O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
To‟plam reprezentativligini ta`minlash
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
To‟plam reprezentativligini ta`minlash
uchun sharoitlar bosh to‘plamning har bir birligi to‘plamga tushish ehtimoli bo‘lishi zarur o‘zgaruvchi to‘plam o‘rganilayotgan belgiga bog`liq bo‘lmagan ravishda tanlanadi tanlov bir xil to‘plamlardan amalga oshiriladi tanlovda birliklar soni ko‘p bo‘lishi lozim Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan o‗tkazish mumkin (faqat ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va huquqiy sohalarda). Go‗daklik yoki balog‗at yoshigacha bunday qarorlarni ota-onalar bolalar ishtirokida qabul qilishi mumkin. Ota-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan mustasno) mutaxassis psixolog psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o‗z navbatida ota-onalarning farzandlari ruhiyati haqidagi savollariga to‗liq, ishonchli va haqqoniy javob berishi shartdir. Psixologik tashxis natijalari, shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil omillarni hamda ota- onalarning, pedagoglarning fikrlarini inobatga olmasdan, bolaning ta'lim va tarbiyasiga taalluqli takliflarni hal qilishga asos bo‗la olmaydi. Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o‗qituvchi va tarbiyachi bilan hamkorlikda olib borgan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab borishi shart. Psixodiagnostikada qo‗llanilayotgan ko‗pgina metodikalar yosh me'yorlari atamasi bilan bog‗liq. Bu, birinchidan, ruhan va jismonan sog‗lom hamda tasodifan tanlab olingan bolalar guruhida o‗rganilayotgan xususiyatlarning o‗rtacha taraqqiyot darajasi bilan bog‗liq holda tavsiflanadi. Bolada yosh me'yorlari o‗rganilayotgan xususiyatlar taraqqiyot darajasining og‗ishi, o‗tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalar bilan aniqlanadi. Agar uning individual ko‗rsatkichlari me'yordan yuqori bo‗lsa, u holda bola o‗z tengqurlaridan ilgarilab ketgan, buning aksi bo‗lsa tengqurlaridan orqada qolgan degan xulosa chiqariladi. Ikkinchidan – bu o‗z-o‗zidan me'yorlarni o‗rganib turishdir. Ma'lumki, jamiyatning rivojlanib borishi bilan bolalardagi intellektual, shaxsiy va xulqiy taraqqiyotning o‗rtacha ko‗rsatkichi o‗zgarib boradi. Bu, albatta, bundan o‗n yil oldingi me'yorlardan hozirgi paytda foydalanish mumkin emasligini ko‗rsatib beradi, shuning uchun ham har bir metodikani har 3 – 5 yilda albatta qayta tekshirib ko‗rish talab qilinadi. Uchinchidan, boladagi u yoki bu psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholash bilan uning kelajakdagi taraqqiyoti haqida xulosa chiqarib bo‗lmaydi. Chunki bu nafaqat uning taraqqiyot darajasi bilan, balki bolaning uquvchanlik qobiliyati, yangi hayotiy tajribalarni o‗zlashtira olishi, ta'lim sifati hamda ko‗pgina boshqa omillar va sharoitlar bilan bog‗liqdir. Bundan tashqari, har qanday psixodiagnostik metodikalarni qo‗llash va xulosa chiqarish uchun, avvalo uni sinab ko‗rish kerak. Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish va sinab ko‗rish bosqichlari quyidagilardir. Psixodiagnostika so‗zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchisi ilmiy psixologik bilimlar va tadqiqotlar sohasi hisoblansa, ikkinchisi psixologik bilimlarni amaliyotda qo‗llay olish sohasidir. Ilmiy soha sifatida psixodiagnostika: printsiplar, har xil psixodiagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish muolajalarini va usullarini qamrab oladi. Amaliy soha sifatida psixodiagnostik metodlarni amaliyotda qo‗llay olish ko‗nikma va malakalarini psixolog- diagnostda shakllantirishga qaratilgan. Ilmiy va amaliy sohada ham odamning psixologik jarayonlari, xususiyat va holatlarini baholash haqida fikr yuritiladi. Hozirgi zamon psixologiyasida juda ko‗p psixodiagnostik metodlardan foydalaniladi, ammo ularning hammasi ham ilmiy asoslangan deb aytolmaymiz. Bundan tashqari, metodlar ichida tadqiqot va xususiy psixodiagnostik metodlar mavjud. Xususiy psixodiagnostik metodlar shunday metodlar sirasiga kiradiki, ular o‗rganilayotgan psixologik xususiyatning aniq miqdoriy va sifatiy tavsiflarini ko‗rsatib bera oladi, ya'ni muayyan bir xususiyatni baholash maqsadida qo‗llaniladi. Yuqorida aytib o‗tilgan maqsad uchun qo‗llanilmaydigan metodlar, faqat psixologik jarayonlarni, insonning xususiyat va holatini o‗rganadigan metodlar tadqiqot metodlari deb yuritiladi. Ular asosan empirik va eksperimental ilmiy tadqiqotlarda qo‗llaniladi. Ularning asosiy maqsadi – ishonchli bilimlar, faktlarni olishdir. Psixodiagnostik va tadqiqot metodlari farqlarini ko‗rsatib beruvchi ikkita misol ko‗rib o‗tsak: 1-misol. Shaxsni psixodiagnostik tekshiruv metodi. Bu 16 faktorli R.Kettell testi. Mazkur standartlashtirilgan savolnoma o‗ziga 187ta mulohazani qamrab olgan bo‗lib, 16ta guruhga bo‗lingan shkalalar mavjud. Har bir shkala yordamida shaxsning alohida bir belgisini baholash mumkin, bunda baholash standart ballarda beriladi. Ushbu testdagi mulohaza, ko‗rsatma, qo‗llashdagi muolajalar, natijalarni sharhlash va xulosalar – hamma voqea-hodisalarda bir xil qo‗llaniladi va o‗zgartirilmaydi. 2-Misol. Shaxsni tadqiqot qilish metodlari. Masalan, odamni maxsus sharoitda kuzatish orqali, aniq bir xulqini o‗rganish uchun mo‗ljallangan eksperiment ishlab chiqilmoqda. Eksperimentni shunday tuzish mumkinki, tadqiqotchini qiziqtirayotgan shaxs xulqidagi ko‗rinish, belgilarning har birini alohida o‗rganish imkonini bersin. Sinovchi, sinaluvchilar xulqini kuzatish orqali shaxs belgilarining alohida xususiyatlari va unga mos xulq-atvor shakllari haqida xulosa chiqarish uchun ishlab chiqilgan eksperiment o‗tkazadi. Bundan tashqari, bolalar bilan o‗tkaziladigan psixologik-pedagogik eksperiment, ularni maxsus eksperimental sharoitda kuzatish imkonini beruvchi izlanishlar ham tadqiqot metodi deb Yuritiladi. Bu psixodiagnostik metodlar psixologiyaning turli sohalarida va har xil insonlar faoliyatida qo‗llaniladi. Ilmiy psixologiyada bu metodlar asosan eksperimental izlanish va bu jarayonni tashkil qilishda, amaliy psixologiyada esa – psixologik maslahat, psixokorrektsiyada hamda psixologning kasbiy faoliyatidagi boshqa jabhalarda, masalan, kasbga yo‗naltiruvchi malakali mutaxassislar tayyorlashda qo‗llaniladi. To‗g‗ri tashkil qilingan eksperimentda hamma vaqt ham sinaluvchining u yoki bu psixologik xususiyati taraqqiyot darajasini aniq baholash zarur, chunki o‗tkazilgan eksperiment o‗rganilayotgan xususiyatga ta'sirini ko‗rsatdimi, yo‗qmi, bilib olishimiz shart. Yuqorida aytib o‗tilgan fikrlar psixologik maslahat va psixologik korrektsiya ishlariga ham taalluqlidir. Psixologik maslahat olib borayotgan psixolog mijozdagi har xil psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholashi shart. Uning bu ishi shifokor mehnatini yodga soladi, ya'ni shifokor bemorning kasalini va muolaja metodini aniqlashda diagnostik ishlar o‗tkazadi. Psixolog ham diagnostika bilan shug‗ullanar ekan, avval mijozning psixologik taraqqiyot darajasini tashxislab, so‗ngra maslahat va korrektsiya ishlarini amalga oshiradi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, biz metodikaning validligi, ishonchliligi, aniqligi, tanlanma to‘plam reprezentativligi haqida tushunchalarga ega bo‘ldik. Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling