O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Metod 
Afzalliklari 
Kamchiliklari 
Retestli
Testlar bilan bir xil band 
(punkt)lardan foydalanadi 
Sodda
Birinchi test ikkinchisiga ta`sir 
etishi mumkin 
Respondentlar 
vaqti 
bilan 
o‘zgarishi mumkin 
Paralel uslub 
Bandlar 
takrorlanishining 
ta`sirini minimumga tushiradi 
Qayta testgacha kam vaqt 
o‘tadi 
Boshlang`ich 
va 
yakuniiy 
testli 
loixalarda 
qo‘llash 
foydali. 
Turli bandlardan foydalanish 
ishonchlilikni kamaytiradi. 
Ikkiga bo‘lish 
Bandlar 
takrorlanishining 
ta`sirini minimumga tushiradi 
Vaqtni tejaydi, chunki bir 
martada o‘tkaziladi. 
Turli bandlardan foydalanish 
ishonchlilikni kamaytiradi. 
Testning 
davomiyroq 
bo‘lishini talab etadi. 
Tobe o‘zgaruvchi sifatida test natijalaridan foydalanilganda, ba`zan validlikning ancha rasmiy 
tarifi talab etiladi. Validlikning eng yomon shakli – yaqqol validlikdir, bu tashqi tomondan test 
o‘lchashi kerak bo‘lgan narsani o‘lchayotgandek ko‘rinishini anglatadi. Yaqqol validlik 
shunchalik sub`ektivki, juda kam ilmiy qimmatga egaligi ko‘rinib turibdiki; barcha 
tadqiqotchilar 
ularnining testlari Yuqori yaqqol validlikka ega deb o‘ylashadi. 
Validlashtirishning rasmiyroq va asosliroq tartibi – tarkibiy validlikni aniqlashdir. Test qamrab 
olgan mavzuning tarkibi yaxshilab analiz qilinadi. Keyin test shunday ishlab chiqiladiki, u 
aniqlangan tarkibning har bir soxasi bo‘yicha savollarning reprezentativ tanlanmasini qamrab 
olishi kerak. Validlashtirishning uchinchi tartibi – bashoratlovchi validlikni aniqlash. U test 
qandaydir o‘ziga xos me`zonni muvaffaqqiyatli bashorat qilolishini anglatadi. Masalan, 
o‘quvchilar kollejga kirayotganlarida topshiradigan testning qimmati shundaki, uning natijalari 


262 
o‘quvchining kollejdagi ta`limi jarayonidagi o‘rtacha baxolarini bashorat qilishi mumkin. 
Imtixon natijalari va o‘rtacha ball o‘rtasidagi kuchli korrelyatsiya Yuqori validlikdan guvoxlik 
beradi. Raqobatli (diagnostik) validlikni test natijasini qandaydir mezonga solishtirib ham 
aniqlash mumkin, biroq bunday holatda ikkita o‘lchov ham bir vaqtda o‘tkazilishi borilishi 
lozim. Masalan, ota-onalar uchun ularning tele ko‘rsatuvlarni ko‘p ko‘radigan bolalarining 
agressiyasini o‘lchaydigan test ishlab chiqayapmiz, shunday vaqtda biz har bir boladan olingan 
so‘rov natijalari bilan o‘qituvchilar tomonidan qo‘yilgan agressivlikning miqdoriy bahosi 
o‘rtasidagi korrelyatsiyani chiqarib raqobatli validlikni aniqlash mumkin. Ko‘rib turganingizdek, 
tobe o‘zgaruvchining validligini o‘lchash, uning ishonchliligini o‘lchashdan ham qiyinroq. 
Ko‘pincha biz qlishimiz mumkin bo‘lgan maksimum ish – bizning o‘lchovlarimiz mantiqiy 
jihatdan validligini ta`kidlashdir. 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling