O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Kamchiliklari. Garchi to‘g`ri chiziq ikki nuqta o‘rtasidagi eng qisqa masofa hisoblansa-da, 
bu ularning o‘rtasidagi birdan-bir chiziq emas. Boshqacha qilib aytganda, ikki darajali 
eksperimentlarning aksariyatida siz noaniqlik holatiga tushib qolasiz, chunki mustaqil va tobe 
o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi aloqaning xususiyati noma`lum bo‘lib qoladi.  
Kitobxon murakkab nasriy asarning mazmunini tushunishga mumkin qadar kamroq vaqt 
sarflashi uchun mazkur kitobni qanday shriftda bosish zarurligini aniqlash maqsadida biz 
eksperiment o‘tkazdik deb faraz qilaylik. Biz elektron matn muharriri yordamida bir nechta 
abzatslarni chop etishimiz mumkin. Abzatslarning ayrimlari balandligi 12 punkt bo‘lgan shrift 
bilan, boshqalari esa – balandligi kichikroq, 10 punktga teng bo‘lgan shrift bilan chop etiladi. 
Shundan keyin biz har bir shriftda chop etilgan abzatslarni o‘qish uchun odamlarga zarur bo‘lgan 
vaqtni o‘lchashimiz mumkin. Albatta, dastavval biz abzatslarni mazmunning tushunarliligiga 
tekshirib ko‘ramiz va tartibni muvozanatga solamiz, shuningdek biz mazkur kitobdan o‘qib 
bilgan boshqa zaruriy amallarning barchasini bajaramiz.
O‘qish vaqti 
12 punkt 
10 punkt 
Shrift balandligi 
24-jadval. Balandligi 12 va 10 punkt bo‘lgan shrift bilan chop etilgan abzatslarni o‘qish vaqtini 
o‘lchashga bag`ishlangan eksperimentning ehtimol tutilgan natijalari 
24-jadvalda mazkur eksperimentning o‘ylab topilgan natijalari ko‘rsatilgan. Ma`lumotlar 
qiymatlarining ikki nuqtasi orqali o‘tkazilgan erkin to‘g`ri chiziq shrift qancha kichkina bo‘lsa, 
o‘qish vaqti shuncha uzoq bo‘lishini ko‘rsatadi. Shu tariqa eksperiment bizning savolimizga 
javob berdi: balandligi 12 punkt bo‘lgan shrift matnni yanada tezroq o‘qish imkonini beradi. 
Ammo biz mavjud barcha shriftlar orasida eng yaxshisini aniqlamoqchi bo‘lsak va eksperiment 


275 
uchun shriftning ikki balandligini ular bizga ayniqsa ma`qul bo‘lib tuyulgani tufayli tanlasak, bu 
holda biz qaror qabul qilish uchun etarli axborotga ega bo‘lmaymiz. Bizning natijalarimiz 
shriftning balandligi va o‘qish vaqti o‘rtasidagi to‘g`ri chiziqli aloqa 12 va 10 punktli shriftlardan 
tashqari boshqa shriftlarning barchasi uchun to‘g`ri yoki to‘g`ri emasligi haqida biron-bir 
ma`lumot bermaydi.
O‘qish vaqti 
12 punkt 
10 punkt 
25-jadval. Shrift balandligi va o‘qish vaqti o‘rtasida mavjudligi ehtimol tutilgan bir qator 
aloqalar. Barcha funktsiyalar ma`lumotlar qiymatlarining ayni bir nuqtalari orqali o‘tadi
25-jadvalda amalda mavjudligi ehtimol tutilgan bir qator aloqalar ko‘rsatilgan. Siz aloqaning 
xususiyatini bilmaslik interpolyatsiyaga shubhali tus berishini ko‘rishingiz mumkin. Biz 
balandligi 12 va 10 punktlar oralig`ida joylashgan shrift mazkur kattaliklar o‘rtasida yotuvchi 
o‘qish vaqtini beradi, degan xulosaga kelib yanglishishimiz mumkin.
Ikki nuqta chegarasidan chetga chiqish yoki ekstrapolyatsiya interpolyatsiyaga qaraganda 
xavfliroq. Psixologik funktsiyalarning aksariyatiga shift va tub effektlari xos. Shift effekti tobe 
o‘zgaruvchi oshib o‘tish mumkin bo‘lmagan darajaga etganida paydo bo‘ladi. Oshib o‘tish 
mumkin bo‘lmagan darajalarga reaktsiyaning 100% ga teng aniqligi; reaktsiyaning 1,0 ga teng 
ehtimolligi; reaktsiyaga bo‘lgan 100% ishonch misol bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilgan holatlarning 
har birida kimdir amalga oshirgan reaktsiya muayyan kattalikdan oshib ketishi jismonan mumkin 
emas. (Boshqacha qilib aytganda, sizning aniqligingiz 100% dan oshishi mumkin emas.) Boshqa 
hollarda, garchi reaktsiyalar biron-bir mutlaq shift bilan cheklangan bo‘lmasa-da, ularni amalda 
ayrim nisbatan elastik shift cheklaydi. Masalan, hatto mashqni hisobga olganda ham, biz qisqa 
muddatli xotirada saqlab qolishimiz mumkin bo‘lgan elementlar soni uchun muayyan faktik shift 
mavjud: taxminan etti element. Xuddi shuningdek, odamlar qayd etilgan ma`lum vaqt 
mobaynida ishlov berishga qodir bo‘lgan axborot hajmi ham amalda cheklangan. Bunday 
axborot jumlasiga odamlar qo‘sha oladigan sonlar miqdori, ular displeyda topishga qodir bo‘lgan 
ob`ektlar soni, ular chop eta oladigan so‘zlar soni va hokazolar kirishi mumkin. Mazkur shift 
haddan tashqari qattiq bo‘lmasligi ham mumkin, lekin undan hali hech kim oshib o‘tgan emas. 
Tub effekti – bu shunday bir kattalikki, undan quyi darajada reaktsiya paydo bo‘lishi mumkin 
emas. Masalan, nol sekunddan kamroq vaqt ichida reaktsiya qilishga yoki noldan ortiq reaktsiya 
paydo qilishga hech kim qodir emas. Xuddi shuningdek, tub mutlaq bo‘lmasligi ham mumkin. 
Amalda nisbatan elastik muayyan tub mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, stimulni tanib olish 
uchun eng qisqa vaqt nazariy jihatdan olib qaraganda nolga teng, amalda esa taxminan 150 
millisekundni tashkil etadi. Agar biz natijalarning ikki qiymatini olsak va shiftdan Yuqorida yoki 
tubdan quyida joylashgan qiymatlarni ekstrapolyatsiya qilishni amalga oshirsak, chordoqqa yoki 
erto‘laga emas, balki mushkul ahvolga tushib qolamiz! Bunda shift yoki tub qaerda bo‘lishi 
lozimligi ba`zan aniq bo‘lmaydi. Ikki darajali eksperiment o‘tkazayotganda bu muammolarni 
chetlab o‘tish uchun siz eksperimentda mavjud bo‘lgan darajalardan tashqariga ekstrapolyatsiya 
yoki interpolyatsiya qilmaslikni o‘zingiz uchun qoidaga aylantirishingiz lozim.
Ikki nuqta o‟rtasida interpolyatsiya qilish xavfli 
Ikki nuqtadan tashqariga ekstrapolyatsiya qilish bundan ham xavfliroq! 
Bundan tashqari, ikki darajali eksperimentlarning nazariy qimmati ba`zan cheklangan bo‘ladi. 1–
3-boblarda biz fan zamirida o‘zaro aloqalar yotadi va olimlar nazariyadan eksperimentlarda 
aniqlanadigan o‘zaro aloqalarni tushuntirish uchun foydalanadi, degan fikrga qo‘shildik. Toki 
nazariyalardan birini tasdiqlaydigan va boshqa nazariyalarning barchasini rad etadigan 
eksperiment o‘tkazilmagan ekan, har bir nazariya mavjud boshqa nazariyalar bilan 
raqobatlashadi. Ko‘pgina nazariyalar mustaqil o‘zgaruvchining o‘zgarishi tobe o‘zgaruvchini 


276 
ma`lum tomonga o‘zgarishga majbur etishini bashorat qilishi bois, ikki darajali eksperiment 
natijasi aksariyat hollarda raqobatlashayotgan nazariyalarni bir-biridan ajratish imkonini 
bermaydi. Raqobatlashayotgan nazariyalar qarama-qarshi yo‘nalishlarda o‘zgarishlarni bashorat 
qilgan yoki nazariyalardan biri o‘zgarishni bashorat qilgan, boshqasi esa uni bashorat qilmagan 
hollarni istisno etganda, nazariyalarni tekshirish odatda yanada murakkab mezonlarga muvofiq 
eksperimentlar o‘tkazishni talab qiladi.

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling