Mavzu: Tana biomexanikasi va bemorning xavsizligini ta’minlash
BEMORNING O‘RINDAGI HARAKATLARI
Download 1.6 Mb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- rasm.
- BEMORNI FAULER VAZIYATIDA YOTQIZISH
BEMORNING O‘RINDAGI HARAKATLARI
Fauler vaziyatida bemor yarim yotgan va yarim o‘tirgan holatda bo‘ladi. Bu vaziyatga bemor quyidagicha yotqiziladi (2- rasm): -krovatni gorizontal holatga keltirish lozim; -krovatning bosh tomonini 45—60° burchak ostida ko‘tarish kerak (bu holatda bemor o‘zini qulay sezadi, nafas olishi va atrofidagilar bilan muloqot qilishi yengillashadi);2- rasm. Bemorni Fauler vaziyatida yotqizish. BEMORNI FAULER VAZIYATIDA YOTQIZISH -bemor boshini quruq to‘shakka yoki past yostiqqa qo‘yishi lozim (bunda bo‘yin mushaklarining bukilish kontrakturasining oldi olinadi); -bemor qo‘llarini mustaqil harakat qildira olmasa, ularning tagiga yostiq qo‘yish kerak (yelka chiqishi va muskullar kontrakturasining oldini olish uchun). -bel sohasiga ham yostiq qo‘yish lozim (umurtqaning bel soha- sidagi zo‘riqishi kamayadi); -sonlar tagiga bolishchalar qo‘yish kerak (tizza orqa arteriyasi qishilishining oldini olish uchun); -boldirning pastky qismiga bolishchalar qo‘yish kerak (to‘shak tovonlarga uzoq bosilishining oldini olish uchun); -oyoq panjalari tagiga 90° burchak ostida tayanch qo‘yish kerak (oyoq panjalari osilib qolishining oldini olish uchun).BEMORNI FAULER VAZIYATIDA YOTQIZISH Bemorni majburiy chalqancha yotqizish ishi quyidagicha bajariladi. Kam harakat, darmonsiz holatda yotgan bemorning: -o‘rniga gorizontal holat beriladi; -beliga yumaloqlab o‘ralgan sochiq qo‘yiladi; -boshi, bo‘yni va yelkasi aralash kichikroq yostiq qo‘yiladi (bu holatda bo‘yin umurtqalari kontrakturasining oldi olinadi); -sonlarning tashqi tomoniga uzun bolish qo‘yiladi (masalan, choyshabdan rulon yasaladi) va shu bilan sonlarning tashqariga aylanishining oldi olinadi; -bemorning pastki qismiga bolish qo‘yiladi (tovonlar yotoq yarasining oldini olish uchun); -oyoq panjalari tagiga tayanch qo‘yiladi; -bemor qo‘l panjalarining ichki tomonini pastga qaratib, gavdaga parallel holda joylashtiriladi, bilaklar tagiga kichikroq yostiqcha qo‘yiladi; -bemor qo‘llariga bolishchalar beriladi (bunda barmoqlar yoyilib ketmaydi )Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling