O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Qiymatlarni tavsiflash uchun statistikalar


Download 6.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/231
Sana20.10.2023
Hajmi6.94 Mb.
#1710799
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   231
Bog'liq
psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Qiymatlarni tavsiflash uchun statistikalar 
Psixologlar 2 ta asosiy statistik metoddan foydalanadilar: statistik tavsif va statistik xulosa. 
Tavsiflovchi statistika –bu eksperimentatorga har bir qiymat haqida bayon qilib turishning 
o‘rniga, ayrim qiymatlarni tavsiflash haqida ma`lumot beradi. Statistik xulosa haqida biroz 
keyinroq shu bobda muhokama qilinadi. 
Markaziy tendentsiya 
Ma`lumotlarni yig`ishda asosiy bilishimiz kerak bo‘lgan yana bir jihat bu ishtirokchilarni turli 
sharoitlarda boshqalardan ajralib turadigan xatti-harakatilaridir. Psixologlar bunday tipik xatti-
harakatlarni ifodalovchi statistikani markaziy tendetsiya ko‘rsatkichi deb nomlaydilar. Bizning 
ikki guruhimizni taqqoslash uchun qilgan eksperimentimizda - talaba-psixologlar va talaba-
iqtisodchilarning markaziy tendentsiyasini topishdan iborat.
Moda - oson hisoblanadi, lekin odatda, ko‘pgina ma`lumotlarni bee`tibor qoldirganligi sababli 
o‘rtacha statistika hisoblanadi. Moda – bu eng ko‘p uchrab turuvchi bir qiymat. Bizning 
misolimizda moda mavjud emas, chunki hech qaysi baho 1 martadan ko‘p takrorlanmagan. 
Modani ma`lumotlarni kategoriyalarga ajratgandan so‘ng topish mumkin. Talaba-psixologlar 
uchun moda 50-59 kategoriyasidir, undagi tez-tez takrorlanuvchi hodisa 3. Bu kategoriya 
berilgan taqsimotning markaziy tendentsiyani ifodalasada, bitta bahoni joylashtirsak moda tezda 
o‘zgaradi. Masalan, 14chi student 58 emas 71 bahoni oldi. Tez -tez takrorlanuvchi hodisa 3 
bo‘lgani uchun, moda endi 70-79 kategoriyaga o‘tadi. Siz bu kategoriyaning markaziy 
tendentsiya yaxshi ifodalaydi deb hisoblaysizmi? 
Muammo shundaki tipik xatti-harakatlarni tavsiflashda moda faqatgina bitta qiymatni, ya`ni eng 
ko‘p takrorlanuvchi qiymatni oladi. U boshqa qiymatlarni e`tiborsiz qoldiradi. shuning uchun siz 
modadan foydalanayotganingizda joy tartibi va har bir songa tegishli bo‘lgan ko‘pgina 
ma`lumotlarni tashlab ketasiz. 
Mediana – bu haqiqiy markaziy qiymat; undan Yuqorida va pastda teng miqdordagi qiymatlar 
joylashadi. Medianani hisoblash uchun hamma qiymatlarni tartib bilan qo‘ying va undan so‘ng, 
o‘rta qiymatni aniqlang. Agar siz juft qiymatlarga ega bo‘lsangiz, u holda mediana ikkita 
markazdagi qiymatlarning o‘rtasidagi qiymat bo‘ladi. Masalan, iqtisodchi talabalarning 10ta 
bahosini tartib bilan joylashtirib chiqamiz. Beshinchi baho – 62, oltinchisi esa – 63 ligini 
ko‘ramiz, shuning uchun mediana 62,5ga teng bo‘ladi. Talaba-psixologlar uchun mediana 56,5 
ga teng bo‘ladi. Medianani hisoblashda faqatgina tartibning o‘zi aniqlovchi printsip bo‘lgani 
uchun qiymatlar orasidagi o‘lcham farqlarni namoyon qilmaydi. SHu bilan birga biz 
taqsimotdagi istalgan qiymatni, medianaga tegmagan holda, o‘zgartirishimiz mumkin, qachonki 
ro‘yxatda markaziy qiymatning joyi o‘zgarmasa. Medianani tavsiflaganda ham biz ayrim 
ma`lumotlarni yo‘qotayapmiz.


290 

Download 6.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling