O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Motivasion sohani diagnostika qilish


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

7.3.Motivasion sohani diagnostika qilish 
«Bolaning maktab ta'limiga munosabati» metodikasi 
Bu metodikaning maqsadi maktabga yangi qabul qilinayotgan o‗quvchilarda o‗qish motivi yoki 
o‗qishga qiziqish bor-yo‗qligini aniqlashdan iborat. Bolaning o‗qishga munosabati, boshqa ruhiy 
belgilar bilan bir qatorda o‗qishga va maktabga tayyor yoki tayyor emasligini belgilovchi 
holatdir. Bolaning bilish jarayonlari normal, boshqa bolalar bilan o‗zaro munosabatlari qoniqarli 
bo‗lsa ham uni maktab ta'limiga tayyor, deb aytish qiyin. O‗qishga qiziqish bo‗lmasa ham ikkita 
ruhiy tayyorgarlik belgisi – ya'ni bilish jarayonlari, kommunikativlik qobiliyatlari yaxshi 
rivojlangan bo‗lsa, o‗qishning dastlabki bosqichida maktabga va bilim olishga bo‗lgan qiziqish 
uyg‗onishi mumkin. Amaliyot shuni ko‗rsatadiki, ayni shu kichik maktab yoshidagi bolalarni 0 
ballik va 1 ballik mezon orqali baholash bilan cheklanmaslik kerak. 
Birinchidan, bu erda qiyin savollar bo‗lishi mumkin, shuning uchun bolalar biriga to‗g‗ri, biriga 
noto‗g‗ri javob berishi ehtimoli bor. 
Ikkinchidan, berilayotgan javoblarning bir qismi to‗g‗ri, bir qismi noto‗g‗ri bo‗lishi ham mumkin. 
Agar bola qiyin savollarga to‗liq javob bera olmasa, 0,5 ball bilan baholanadi, to‗g‗ri, shubha 
uyg‗otmaydigan to‗liq, yaxshi bahoga loyiq javob bersa 1 ball bilan baholanadi, javob bir 
tomonlama to‗liq bo‗lmasa 0,5 ball bilan baholanadi. Masalan, 2-savol: «Nima uchun maktabga 
borish kerak?» – degan savolga to‗liq bo‗lishi uchun shunday javob berishi kerak: 
«Kerakli bilim, ko‗nikma va malakalar hosil qilish uchun». Noto‗liq javob «O‗qish uchun». 
Noto‗g‗ri javoblarda bilim olish, ko‗nikma va malakalarni o‗zlashtirish haqida hech qanday 
ma'lumot yo‗q. Masalan, «Maktabda maza qilib o‗ynaymiz». Agar qo‗shimcha savoldan keyin 
bola to‗liq javob bersa 1 ball, qo‗shimcha savollardan keyin ham o‗z fikrlariga hech qanday 
o‗zgartirish kiritmasa 0,5 ball. 
Natijalar tahliliga ko‗ra 8 balldan Yuqori ball to‗plagan bolalar maktab ta'limiga to‗liq tayyor, 5–8 
ball to‗plaganlar to‗liq tayyor emas, 5 balldan kam to‗plaganlar esa maktab ta'limi uchun tayyor 
emas deb topiladi. 
Bolalarga tavsiya etiladigan savollar 
1. Maktabga borishni xohlaysanmi? 
2. Nima uchun maktabga borish kerak? 
3. Maktabda nima bilan shug‗ullanasan? (Odatda maktabda nima qilishadi). 
4. Maktabga borishga tayyor bo‗lish uchun nima qilish kerak? 
5. Dars nima? Unda nima bilan shug‗ullanishadi? 
6. Maktabdagi darslarda o‗zini qanday tutish kerak? 
7. Uy vazifasi nima? 
8. Nima uchun uy vazifasi bajariladi? 
9. Maktabdan uyga kelib nima bilan shug‗ullanasan? 
10. Maktabga borib o‗qiy boshlasang, hayotingda qanday o‗zgarishlar ro‗y beradi? 
Savolning mazmuniga mos keluvchi javoblar to‗g‗ri deb qabul qilinadi. Agar noto‗liq bo‗lsa, 
qo‗shimcha savollar beriladi. Har bir savolning ma'nosini bola to‗g‗ri tushunganligiga ahamiyat 
berish kerak. 


Ushbu metodika bo‗yicha bolalar to‗plashi mumkin bo‗lgan maksimal ball – 10 ball bo‗lib, bu 
bolaning ruhiy jihatdan maktab ta'limiga to‗la tayyor ekanligini bildiradi. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling