7.1.Qobiliyat psixodiagnostikasi va uning o‟ziga xos jihatlari
Har bir inson yoshligidanoq kamchiligu yutuqlari, o‘z imkoniyatlari haqida oz bo‘lsa-da
tasavvurga ega bo‘la boshlaydi. Yoshligidanoq bolalar fe`l-atvori haqida oldin ota-onalar, keyin
esa atrofdagilar o‘z munosabatini bildira boshlaydi. Tashqi ta`sir natijasi o‘laroq, har bir insonda
o‘z-o‘ziga baho berish qobiliyati shakllana boshlaydi. Kimdir o‘ziga juda yuqori baho bersa, yana
kimdir o‘zi haqida salbiy fikrda bo‘ladi.
O‘zi haqidagi juda yuqori fikrdagi insonlar atrofdagilardan
doim qusur izlashga harakat
qilishadi. Uning o‘zi haqidagi fikri real imkoniyatlardan ko‘ra ilgarilab ketgan. Bunday
insonlarning baxtli bo‘lishi qiyin, sababi ular doim nimadandir norozi bo‘lib Yurishadi: yo hayot
tarzidan yoki atrofdagilardan… ularning o‘zi haqidagi fikrlarini o‘zgartirish ham qiyin kechadi.
Buning uchun o‘zgalarning yutug`ini ko‘rib, o‘z imokniyatlarini taqqoslash, atrofdagilarning unga
nisbatan to‘g`ri muomala qila olishi muhim ahamiyatga ega.
O‘zi haqida salbiy fikrda bo‘lgan insonlarga ham oson emas.
Ularning boshqalar bilan
muomalaga kirishishlari, yangi tanishlar orttirishlari qiyin kechadi.
Ularni doim biror ishni
boshlashdan oldin «men to‘g`ri yo‘l tutayapmanmikan?» kabi shubhali savollar qiynaydi. Bunday
shubha gumonlardan qutilish uchun avvalambor o‘zingizga chetdan nazar tashlang. Siz hech
kimdan kam emassiz va shuning barobarida boshqalardan ustun jihatlaringiz ham mavjud. Bu
jixatlarni xis qila biling. Shundagina xayotda o‘z o‘rningizni topib, ishingizda yaxshi natijalarga
erisha olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: