O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Bevosita kuzatsa bo‟ladigan tobe o‟zgaruvchilar, bilvosita ta‟sir o‟tkazadigan tobe


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

14.3.Bevosita kuzatsa bo‟ladigan tobe o‟zgaruvchilar, bilvosita ta‟sir o‟tkazadigan tobe 
o‟zgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy ko‟rsatkichlari 
Sizning metodingiz xulq-atvorni bevosita kuzatishga qanchalik yaqin bo‘lsa, siz olgan 
o‘lchovlar shuncha kam baxslarga sabab bo‘ladi. Biroq aytaylik siz inson ongi qanday ishlashini 
bilmoqchi bo‘lsangiz, u xolda tan oling, keltirgan tobe o‘lchovlaringiz bilvosita bo‘ladi. 
Masalan, sizni xotira qiziqtiradi va siz eslab qolish uchun berilgan matnni taqdim etishning ikki 
usulini solishtirmoqchisiz. Bir haftadan so‘ng qatnashchilar matnning qanchasini eslab 
qolishganini aniqlamoqchisiz. Xo‘sh, nimani o‘lchashingiz kerak? 
Vazifa juda oddiy: ulardan nimani eslashlarini so‘rash kifoya. Lekin, aytaylik, ular ikki usulda 
taqdim etilgan materialdan hech nimani eslay olmadilar. Shunda siz ular hech narsani esda 
saqlab qolmaganlar deya xulosa bera olasizmi? Buning o‘rniga siz, yaxshisi, tanish testini 
o‘tkazishingiz va avvalgi material bilan yangi materialni solishtirishlari qanchalik aniqligini 
tekshirishingiz mumkin. Yoki siz ulardan materialni yana bir bor yodlashni so‘rashingiz va avval 
yodlaganlari hisobiga bu safar qancha vaqtni tejaganliklarini hisoblashingiz mumkin. Bu 
metodlarning har biri sizning: odamlar qancha eslab qoldi degan savolingizga turlicha javoblarni 
berishi mumkin. O‘ylaymanki, keltirilgan misollar orqali siz – boshlanishida bevosita 
kuzatilayotganga o‘xshab ko‘rinayotgan o‘zgaruvchilar ham sizni qiziqtirayotgan xulq-atvor 
bilan bilvosita aloqador bo‘lishi mumkinligini tushuna olasiz. 
Bilvosita ta‟sir o‟tkazadigan tobe o‟zgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy ko‟rsatkichlari 
Aytaylik biz qaysi holatda: tugmani bosish uchun berilgan nurli signal yorqin bo‘lgandami yoki 
xira bo‘lgandami ― odamlar tezroq reaktsiya bildirishlarini bilmoqchimiz. Extimol siz chiroq 
yonganda sekundomerni yoqib, tugma bosilganda o‘chirarsiz. Shuni tan olish lozimki bunda 
reaktsiyaning faqat bir tavsifi o‘lchanayapti. Biz boshqa reaktsiyalarni ham, masalan odamlar 
tugmani qanday bosayotganlarini xohlagan miqdorda o‘lchashimiz mumkin. Individ bir 
urinishda barmog`ini tugma ustida ko‘chirib, boshqasida to‘g`ri xarakatlantirayaptimi? Boshida 
u nishonni xato olmayaptimi? Boshqa urinishda u tugmani oxista bosib boshqasida qattiqroq 
bosmayaptimi? Bunday turli reaktsiyalar to‘plamidan biz faqat birginasini o‘lchash uchun tanlab 
olayapmiz, ya`ni nurli signal boshlanishidan to tugma bosilgunga qadar bo‘lgan vaqtni 
o‘lchayapmiz. Boshqacha qilib aytganda biz yakka tobe o‟zgaruvchilarni tanladik
Biz tanlayotgan har qanday yakka tobe o‘zgaruvchi nimaningdir adekvat me`yori bo‘lishi ham 
bo‘lmasligi ham mumkin. Aytaylik, odamlardan qo‘llariga qalam olishlarini va Yulduzlarning 
ko‘zgudagi aksiga qarab ularning chetiga kontur bo‘ylab chiziq tortishlarini so‘radik. Ko‘zgu har 
qanday tasvirning teskari aksini ko‘rsatishini hisobga olsak, ko‘pchilik odamlar uchun bu 
vazifani bajarish boshida qiyinchilik tug`diradi. Aytaylik, biz bu vazifada natijaning 1 dan 10 
gacha bo‘lgan urinish davomida yaxshilanishini tekshirmoqchimiz. Qaysi tobe o‘zgaruvchi bu 
yaxshilanishni aks ettiradi? 
Menimcha siz 
ko’rsatmani 
noto’g`ri 
tushungansiz! 


263 
Bu eksperimentlarda standart tobe o‘zgaruvchi qatnashchi tomonidan chizilayotgan chiziq necha 
bor Yulduz konturi bilan kesishayotgani bo‘ladi.1-rasmda ikki ishtirokchi tomonidan chizilgan 
chiziqlar ko‘rsatilgan. Bu ishtirokchilarni 1- va 2- qatnashchi deb ataymiz. Birinchi urinishda 1-
ishtirokchi chizgan chiziq chegara bilan 20 marta kesishgan, ikkinchi urinishda esa 6 marta 
kesishgan. Bu individning tobe o‘zgaruvchisi kutilgan yaxshilanishni aks ettirmoqda. Endi 2-
ishtirokchiga qarang. Bu individ har ikkala urinishda ham chegarani 14 marta kesib o‘tdi. Bu 
tobe o‘zgaruvchi shuni ko‘rsatayaptiki, 2-ishtirokchining ko‘zgudan nusxa olish vazifasi 
bo‘yicha natijalari yaxshilanmagan. Bu xulosaga ishonasizmi? 
Asosiy muammo shundaki, xatto chegarani kesib o‘tish miqdori kabi bevosita kuzatiladigan tobe 
o‘zgaruvchidan foydalanilganda ham validlikni xisobga olish darkor. Chegarani kesib o‘tish 
bilan bog`liq xarakat – ko‘zgudan nusxa olish vazifasini bajarish sifatining faqat bitta extimoliy 
me`yoridir. Alternativ tariqasida biz chizilgan chiziqning umumiy uzunligini o‘lchashimiz va 
uning necha foizi yulduz chegarasining ichki qismiga tushganini aniqlashimiz mumkin. Yoki har 
bir urinishdagi chiziq va chegara o‘rtasidagi maydonni o‘lchashimiz mumkin. Yoki urinishlar 
bajarilgan vaqtni belgilab, ishtirokchilarning qay biri 1-Yulduzdan 10-Yulduzgacha tezroq 
kelganini aniqlashimiz mumkin. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling