O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi zarmed universiteti sirtqi ta`lim fakulteti


Download 135.57 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi135.57 Kb.
#1504771
1   2   3   4   5   6   7
Hayvonlar haqidagi ertaklar.
Miflar mavzusida totem tushunchasi haqida ma’lumot bergan edik. Uzoq qadimgi zamonlarda ajdodlarimiz tuya, ot, ayiq, bo’ri, ilon, qaldirg’och kabi hayvon va qushlarni o’zlariga homiy deb bilganlar. Bu hayvon va qushlar avval miflarda, keyin afsona, rivoyatlarda qahramon sifatida ishtirok etganlar. Ertaklar yaratila boshlaganida esa mazkur an’ana bu janrga ham meros bo’lib o’tgan. Shuning uchun hayvonlar haqidagi ertaklarning yaratilishi davrini ularda obraz sifatida ishtirok etayotgan hayvon va qushlar nomiga, voqealar tavsifiga va harakat doirasiga qarab belgilash mumkin. Masalan, “Quyosh yerning pahlavoni ” ertagida ona ayiq Rustamni parvarish qiladi, uning hayotida alohida o’rin egallaydi: Rustam va otasi yamoqchi cholga qo’lidan kelganicha yaxshiliklar qilib, dushmandan asraydi. O'zbek xalq ertaklari haqida maxsus o’rganish ishlarini olib borgan Mansur Afzalov “Ilon og’a” ertagini alohida ajratib ko’rsatadi. “Ilon- kuyov niqobini olsa, insonga aylanadi. Qiz ilonning niqobini kuydirib yuborsa, u kaptar bo’lib uchib ketadi. Ilon og’aning onasi va xolasi yalmog’iz kampir bo’ladi. Lekin Ilon og’a va qiz o’z tadbirlari orqali yalmog’iz kampirni yengib, murod-maqsadlariga yetadilar”.
Bu misolda ayiq va ilonning yovvoyi hayvon sifatida belgisi emas, balki, totem tushunchasi ta’siridagi insonga homiylik qilish xususiyati yetakchilik qiladi. Ma’lum bo’ladiki, qadim zamonlarda totem hayvon sifatida e’zozlanuvchi jonivorlar ishtirok etgan ertaklar bu janrga mansub qadimiy asarlar sifatida baholanishi mumkin ekan.
Hayvonlar haqidagi ertaklarninig yana bir turini izohlashga atalgan asarlar tashkil etiladi. Bunday ertaklarning yaratilishi go’yo qarg’aning nima uchun qora ekanini, kiyikning dumi nega to’mtoq ekanini yoki nima uchun musichaning ko’kragi chakichlangandek ko’rinishini izohlashga bag’ishlangan asarlarni eslatadi. Ular qatoriga “Kiyik bilan kadi”, “Xo’roz bilan tulki” kabi namunalarni kiritish mumkin.
“Kadi kiyikni qo’rqitadi. Kiyik kadidan o’ch olmoqchi bo’ladi va uni dumiga bog’lab cho’ktiradi. Kadi kiyikni suv tagiga tortadi, kiyik- qirg’oqqa. Oxiri kiyikning dumi uzilib, to’mtoq bo’ladi. Kiyik dumi yo’qligini masxara qilgan barcha kiyiklarni dumini bir-biriga bog’lab, “mergan kelyapti”-deb qochadi. Dumi bog’liq kiyiklar turli tomonga qochadilar va dumlaridan judo bo’ladilar. Shunday qilib, kiyiklarning dumlari to’mtoq bo’lib qolgan”. Ertak kiyiklar dumining kaltaligiga javob tariqasida paydo bo’lgan.
Boshqa xalqlar og’zaki ijodidagi ertaklarda ham turli hayvon va boshqa jonzodlarning tashqi ko’rinishi, ularning xususiyatlari haqida ana shunday ertaklar yaratilgani ma’lum. Jumladan, yoqut, tuva, qirg’iz ertaklarida bunday holat alohida ko’zga tashlanadi. Taxmin qilishimiz mumkinki, dono xalqimiz bu ertaklarni yoki bolalar tomonidan takror va takror aytiladigan “nima uchun?” savollariga javob tarzida ermak qilib yaratilgan.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyati bevosita bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga kelgan. Ularda bo’rining vahshiyligi, tulkining ayyorligi, otning insonga do’st ekani alohida bo’rttirib ko’rsatiladi. Ertaklardagi bunday xususiyat ko’proq ma’rifiy ahamiyatga ega bo’ladi. Biz bilamizki, yosh bolalar yovvoyi hayvonlarni faqat rasmlarda, hayvonot bog’larida ko’rganlar. Fikr yuritilayotgan asarlar bu hayvonlar haqida bola tasavvurini kengaytiradi, aniqroq ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. “Ikki boyqush”, “Ilonning ishi zahar solmoq”, “Qarg’a bilan qo’zi” kabi asarlar shular jumlasidandir. Hayvonlar haqidagi ertaklarning ayrimlari majoziy mazmunga egadir. Bunday ertaklarda ishtirok etadigan qahramonlar hayvon, qush bo’lsa ham, asar mazmuni bevosita insonlar o’rtasidagi munosabatni izohlashga qaratilgandir. Jumladan, do’stlikning inson hayotidagi ahamiyati, yaxshilikka hayotda hamisha ham yaxshilik qaytmasligi yoki aql-idrok vositasida har qanday mushkul vaziyatning yechimini topish mumkinligi aks ettiriladi. “Susambil”, “Tulki bilan bo’ri”, “Hiylagar bedana” ertaklari shular jumlasidandir. Masalan, birinchi marta tulki go’sht tishlab ketayotganda: “bo’rivoy qayerdan kelyapsan” deganda, bo’ri: “Popdan” deb og’zidagi go’shtni tushirib yuboradi. Aynan shu voqea ikkinchi marta takrorlanganda bo’ri: “G’ijduvondan”- deb go’shtni og’zida saqlab qoladi. Kulgili vaziyat bilan yo’g’rilgan bunday ertaklarning zaminida insonlarning bir-biriga bo’lgan munosabatlari o’z ifodasini topgan.
Shunday qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tomonidan to’qimalar asosida yaratilgan. Ertaklardagi hayvonlarning so’zlashuvlari ularni hayotiylashtiradi. Hayvon haqidagi ertaklarlar ko’proq ma’rifiy maqsadni nazarda tutgan holda ijod qilingan. Ular qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni hayvonlar olami bilan tanishtiruvchi ma’rifiy, tarbiyaviy asarlardir.
Sehrli ertaklar.
O'zbek xalq ertaklarining salmoqli qismi sehrli ertaklardan iboratdir. Mashhur va taniqli folklorshunos olimlarning ta’kidlashicha, turli xalqlar ijodida uchraydigan ertaklar orasida eng bir-biriga o’xshash mazmunga ega ekani sehrli ertaklardir.Bunday ertaklarni ko’pincha asar qahramoniga nimanidir yetishmasligi, qahramonning bu narsaga ega bo’lishi, qandaydir ishni taqiqlash, kuchli raqibning mavjudligi, xavfli safarga chiqish kabi lavhalar birlashtirib turadi. Eng muhimi sehrli ertaklarda turli mo’jizalar, afsungarliklar, fantastik tasvirlar yetakchilik qiladi. Chunonchi, Hamid Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor” dostonining boshlanishida aytgan: “o’zi uchar gilamlar”, “o’t bog’lagan qanotlar”, “beqanot uchgan otlar”, “qiz bo’lib ochilgan gul”, “so’ylaguvchi devorlar”, “bola bo’p qolgan chollar” kabi misralar aynan sehrli ertaklar to’g’ri keladi.
Sehrli ertaklarda mifologik dunyoqarash belgilari alohida, aniq seziladi. Chunki uzoq qadim zamonlarda totem hisoblangan ilon, semurg’ va fetish hisoblangan yer, quyosh, suv kabi tushunchalar an’ana bo’lib mazkur ertaklarga o’tgan. Natijada, “Semurg’”, “Devbachcha”, “Yalmog’iz”, “Mehrigiyo”, “Mohistara”, “Ur to’qmoq” kabi namunalar xalq orasida ajdodlarimizning fantastik xayolga berilishi mahsuli sifatida shuhrat topdi. Avvalgi mavzularda qayd etganimizdek, televidenie, telefon, masofa orqali boshqariladigan qurilmalar, samolyot, avtomobillarning paydo bo’lishi ko’p jihatdan sehrli ertaklardagi orzular natijasi sifatida baholanishi mumkin.
Sehrli ertaklarning mavzulari xilma-xilligi bilan ham e’tiborni o’ziga jalb qiladi. Ularda turli sarguzashtlar, mo’jizaviy hayot tasviri, adolatning g’alaba qilishi, insoniy fazilat madhi keng o’rin olgan. Bunday asarlarda, ayniqsa, tasvir san’atlaridan, mubolag’adan qayta- qayta foydalaniladi. Eng muhimi tinglovchi yoki kitobxon mubolag’alarning birontasiga shubha bilan qaramaydi. Masalan, “Mohistara” ertagida yugurayotgan kiyik oyog’i ostidan dur-u gavharlar sochiladi. “Ota vasiyati” ertagida tutatqi tutatilgani zahoti kenja o’g’li qarshisida anjomlangan ot paydo bo’ladi. Ammo bunda u mo’’zizalarning sodir bo’lishi hech kimda shubha uyg’otmaydi.
Sehrli ertaklarda tilsimli narsa- predmetlar haqida ham fikr yuritilgan. Masalan, daryoga aylangan oyna, changalzorga aylangan taroq kabi tasvirlarga keng o’rin beriladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, sehrli ertaklar xalqning nisbatan qadimgi ijod mahsulidir. Ularda inson xayoli naqadar cheksiz ekani namoyon bo’ladi. Shuningdek, ajdodlarimiz turmush qiyinchiliklaridan tashvishga tushgan paytlarida bu asarlar ularga umid bag’ishlagan. Ularda kelajakka ishonch ruhini uyg’otgan. Mazkur ertaklarni so’z san’atining mukammal namunalari sifatida baholash uchun ham asos yetarlidir.

Download 135.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling