2.
Intellektual rivojlanish mezoni (ong IQ – aqliy yosh (AYO) va xronologik yosh (XYO)
orasidagi munosabatni bildiruvchi mezon: IQ = AYO/XYO
x 100. Intellektning
biror bir yosh
shkalasiga suyangan holda test natijalari orqali rivojlanishini aniqlash mumkin.
3.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining Yuksak shakli. Sezgi idrok va tasavvurlar orqali
bevosita bilib bo‘lmaydigan narsa va hodisalar T.da ongli ravishda aks etadi. T. jarayonida fikr
vujudga keladi,
bu fikrlar inson ongida hukm, tushuncha, xulosa shakllarida Yuzaga keladi.
4.
Klassifikatsiya - tevarak-atrofdagi olamni o‘rganishda
birgina narsa bilan emas, balki
ko‘p va xilma narsalar bilan ish ko‘rishga to‘g`ri keladi, ya`ni narsalarni o‘rganish
maqsadida
guruhlarga, sinflarga ajratishdir.
5.
Assotsiativ - XVII-XIX asrlarda maydonga kelgan psixologiya fani yo‘nalishi bo‘lib,
ko‘proq Angliyada tarqalgandir, ya`ni psixik hodisalarning o‘zaro bog`lanishi bo‘lib, ma`lum
qonunlar bo‘yicha tarkib topishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: