O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
1. Tadqiqot natijalarini tahlil qilishga qanday talablar qo‘yiladi? 2. Tajriba natijalarini noto‘g‘ri talqin etish qanday oqibatlarga olib keladi? 3.Noto‘g‘ri xatti- harakatlarni qanday aniqlash mumkin? 252 XIY. ILMIY MANBALAR BILAN ISHLASH Reja: 14.1. Rasmiy manbalar: kitoblar, maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar. 14.2. Norasmiy manbalar: mutaxassislar bilan uchrashuvlar, tadqiqiy guruhlar, o‘qituvchilar Maqsad. Talabalarda ilmiy manbalar bilan ishlash bo‘yicha nazariy bilimlarni shakllantirish; o‘z ustida ishlash, fan tarixini o‘rganish orqali mamlakatimizdagi fan texnika taraqqiyotini tahlil qilish va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tarbiyalash; ilmiy dunyoqarashni, ijodiy mustaqil tafakkurni rivojlantirish. Vazifalar: 1. Rasmiy manbalar hisoblanmish kitoblar, maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlarning ilmiy tadqiqotdagi o‘rni haqida tushuncha berish. 2. Norasmiy manbalar: mutaxassislar bilan uchrashuvlar, tadqiqiy guruhlar, o‘qituvchilar haqidagi ma‘lumotlarni bayon qilish. Tayanch tushunchalar: Rasmiy manba; norasmiy manba; ilmiy manbalar; maqola; kitob; texnik hisobot; to‘garak; jurnal. 14.1. Rasmiy manbalar: kitoblar, maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar Eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlash katta ahamiyat kasb etadi. Bizga ma`lumki ilmiy manbalar –ma`lum bir fan doirasidagi tasdiqlangan bilimlar tizimi hisoblanadi. Eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlashda o‘z vaqtida manbalarni qo‘llashga e`tibor berish lozim. Ilmiy manbalar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: 1. Rasmiy manbalarga- psixologiya sohasidagi turli xil kitoblar, ma`lum mavzudagi ma`lumotlarni jamlovchi kitob va maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar, jurnallardagi maqolalar kiradi. 2. Norasmiy manbalarga – koferensiya tezislari to‘plami, to‘garaklar, laboratoriya kengashlari, og`zaki maslahatlar, tadqiqotchi guruh kiradi. Har qanday tadqiqotni bajarish uchun qanday ilmiy manbalar mavjud va ulardan qanday foydalanish kerakligi haqida ma`lum bir tushunchaga ega bo‘lish kerak. Inson umrini kutubxonada ilmdagi yangiliklarni o‘rganish uchun o‘tkazishi mumkin, lekin shunda ham u ortda qolaveradi. ilmiy manbalar turlari Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling