265
o‘rganganlar, keyin esa 40 yoshga kirguncha vilosipedga umuman minmaganlar. Biz ulardan bu
qanday qilinishini eslashlarini so‘rashimiz va bir daqiqa davomida
oyoqlarini erga tekkizmay
vilosiped haydashga urinishlarini kuzatishimiz mumkin. Aytaylik buning uchun ularga 7 urinish
etarli bo‘ldi. Endi bu natijani ikkinchi guruxdagi hech qachon vilosiped minmagan 40 yoshli
odamlarning natijasi bilan solishtirishimiz kerak. Aytaylik
ularga bir daqiqa davomida
muvozanatni saqlab vilosipedda qolishga erishish uchun o‘rtacha 14 ta urinish talab etildi:
Tejash %
Bizning misolimizda:
Murakkab tobe o‘zgaruvchining bunday turi yordamida siz yakka raqamli ko‘rsatkichdan
mustaqil o‘zgaruvchi (vilosiped haydashning oldingi ko‘nikmasi) ta`sirida vujudga kelgan
o‘zgarish effektini ko‘rsatishda foydalanishingiz mumkin.
Balki siz bunday murakkab tobe o‘zgaruvchilarni qanday olishni
yoki ularning nima uchun
adekvat me`yor ekanligini tushunmagandirsiz. Biroq agar siz psixologiyaning ma`lum
tarmoqlarida tadqiqot olib borsangiz ularning ko‘plab xillari bilan tanishasiz va xatto bir kun
kelib o‘zingiz ham murakkab o‘zgaruvchilarni o‘ylab toparsiz.
Mavzuni mustahkamlashga oid amaliy topshiriqlar:
1. Har bir o‘zgaruvchining eksperiment jarayoniga ta`sirini ―FSMU‖
usuli asosida tahlil qilib
bering.
“FSMU” usli
F – fikr
S – sabab
M – misol
U – umumlashtirish
2. O‘zgaruvchilarni to‘g`ri tanlay olish eksperiment natijasining ijobiy bo‘lishini belgilaydi.
Fikringizni izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: