O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Tobe o‟zgaruvchini tanlash: operatsional tushuncha, validlik, ishonchlilik


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

14.2.Tobe o‟zgaruvchini tanlash: operatsional tushuncha, validlik, ishonchlilik
Tobe o‘zgaruvchi qandaydir mustaqil o‘zgaruvchining ta`sirida xulq-atvorda ro‘y beradigan 
o‘zgarishdir. Tekshirish uchun xulq-atvordagi o‘zgarishlarning xilma xil ko‘rsatkichlari predmet 
qilib olinishi mumkin. Tobe o‘zgaruvchi sifatida qanday jarayon yoki hodisani tanlashimiz 
yakunda nimani tekshirishimizni ma`lum qiladi. 
Yana bir karra tushunchalarning talqini 
Keling, ―Zo‘ravonlik tasvirlangan teleko‘rsatuvlar bolalardagi agressivlikni oshiradimi?‖ degan 
savolga qaytaylik. Tasavvur qilaylik, biz tajribada agressivlik darajasiga teleko‘rsatuvlar ta`sirini 
tekshirishni rejalashtirganmiz. Bunday holatda biz avvalo agressivlik tushunchasiga operatsional 
ta`rifni aniqlashtirib olishimiz kerak bo‘ladi. Chunki agressivlik deganda nimani tushunishmiz 
bolaning qaysi harakatlarini agressiya toifasiga kiritishimizni belgilab beradi. 
Avvalo, shuni ta`kidlash kerakki, biz keltirayotgan misolga o‘xshash vaziyatda tadqiqotchi 
birinchi navbatda tobe o‘zgaruvchi sifatida gavdalanayotgan agressivlikning mezoni, agressiv 
xatti-harakatlarni ifodalovchi alomatlar deganda nimalarni qabul qilishini hal etishi kerak. Bu 
masalani hal etishning usullaridan biri ekspertlar guruhiga har bir bolaning o‘yin vaziyatidagi 
xatti-harakatlari tasvirlangan videolavhani ko‘ rsatib, ularga 7 balli shkala asosida bola xulq-
avtorida agressiyaning namoyon bo‘lishi darajasini baholashdir. Boshqacha usulni qo‘llab, ya`ni 
bolalarga turli muammoli vaziyatlarga tushib qolgan bolalar haqida hikoya qilib berib, ularning 
o‘rnida o‘zlari bo‘lganda qanday yo‘l tutishlarini so‘rash orqali ham ushbu masalani echish 
mumkin. SHuningdek, bolalarning agressiv toifaga kiruvchi o‘yinchoqlar (masalan, to‘pponcha, 
pichoq va h.) va noagressiv o‘yinchoqlar (masalan, mashinalar, qurilish uskunalari, 
qo‘g`irchoqlar va h.) bilan o‘ynashini kuzatishimiz mumkin. Kuzatuv natijasida biz har bir toifa 
o‘yinchoqlar bilan bola qancha vaqt o‘ynayotganini qayd etib, bu belgini agressivlik ifodasi 
sifatida qabul qilishimiz mumkin. Shubhasiz, qo‘yilayotgan ilmiy-tekshiruv masalasining bu 
jihatini hal etishning yana boshqa xil usullarini o‘ylab topsa bo‘ladi. Muhimi shuki, ilmiy 
tekshiruvga kirishayotganda, albatta, operatsional ta`rifni aniqlashtirib olish shartdir. 
Ba`zida tobe o‘zgaruvchi go‘yo aniq ko‘rinib turgandek bo‘lganda ham, operatsional ta`rifni 
aniqlashtirish qiyinchilik tug`dirishi mumkin. Masalan, faraz qilaylik, ikki tadqiqotchi 
evolYutsion psixologiyada ilgari surilayotgan ayrim nazariyalar statistika ma`lumotlari bilan 
qanchalik tasdiqlanishini tekshirmoqchi. Jumladan, shunday taxminlardan biriga ko‘ra, odam 
o‘zi bilan birga yashayotgan odamlar orasida o‘ziga irsiy jihatdan qondosh-qarindosh 
bo‘lganlarga nisbatan ularga genetik aloqasi yo‘q odamlarni ko‘proq o‘ldiradilar. Go‘yoki bu 
erda har bir toifaga kiruvchi odamlar orasida kimlarga nisbatan ko‘proq qotillik jinoyati sodir 
etilganini hisoblashning o‘zi kifoyadek tuYuladi. Ammo qotillik deganda nimani tushunish 
kerak? Ba`zi mamkalatlarda qotillik jinoyati tofasiga qotillikka urinish va behosdan odam 
o‘ldirish kiritiladi. Bu holda o‘tkazilayotgan tekshiruv qanday yakunlanganidan qat`iy nazar 
barcha suiqasdlar va ehtiyotsizlik sababli ro‘y bergan qotilliklarni hisobga olish zarur bo‘ladi. 
Tasodifiy qotilliklarning ko‘pchiligi, xuddi mashinada odamni urib Yuborish holati kabi 
vaziyatlarda aslida qotillik niyati bo‘lmaydi. Niyatning bo‘lishi qanchalik muhim? Agar niyat 
muhim bo‘lsa, unda qotillikka urinishni ham qotillik deb hisoblash kerak. Yoki faqatgina sud 
hukmi bilan aybdor, deb topilganlarni qotillar toifasiga kiritish mumkinmi?Bir qarashda oxirgi 
tilga olingan yondashuv to‘g`riday: hisob kitobga aybdorligi isbotlanmagan odamlarni 


260 
kiritmagan ma`qul. Ammo ayblovlar sonini sanash yana boshqa xil raqamlarni berishi mumkin. 
Detroytda bir yilda sodir qilingan qotilliklarda 20 ta erkak o‘z xotinini o‘ldirganda aybdor deb 
topilgan, 9 ta ayol o‘z erining qotili sifatida qayd etilgan. Bu raqamlar go‘yo oiladagi qotilliklar 
ko‘proq erkak kishilar tomonidan sodir qilinishini ko‘rsatayotganday. Biroq aslida bunday 
qotilliklar ko‘proq ayollar tomonidan sodir etiladi. Faqatgina qotil xotinlarning jinoyat ishlari 
75% holatlarda tergov-surishtiruvsiz tugallanadi, qotil erlar orasida esa bu ko‘rsatkich 20% 
tashkil etadi, xolos. Tadqiqotchilarning ko‘rsatishicha, ayblovlarning o‘zini hisoblash 
jinoyatchilardan ko‘ra ko‘proq da`vogarlarning xulq-atvori haqida ma`lumot beradi. Ushbu 
misoldan ham ma`lum bo‘layaptiki, tobe o‘zgaruvchilarni operatsional aniqlash mustaqil 
o‘zgaruvchilarni aniqlashtirishdan oson emas.
Tobe o‘zgaruvchilarni aniqlashtirishda biz nafaqat operatsional ta`riflar masalasini, balki amalga 
oshiriladigan tekshiruv valid va ishonchli bo‘lishini ham nazorat qilib turishimiz kerak.

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling