O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- GISSEN SO‟ROVNOMASI
Natijalar tahlili
36-44 ball. Siz o‘rtacha darajada tajavvuzkorsiz, lekin hayotda muvaffaqiyatli qadam tashlayapsiz. Sizda samimiy izzattalablik va ishonch bor. 45 va undan ortiq. Siz ortiq darajada tajavvuzkorsiz va ko‘pincha boshqalarga nisbatan betayin va judayam shavqatsizsiz, siz o‘zingizni metodlaringizga ishongan holda rahbarlikka ko‘tarilishga umid qilasiz, bunda oila a`zolaringiz va atrofingizdagilar manfaatlarini qurbon qilasiz. 35 va undan past. Siz haddan ziyod tinchliksevarsiz, bu esa sizda o‘zingizning kuchingizga va imkoniyatlaringizga ishonch etarli emasligini anglatadi. Bu albatta sizni har doim egilishingizni bildirmaydi. Baribir sizga ko‘proq qat`iylik bo‘lishi halaqit bermaydi. Agar siz 7 ta va undan ko‘p savollarga 3 balldan va 7 tadan kam savollarga 1 tadan ball to‘plagan bo‘lsangiz, unda sizning tajavvuzkorona portlashlaringiz yaratuvchanlikdan ko‘ra buzg`unchilik xarakteriga ega. Siz o‘ylab ko‘rilmagan ishlarga va ayovsiz munozaralarga moyilsiz. Siz odamlarga mensimaslik bilan qaraysiz va o‘z xulqingiz bilan janjalli murosasizlik holatlariga undaysiz, vaholanki ularni oldini olishingiz mumkin. Agar siz 7 ta va ko‘proq savollarga bir ochkodan va 7 tadan kam savollarga 3 ochkodan olsangiz, unda siz haddan ziyod odamovisiz. Bu degani sizda tajavvuzkorlik, shoshilishlik begona emas, lekin siz uni judayam bostira olasiz. GISSEN SO‟ROVNOMASI Bexterev nomidagi psixonevrologiya institutida moslashtirilgan. Bu so‘rovnoma kishi kayfiyatidagi hissiy o‘zgarishdagi shikoyatlar intensivligini aniqlab beradi. Odamning tabiiy holati uning xulqini hissiy stereotipiga ta`sir qiladi. Bu somatikaning psixikaga ta`siri natijasidir. Buning aksi ham bo‘lishi mumkin, insonda bo‘lgan hissiy sterotip insonning tabiiy holatidagi ichki kechinmalariga ta`sir qiladi. Xulqning hissiy stereotipi organik holatlarning qabul qilishiga ta`sir qiladi. Tibbiyotda ―kasallikning sub`ektiv darajasi‖ degan tushuncha bor. Somatik buzilishlarning ob`ektiv ko‘rinishidan farqli, sub`ektiv daraja inson sog`ligini emotsional holatini ko‘rsatadi. Har bir sezgi sub`ektiv his qilish bilan bo‘ladi. Bunday sezgilar yig`indisi sub`ektiv darmonsizlik intensivligini aniqlaydi. Kishi sog`lig`i Yuzasidan bo‘ladigan shikoyatlarning intensivligining jami bola shaxsi ruhiy holatining mustaqil omilini hosil qiladi. Bu erda har qanday shaxs kasal yoki vrachga murojaat qilgan shaxs haqida ketyapti. Har birimiz u yoki bu darajada sog`ligimiz haqida qayg`uramiz. Ushbu so‘rovnomada kayfiyatning hissiy shikoyat intensivligi berilgan. Kasallik darajasi shkala bo‘yicha baholanadi: 0-yo‘q, 1-engil, 2-bir necha, 3-ancha, 4-kuchli. Ma`lumotlarning ishlanishi shkalalar bo‘yicha quyidagi ballar hisoblanadi. 1. ―Xolsizlik‖ – X: 1+4+15+16+17+19. Bu shkala xolsizlikning nospetsifik omili ko‘rsatkichi, kishi hayoti energiyasini yo‘qotilganligi va uning yordamiga muxtojligini ko‘rsatadi. 2. Oshqozon shikoyatlari – 0: 3+9+10+12+13+21. Bu shkala asab oshqozon kasalliklarini aks ettiradi. 3. ―Tananing har xil qismlaridagi og`riqlar‖ yoki ―revmatik omil‖ R: - 5+7+8+14+18+23. Shkala mijozning spastik xarakterdagi sub`ektiv dardlarini ifodalaydi. 4. ―Yurak shikoyatlari‖ 10: 2+6+11+20+22+24. Shkala ko‘proq qon tomir doirasidagi kasalliklar lokalizatsiyasini ko‘rsatadi. 5. ―Bosim (intensivlik) shikoyatlar‖-B. Bu shkala yuqoridagi 24 shikoyatlarni o‘z ichiga oladi. 4 ta ilgarigi shkalalarni integral bahosini tashkil qiladi. SHkala umumiy hissiy shikoyatlarning intensivligini xarakterlaydi. Aytish kerakki, shkala klinik sindromlar u yoki bu kasallikni aniqlab bermaydi. Ular tomonidan seziladigan darmonsizlikning umumiy birikmasini tashkil qiladi. Natijalarni baholash. Birinchi 4 shkala 0 dan 24 ballgacha (har bir shkala 6 punktdan iborat) 5 shkala uchun 0 dan 96 ballgacha bo‘lishi mumkin. № Men quyidagi dardlarni his qilaman 00 1 2 33 44 Y yo‘q engil bir necha aancha kuchli 1 22 3 4 55 66 11 Zaiflik sezish 22 Yurak urishi to‘xtab-to‘xtab 33 Qorinda bosim bo‘lishi 44 Uyquning ko‘pligi 55 Bo‘g`imlardagi og`riqlar 66 Bosh aylanishi 77 Bel yoki elka og`rig`i 88 Bo‘yin og`rig`i 99 Qusish 110 Ko‘ngil aynishi 111 Spazma 112 E`tiroz bildirish 113 Kuyish 114 Bosh og`riqlari 115 Tez charchash 116 Charchash 117 Qaridek his qilish 118 Oyoqda og`riq, charchoq 119 Bo‘shashganlik (lanjlik) 220 Ko‘krakda sanchiq turish 221 Oshqozondagi og`riqlar 222 Bo‘g`ilish 223 Boshda bosimni his qilish 224 Yurak huruji Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling