O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva
Ko‟p miqdorli tobe o‟zgaruvchilar
Download 6.94 Mb. Pdf ko'rish
|
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanlov reaktsiyasi vaqti
Ko‟p miqdorli tobe o‟zgaruvchilar
Tobe o‘zgaruvchi validligini oshirish usullaridan biri - Ko‘p miqdorli tobe o‘zgaruvchilardan foydalanishdir. Aslini olganda, eksperimental psixologiyaning ba`zi tarmoqlarida faqat bitta tobe o‘lchov haqida gapirish umuman mumkin emas. Masalan, ko‘pchilik tadqiqotlarda tobe o‘lchov sifatida tanlov reaktsiyasi vaqti ishlatiladi. Tanlov reaktsiyasi vaqti – bu bir nechta stimullardan biri ta`sir ettirilganda bildiriladigan bir nechta reaktsiyalardan birining bajarilish vaqtidir. Tabiiyki, odamlar qancha kam xato qilishni istashsa ular sekinroq ta`sirlanishlari kerak. Agar aniqlik ularni kamroq qiziqtirsa, tezroq ta`sirlanishlari mumkin. Tezlik va aniqlik o‘rtasidagi bunday murosa berilayotgan xabarda tezlik ham, aniqlik ham tobe o‘zgaruvchi sifatida berilishini talab etadi. Agar bizni natijaning umumiy sifati qiziqtirsa, bitta o‘lchov boshqasisiz ahamiyatga ega emas. Shu sababli ham yaxsha ilmiy jurnallarda tanlov reaktsiyasi vaqtini aniqlashda faqat reaktsiyaning tezligi yoki aniqligi haqida ma`lumot beriluvchi maqolalar qabul qilinmaydi. 264 Tarkibiy tobe o‟zgaruvchilar Qoidaga ko‘ra xulq atvorning iloji boricha ko‘proq jihatlari haqida axborot keltirilishi ma`qullansa-da, bu natijalar interpritatsiyasini sezilarli darajada qiyinlashtiradi. Aytaylik, bizda to‘rtta tobe o‘zgaruvchi bor. Ulardan biri barcha sharoitlarda natijalarning sezilarli yaxshilanishini ko‘rsatmoqda, ikkitasi o‘zgarishsiz qolgan, to‘rtinchisida esa sezilarli pasayish kuzatiladi. Xulq atvorning umumiy o‘zgarishlari haqida biror nima deyish uchun biz alohida tobe o‘zgaruvchilarni tarkibiy tobe o‘zgaruvchilarga birlashtirishimiz kerak. Bu umumiy natijalar haqida bir muncha tasavvur beradi. Tarkibiy tobe o‘zgaruvchilar eksperimental psixologiyaning bir qator tarmoqlarida qo‘llaniladi. Bunday tarmoqlarning biri – intellekt testidir. Vekslerning kattalar intellekti shkalasi (Weksler Adult Intelligence Scale) murakkab tobe o‘zgaruvchiga misol bo‘ladi. IQ intellekt koeffitsienti – bu ikki shkala, verbal va noverbal (harakat) shkalaning jami ko‘rsatkichidir. Ularning har biri bo‘yicha olingan natija – subtestlarda olinadigan qandaydir jami ko‘rsatkichdir. Masalan, verbal shkala quyidagi subtestlardan tashkil topgan: umumiy bilag`onlik, raqamlarni eslab qolish, so‘z zaxirasi, arifmetik qobiliyatlar, o‘xshashlikni tushuna olish. Intellekt testining g`oyasi shundaki,intellektni bir butun holda tavsiflaydigan ma`lum bir me`yorga ega bo‘lish foydali. Albatta hamma psixologlar ham yagona raqamli ko‘rsatkich intellektni adekvat aks ettirish fikriga qo‘shilmaydilar. Biroq murakkab tobe o‘zgaruvchidan foydalanish test psixologiyasida an`anaviy hisoblanadi. Murakkab tobe o‘zgaruvchining ikkinchi turi o‘zida biror bir yagona ko‘rsatkichning bir nechta o‘lchovlarini birlashtiradi. Bu o‘lchovlar turli vaqtlarda yoki turli sharoitlarda o‘tkaziladi. Download 6.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling