O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi zarmed universiteti sirtqi ta`lim fakulteti
Download 135.57 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: XALQ ERTAKLARINING JANR XUSUSIYATLARI VA MAZMUNIGA KO’RA TURLARI ILMIY RAHBAR: _______________________________________
- BUXORO-2023 MUNDARIJA KIRISH I BOB.XALQ ERTAKLARINING JANR XUSUSIYATLARI VA MAZMUNIGA KO’RA TURLARI
- II BOB HAYOTIY-MAISHIY ERTAKLAR.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ZARMED UNIVERSITETI SIRTQI TA`LIM FAKULTETI 4-14 MTS 22 GURUH TALABASI Ashurova Dilora “BADIIY TAFAKKURNI O’STIRISH ASOSLARI” FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI MAVZU: XALQ ERTAKLARINING JANR XUSUSIYATLARI VA MAZMUNIGA KO’RA TURLARI ILMIY RAHBAR: _______________________________________ Kurs ishi kafedradan dastlabki himoyadan o’tdi __________ sonli bayonnomasi “____” _______________ 2023 yil BUXORO-2023 MUNDARIJA KIRISH I BOB.XALQ ERTAKLARINING JANR XUSUSIYATLARI VA MAZMUNIGA KO’RA TURLARI Ertak janri haqida umumiy ma`lumot. Sehrli, fantastik va uydurma ertaklar. II BOB HAYOTIY-MAISHIY ERTAKLAR. 2.1Hayvonlar haqida ertaklar. Hajviy ertaklar. Ertaklarning tili va badiiy xususiyatlari. III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR SO’Z BOSHI Ijtimoiy taraqqiyot XXI asrda yangi bosqichga ko‘tarildi. Kelajagi buyuk yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish, ularga jahon andozalari darajasida bilim, ko‘nikma, malaka berish uchun xalq ta’limi tizimi tubdan isloh qilindi. Madaniyat va ma’rifatning ustuvor hodisa sifatida talqin etilishi insonning ma’naviy takomillashuv jarayonini, insoniylik mohiyatini belgilaydi. Shuning uchun Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov ma’naviy sog‘lom, kuchli jamiyatgina islohotlarga tayyor bo‘lishini, buning uchun ilmiy va madaniy sohadagi mavjud imkoniyatlarni saqlab qolish zarurligini ta’kidlagan edi1. O‘zbekiston chinakam mustaqillikka erishishi uchun respublikani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Bu jarayonda: «Avvalo, u milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi»2. Agar yoshlarimizni haqiqiy hurmatga loyiq insonlar qilib tarbiyalamoqchi bo‘lsak, ularga hozirgidan yaxshiroq tole, ezgulikni tilasak, ularni milliy qadriyatlarimiz, madaniy boyliklarimiz, o‘tmish ma’naviy merosimizdan bahramand etishimiz zarur. Jahon tarixi, madaniyati, ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy va madaniy meros barobarida xalq og‘zaki ijodi namunalarini ham ilmiy tahlil asosida puxta o‘rganish bugungi yoshlarning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar yuz berayotgan bugungi kunda xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan pedagogik jarayonlarda unumli foydalanish milliy tarbiyani amalga oshirishning muhim shartidir. Negaki, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda xalq pedagogik qarashlarini o‘zida mujassam etgan xalq og‘zaki ijodi durdonalari yanada qimmatliroq tayanchga aylanmoqda. Respublikamizda davlat ta’lim standartlari pedagogik amaliyotga joriy etildi. Biroq tarbiya jarayonida umumiy standart tizimlarini joriy etib bo‘lmaydi. Chunki tarbiya jarayonida har bir millat, har bir elatning o‘z tarbiya usullari uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida mukammal shakllangan. Shuning uchun bu borada umumiy «qolip» lardan foydalanib bo‘lmaydi. Tarbiya usullari, tamoyillari har bir millatning o‘z turmush tarzi, milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Unda ajdodlar tajribalariga, tarixan tarkib topgan urf-odatlarga tayaniladi1. Milliy istiqlol davrida xalq og‘zaki ijodi durdonalarida targ‘ib etilgan tarbiyaviy g‘oyalar yoshlarga milliy tarbiya berishda, milliy o‘zlikni anglashda asosiy vosita bo‘la oladi. Zero, «...ularda ifoda etilgan teran fikr va g‘oyalar, hayot falsafasi bizni bugun ham hayratda qoldirishiga yana bir karra amin bo‘lamiz»2. Shuning uchun ham yurtimizda bu bebaho madaniy meros «Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar»dan3 biri sifatida e’tirof etilmoqda. Folklorning epik turlaridan biri ertak janri hisoblanadi. «Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyib-g‘aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning g‘ayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi»4. Ertaklar olami mo‘jizakor, o‘ziga xos rang-barang va ko‘p qirrali, shu bilan birga, maftunkor va murakkab jihatlari bilan dunyo yaralgandan buyon tafakkur egalarini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Bu olamga kishi bolalik chog‘laridanoq sayohat qiladi. U dastlab hayvonlar haqidagi ertaklarni eshitib, undan estetik zavq oladi, tafakkur dunyosini boyitadi. Download 135.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling