Mavzu: Tana biomexanikasi va bemorning xavsizligini ta’minlash


Download 1.6 Mb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1427960
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Tana biomexanikasi va bemorning xavsizligini ta’minlash

Reja 1)Bemorlarni tranportirovka (tashish)uchun sharoit yaratish va kerakli jihozlarni tayyorlash 2)Bemor xolatiga ko’ra transportirovka usullarini tanlash 3)Tana xolatini o’zgartirishda bemorga muolaja maqsadini tushuntirish asosiy xolatlarda yotqizishda shart-sharoit yaratish 4)Bemor tanasini Fauller,Sims va Trendelburg xolatiga keltirish

Og‘ir bemorlarni parvarish qilish jarayonida o‘rtacha malakali tibbiy xodimlar jismoniy zo‘riqishga duchor bo‘ladi. Bemorning o‘rindagi vaziyatini o‘zgartirish, tuvak qo‘yish, zambil va aravachalarni, appa- ratlarni joydan-joyga olib yurish kabi ancha og‘ir ishlar umurtqa pog‘onasi shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.


TANA BIOMEXANIKASI VA BEMOR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
-tizzalarni shunday bo‘shashtirish kerakki, tizza bo‘g‘imlari erkin harakatlansin; -tana og‘irligi ikkala oyoqqa barobar tushsin; -oyoqlar tovoni yelka kengligida bo‘lishi zarur; -umurtqa pog‘onasining bel sohasidagi og‘irligini kamaytirish uchun bosh va gavdani to‘g‘ri tutish kerak; -yelkalar son bilan bir xil sathda bo‘lishi shart; -turgan holatda aylanmoqchi bo‘lsangiz, avval tovon, keyin esa butun gavda bilan aylaning.
Tana biomexanikasini bilish shikastlanishlarning oldini olish asosidir. Turish vaziyatidagi tana biomexanikasi quyidagicha:

-og‘ir narsa ko‘tarishdan avval tovonlar orasi 30 sm bo‘lib, biri oldiga hiyol surilib turishi kerak (bu tayanchni va muvozanatni saqlab qolishga yordam beradi). -ko‘tarmoqchi bo‘lgan bemoringizning yonida shunday turingki, oldiga qarab egilishingizga ehtiyoj qolmasin, uni bag‘ringizga bosib turing; -faqat tizzalaringizni buking, gavdangizni to‘g‘ri tutishga harakat qiling; -keskin harakatlanmang.


OG‘IR NARSA KO‘TARGANDA, TANANING TO‘G‘RI BIOMEXANIKASI QUYIDAGICHA:
Bemorni zambildan o‘ringa yotqizishda yoki aksincha harakat bajarayotganda hamshira eng katta jismoniy zo‘riqishga uchraydi, shuning uchun bu muolajani bir o‘zi bajarmasligi kerak. Avval bemorning ishtiroki va yordami qay darajada bo‘lishini aniqlay olishi darkor. -Bemor bir oyoqda turib, muvozanat saqlay oladimi va bir qancha muddat tik tura oladimi? -Bemor muvozanat saqlay oladimi?
-Eshitish va ko‘rish qobiliyati yaxshimi? -Sizni yaxshi tushuna oladimi? - Bo‘ladigan muolaja unga qanday ta’sir etadi, qo‘rqish hissini uyg‘otmaydimi? Ana shu savollarga javob olingandan keyin hamshira yordamchishi bilan birgalikda o‘tkazilajak muolajaning rejasini tuzadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling