261
Validlik quyidagi jihatga aloqador: o‘lchashni xohlagan narsani o‘lchayapmizmi. Aytaylik bizda
yog`och lineyka bor, undagi markirovkaga ko‘ra u 10 sm biroq, aslida 20 sm. CHunki haqiqatda
uning har bir santimetri 2 smni o‘lchaydi. Bunday holatda biz biror bir ob`ektni ko‘p bora
o‘lchashimiz mumkin, biroq
lineyka doim bir xil natijani, aytaylik 9 sm ni ko‘rsatadi.
Bizda ishonchli o‘lchov asbobi bor, biroq o‘lchovlar
albatta xato, chunki biz santimetrlarni
o‘lchayapmiz deb o‘ylayapmiz aslida esa unday emas. SHuning
uchun ham biz asboblarimiz
validligini, ya`ni boshqa valid bo‘lgan asboblar singari bizning asboblarimiz ham to‘g`ri
birliklarni ko‘rsatadimi, yo‘qmi shuni bilishimiz darkor.
Masalan, aytaylik, bizdagi agressivlikning operatsional ta`rifi bolaning agressiv yoki noagressiv
o‘yinchoqlarni o‘ynash vaqtining foizini aniqlashni ko‘zda tutadi. Agar bizning sekundomerimiz
to‘g`ri ishlasa olingan natijalar ham ishonchli bo‘ladi, chunki ikkinchi bora xulq-atvorning
xronometriyasini o‘tkazganimizda deyarli o‘shanday natijalarni olamiz.
Biroq odamlar bizning
o‘lchovlarimiz agressivlik me`yori uchun valid emas degan e`tirozni bildirishlari mumkin. Ular:
―bolalar o‘zlari foydalanishni bilgan o‘yinchoqlarini o‘ynaydilar‖ deyishlari mumkin. Bolalar
zo‘ravonlik aks etgan teleko‘rsatuvlarda pistoletlar, tanklar, pichoqlar ishlatilayotganligini
ko‘rishgani uchun aynan shu o‘yinchoqlarni ishlatishadi. SHuningdek, ular bolalar o‘ynayotgan
Yuk mashina,
asboblar, o‘yinchoqlarni nafaqat noagressiv,
balki agressiv maqsadda ham
qo‘llashga qodirlar deb davo qilishlari mumkin. Bu odamlarni siz ishlatayotgan o‘lchovlar
validligiga ishontirishingiz uchun bu o‘lchovlarni qoniqtiradigan ma`lum bir standartlarga
solishtirishingiz lozim. Agar sizning o‘lchov vositangiz standartga mos bo‘lsa uni valid deb atay
olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: