
Bu asosiy kasbiy-axloqiy talablar quyidagilardir: 
Har qanday sharoitda ham psixologik tashxis natijalari bola shaxsiga ziyon etkazish maqsadida 
qo‗llanmasligi shart. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling