O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Guruh ichidagi va guruhlararo eksperimentlarni tuzish


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

16.2.Guruh ichidagi va guruhlararo eksperimentlarni tuzish 
Agar insonlarni hammasi bir xil bo'lganida ularda eksperiment o'tkazmagan bo'lar edik. Lekin 
dunyo ana shu har xillikdan qiziqarlidir. Shuning uchun har bir individual shaxsni emas, ularni 
guruhlarga bo'lib o'rganishimiz mumkin. 
Birinchi eksperiment yoki vosita guruhlararo reja (between - subjects design) deb nomlanadi. Bu 
eksperimentda ikki turli xil guruhlar, ishtirokchilar farqi yoki ikkinchi tur eksperimentda ya'ni 
guruh ichidagi eksperiment rejasida (within - subjects design) bir guruhdagi ishtirokchilar 
o'rganiladi. 
Tasavvur qiling, biz talabalarda tanaffus vaqtidagi dam olishi ularni o'zlashtirish ko'rsatkichini 
ko'tarishi bo'yicha eksperiment o'tkazmoqchimiz. Buning uchun biz ikki guruhni olib, birinchi 
gurhga dam olish sharoitida talabalarga 2 soat ichida o'rganib chiqish uchun material beramiz. 
Ikkinchi guruh talabalariga ham o'sha materialni 2 soat ichida o'rganib chiqish beriladi, faqat har 
yarim soatda 5 daqiqadan dam olish uhun ruhsat beriladi. Har ikki holatda ham talabalardan 
so'ralganda ham bu sharoit qoniqtirganini aytib o'tishadi. Endi biz guruhlararo eksperiment 
o'tkazishimiz mumkin yoki bir guruhdagi ishtirokchilarni har biri materialni qanchalik darajada 
o'zlashtirgani bo'yicha guruh ichidagi eksperiment o'tkazishimiz mumkin. 
Guruhlararo eksperimentda guruh a'zolari mustaqillik darajasi teng bo'ladi. 


269 
Ba'zi eksperimentlarda mantiqiy imkoniyatlar yetarli bo'lmaydi, bo'lsa ham unda rejani tuzish 
qiyin bo'ladi. Nihoyat reja qiyin bo'lgan taqdirda ham to'liq natija olmaymiz. Lekin guruhlararo 
eksperimentlarda bunday emas. 
Shunday bo'lsa ham hamma ishni o'z kamchligi bo'lganidan guruhlararo eksperimentlarda ham 
kamchliklar mavjud. Har doim guruhlar har xil a'zolardan tashkil topganligi tufayli, har doim 
guruhni boshqacha shakllanganligini ko'ramiz. Masalan, uxlagisi kelayotgan bolalarni majburlab 
teleko'rsatuv ko'rsatishda, bolalarda agressiyani hosil qiladimi degan eksperimentimizda har xil 
sharoit bo'lishi mumkin: ayrim bolalar kam ta'minlanmagan oiladan bo'lganliklari uchun bolada 
majburlash odatiy holga aylangan, ayrim bolalar esa teleko'rsatuvlarni tomosha qilishni yaxshi 
ko'rishi mumkin. 
Shuning uchun, bir - birini yaxshi tanimaydigan odamlarni turli xil yo'llar bilan guruhlarga 
bo'lishimiz lozim. Masalan, tanga tashlab, qog'ozga guruh nomini yozing, turli o'yin orqali va 
hakozo. Bunday jarayonda guruh a'zolarini bir - birini ta'nimasligi yoki bir - birini haddan ortiq 
yaxshi bilishi eksperiment uchun katta kamchilikdir. Bu guruhlarda bo'linishlar ko'p bo'ladi. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling