O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Ko‟p darajali eksperimentlar – bu uch yoki undan ortiq darajali bir o‘zgaruvchi bilan 
o‘tkaziladigan eksperimentlardir. Ayrim tadqiqotchilar ko‘p darajali eksperimentlarni funktsional 
eksperimentlar deb ham ataydilar, chunki ular sizga mustaqil va tobe o‘zgaruvchilarni 
bog`lovchi funktsiyalarning xususiyati haqida muayyan tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Afzalliklari
Ko‘p darajali eksperimentning afzalligi asosan shu bilan belgilanadiki, uning natijalari bizga 
eksperimental aloqaning xususiyati to‘g`risida bir to‘xtamga kelish uchun imkoniyat yaratadi. 
Hatto eksperiment faqat uch darajaga ega bo‘lgan holda ham u baribir bizga aloqa haqida ikki 
darajali eksperimentga qaraganda yaxshiroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Biz talabaning tashvishlanish darajasi imtihon ballariga qanday ta`sir ko‘rsatishini bilmoqchimiz, 
deb faraz qilaylik. Biz umumiy psixologiyani o‘rganayotgan talabalarning ikki guruhini olishga 
va ikki darajali guruhlararo mezonni qo‘llashga qaror qilamiz. 1-guruhda o‘qituvchi har bir 
jiddiy imtihon oldidan talabalarga fakultetni muvaffaqiyatli tamomlash uchun baholarning 
muhimligi haqida gapirishga besh daqiqa vaqt sarflaydi. U o‘qishni eng Yuqori baholar bilan 
bitirgan talabalar eng yaxshi ishni olishlarini, ilmiy darajaga ega bo‘lgan bitiruvchilar ko‘proq 
pul ishlab topishlarini va hozirgi vaqtda universitetga qabul qilingan talabalar soni me`yordan 
ortiq ekanini tushuntiradi.
2-guruhda ham o‘qituvchi har bir imtihondan oldin besh daqiqali suhbat o‘tkazadi. Bu suhbatda 
u talabalarga yuqori ball olish materialni o‘zlashtirish bilan teng darajada muhim emasligini 
eslatadi. U talabalarga o‘n yildan keyin mazkur imtihonda qanday ball olganlarini ular baribir 
eslay olishmasligini aytib o‘tadi. Biz ko‘proq potentsial aralashuvchi o‘zgaruvchilarni, 
chunonchi: o‘qish yili, imtihonning og`irligi va guruhga berilgan yo‘l-yo‘riqlarni puxta nazorat 
qilamiz. Pirovard natijada biz imtihon ballaridagi farqlarni suhbat tufayli paydo bo‘lgan 
xavotirlanish darajasiga bog‘lash mumkin, degan qarorga kelamiz. Birinchi nutq talabalarda 
Yuqori darajada xavotirlanish, ikkinchi nutq esa – pastroq darajada xavotirlanish paydo qiladi, 
deb faraz qilsak, biz 9.3-rasmda ko‘rsatilgan natijalarni olishimiz mumkin.
O‘rtacha imtihon balli 
Past 
Baland 
Xavotirlanish darajasi
26-jadval. Ikki darajali eksperimentning o‘ylab topilgan natijalari; bunda talabalarning 
xavotirlanish darajasi o‘zgartiriladi va ularning o‘rtacha imtihon balli baholanadi.
Hozirgi vaqtda biz haqiqatga ayniqsa yaqin bo‘lgan quyidagi farazni ilgari surishimiz mumkin: 
tashvishlanish darajasi va o‘rtacha imtihon bali bir-biri bilan umuman bog`liq emas; ikki nuqta 
orqali o‘tkazilgan to‘g`ri chiziq qat`iy gorizontal. Biroq, biz ko‘p darajali mezonni tanladik va
xavotirlanishning uchinchi darajasi – neytral darajani qo‘shdik deb faraz qilaylik. Bunda 
o‘qituvchi besh daqiqali nutq so‘zlab, talabalarga imtihonni o‘tkazish tartibining ayrim ikir-
chikirlarini eslatib o‘tishi nazarda tutiladi. 9.4-rasmda bu ko‘p darajali eksperiment uchun o‘ylab 
topilgan natijalar ko‘rsatilgan.
O‘rtacha imtihon balli 
Past Neytral Baland 
xavotirlanish darajasi


277 
27-jadval. Uch darajali eksperimentning o‘ylab topilgan natijalari; bunda talabalarning  
xavotirlanish darajasi o‘zgartiriladi va ularning o‘rtacha imtihon bali baholanadi. 
Agar ma`lumotlar qiymatlarining uchinchi nuqtasini belgilasak, amalda xavotirlanish darajasi va 
imtihon ballari o‘rtasida muhim aloqa mavjudligini ko‘ramiz. Biroq, shunga qaramay, mazkur 
funktsiya grafigining aniq shakliga nisbatan ayrim shubhalar saqlanib qoladi. Aftidan, 9.4-
rasmda ko‘rsatilgan uch shakldan istalgan biri mavjud bo‘lishi mumkin va psixologik 
funktsiyalarning aksariyati keskin bukilishlarga ega emasligi va yo‘nalishni keskin 
o‘zgartirmasligi bois, biz boshqa aloqalar to‘plamining mavjudlik ehtimoli ozligini bilamiz. 
Ko‘rib turganingizdek, qiymatlarning uchinchi nuqtasi bizga eksperimental aloqa xususiyati 
haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. O‘z eksperimentimizga yangi darajalarni 
qo‘shish orqali biz mustaqil va tobe o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi haqiqiy funktsional aloqa 
to‘g`risida yanada aniqroq xulosalar chiqarishimiz mumkin. SHuningdek biz o‘z qiymatlar 
nuqtalarimizdan kelib chiqib interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya amallarini yanada ishonch bilan 
bajarishimiz mumkin. Bu misolda biz qo‘shgan neytral guruh nazorat guruhi sifatida qaralishi 
mumkin, chunki ayni holda o‘qituvchi xavotirlanish darajasiga ta`sir ko‘rsatishga aslo harakat 
qilmagan. Bu erda o‘qituvchi aytilgan so‘zlarning birortasi xulq-atvorga ta`sir ko‘rsatgani yoki 
ko‘rsatmaganini aniqlashga turtki beradigan biron-bir gapni aytmaydigan yana bir nazorat 
guruhini qo‘shish mumkin. Ko‘p darajali eksperimentlar bunday moslashuvchanlikni 
ta`minlaydi.
Bu misol ko‘p darajali eksperimentning ikkinchi afzal jihatini ham namoyon etadi: odatda, 
qo‘shilgan darajalar qancha ko‘p bo‘lsa, mustaqil o‘zgaruvchining o‘zgarish (qamrov) doirasi 
qiymati shuncha oz bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, eksperimentda mustaqil o‘zgaruvchilarning 
darajalari ko‘p bo‘lsa, ko‘rsatib o‘tilgan talablarning ikkalasini ham bajarish oson bo‘ladi.

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling