O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Ishonchlilik va validlik 
Ilmiy tekshirish jarayonida qo‘llanuvchi vosita o‘xshash vaziyatlarda qaytadan o‘tkazilgan 
sinovlarda har safar bir-biriga yaqin natijalarni bersa, uni ishonchli deb hisoblash mumkin. 
Olinayotgan natijalar qanchalik xilma xil bo‘lsa, o‘lchov asbobi shunchalik ishonchsiz bo‘ladi. 
Bu holatga shunday qiyosni keltirish mumkin: faraz qiling uzunlikni o‘lchashga xizmat qilishi 
ko‘zda tutilgan chizg`ich rezinadan tayorlangan. Bir marta uning yordamida o‘lchangan narsa 7 
santimetr, boshqa safar esa 8 santimetrni ko‘rsatishi mumkin. Chizg`ichimiz qanchalik ishonchli 
ekanini aniqlash uchun biz aynan bir narsani kamida ikki marta o‘lchab, ularning uzunliklari 
o‘rtasidagi korrelyatsion aloqadorlik darajasini tekshirimiz kerak (1-bobga qarang). Agar 
birinchi teshiruv natijasi ikkinchi bor o‘tkazilgan o‘lchovning ko‘rsatkichiga yaqin bo‘lsa, 
o‘lchov asbobini ishonchli, deb hisoblash mumkin. Agar o‘rtadagi korrelyatsiya sust bo‘lsa, 
asbob unchalik ishonchlik bo‘lmaydi.
Yuqorida biz keltirgan misolda biz bolaning xatti-harakatlari tasvirlangan videolavhani ikkinchi 
guruh ekspertlariga ko‘rsatib, ulardan xulq-atvordagi agressivlikni baholab berishni so‘rashimiz, 
so‘ngra ikkala guruh ekspertlari qo‘ygan baholarni solishtirishimiz mumkin. Agar ikki guruh 
ekspertlari bir biriga o‘xshash baholarni qo‘ygan bo‘lsalar, demak, ularning xulosalari ishonchli. 
Ishonchlik masalasiga aniqlik kiritish tobe o‘zgaruvchi muayyan psixologik sinov vositasi
jumladan, qandaydir test yoki so‘rovnoma yordamida aniqlanayotgan vaziyatda, ayniqsa, dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. Odatda standartlashtirilgan metodikalarning ishonchlik darajasi uni ishlab 
chiqqan mutaxassislar tomonidan aniqlangan bo‘lib, diagnostika vositasini qo‘llash bo‘yicha 
yo‘riqnomada keltirilgan bo‘ladi. Ammo psixologik sinov vositasi tadqiqotchining o‘zi 
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, uning ishonchlilik darajasini aniqlash ham izlanuvchi 
zimmasiga tushadi. Buni bir necha xil usullar bilan amalga oshirish mumkin. Eng keng tarqalgan 
usul – retest tekshiruv usuli bo‘lib, bunda aynan bir guruh sinaluvchilarning o‘zi bilan ma`lum 
vaqt oralig`ida tegishli metodika bilan qayta tekshiruv o‘tkazishdir. Bunda ikki marta amalga 
oshirilgan tekshiruv natijalari orasidagi korrelyatsiya koeffitsientini hisoblash orqali ishonchlilik 
darajasi aniqlanadi. Ammo aynan bir odamning o‘zi ikki marta tekshirilganda beixtiyor avvalgi 
tekshiruvda hosil bo‘lgan tushuncha, ko‘nikmalar ikkinchi bor tekshiruv o‘tkazilganda 
natijalarga ta`sir ko‘rsatishi ehtimoli bor. Qolaversa, ikki tekshiruv orasidagi vaqt davomida 
sinaluvchi hayotida ro‘y bergan voqealar ham natijalarga ta`sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli 
ba`zida ishonchlilikni aniqlashning boshqa usuli, jumladan, parallel shakllarni qo‘llash usuli 
qo‘llanadi. Bu usulni qo‘llashda ishonchligi aniqlanayotgan metodikadagi topshiriqlar kabi 
vazifalarga ega bo‘lgan, ya`ni qo‘llanayotgan vositaga o‘xshash yana bir o‘lchov asbobi ishlab 
chiqiladi va sinovdan o‘tkazilayotgan odamlar har ikki shakldagi vosita yordamida tekshiriladi. 
Bu erda ham yakunda bir metodikaning ikki xil shakli yordamida olingan natijalar o‘rasidagi 
korrelyatsiya tekshiriladi. O‘z-o‘zidan tushunarliki, korrelyatsiya ko‘rsatkichlarining Yuqori 
bo‘lishi tegishli metodikaning ishonchli ekanidan darak beradi.

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling