Reja: Tarbiya usullari va shakillari


Download 24.71 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi24.71 Kb.
#1754636
Bog'liq
Tarbiya usullari texnalogiyalari.


Mavzu: Tarbiya turlarining boshlang’ich sinf o’quvchilartid ahloqida tutgan o’rni, Tarbiya usullari texnalogiyalari.


Reja:

1.Tarbiya usullari va shakillari.



2.Tarbiya texnalogiyalari
3.Tarbiya metodlari.

Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimizning yaratgan boy madaniy merosini avaylab-asrash va keyingi avlodga yetkazish oldimizda turgan muhim masalalardan biridir. Ma’lumki, har qandayjamiyatning kelajagi yosh avlodni qanday ta’lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bog’liq. Qadriyatlar turli-tuman bo’lib, bular ichida „eng oliy qadriyat — inson“ hisoblanib, qolgan barcha qadriyatlar unga xizmat qiladi. Inson qadriyatining ma’naviy, tarixiy hamda ta’limiy jihatlari o’ziga xos yangicha fikrlash va yondoshishlarga asoslanadi. Jamiyatda milliy qadriyatlarni o’z qalbida mustahkam saqlash, atrof-muhit, tabiat va hayotni go’zal, farovon qilish, demokratiya asoslari hamda jamiyatda amal qilayotgan progressiv g’oyalar buyuk qadriyat hisoblanadi. Inson qadriyati uning dastavval o’z-o’ziga va shu jamiyatga bo’lgan hurmati hamda munosabati, xulq-atvori bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Bu insonga o’z xulq-atvorini tartibga solishi, o’ziga nisbatan talabchanlik va nazoratni kuchaytirishga imkon beradi. Insonning shaxsiy qadrqimmati milliy qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy xususiyatlardan bo’lib, uni yuksaklikka olib boruvchi oliyjanob bir kuchdir. SHu jihatdan qadriyatlar insonning ijtimoiy erkinligini va ma’naviy pokligini ta’minlovchi bir buyuk manbadir. Bir so’z bilan aytganda, mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin etdilar va targ’ib qildilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy omillarni yuksak baholadilar. SHu ma’noda o’sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish zaruriyati yuzaga keldi. Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelib, tarkib topgan, takomillashib kelgan me’yor va qoidalardan iborat bo’lib, ular kishilarning jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga soladi.



Yoshlarni tarbiyalashda sharqona va milliy axloq-odob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. O‘quvchining jamiyatga bo‘lgan munosabatida milliy birlik, birdamlik va hamkorlik tuyg‘ulari, turli xalqlarga bo‘lgan hurmat kabilar yaqqol namoyon bo‘lishi zarur. O‘zbekiston mustaqilligi, yurtimiz ravnaqi yoshlarni o‘qish, izlanish va mehnatdan qochmaydigan, har qanday qiyinchiliklardan hayiqmaydigan, salbiy illatlarga nafrat bilan qarash ruhida tarbiyalashni talab qiladi. Shunga ko‘ra bugungi jamiyatimizda yashayotgan har bir yosh kelgusida shu o‘lkaning haqiqiy egasi bo‘lib yetishishi, uning gullab-yashnashi haqida qayg‘urishi, erishgan yutuqlarini mustahkamlashi lozim. Diyorimizda mustakqillik tantanasi tufayli ta’lim-tarbiya tizimida tub o‘zgarishlar vujudga keldi. Milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa, sharqona odobaxloq an’analariga e’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. O‘lkamizda buyuk rejalar, bunyodkorlik ishlari aql-idrok, sabrqanoat bilan, tarixiy an’analarimiz, tajribalarimizni hisobga olgan holda qadam-baqadam amalga oshirilmoqda.
An’ana —bu o‘ziga xos ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning ongida, hayotida o‘z o‘rnini topgan, avloddan-avlodga o‘tadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma’lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalardir.
Odat („urf-odat“)—kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari. Masalan:
—kichiklarning kattalarga salom berishi;
—erta turib uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish;
—mehmonlarga alohida hurmatda bo‘lish;
—bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlardan habar olish;
— yordam lozim bo‘lganlarnikiga hasharga borish kabilar o‘zbek xalqining yaxshi odatlari hisoblangan.
Agar an’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning hamma sohalariga xos bo‘lib, hodisalarning juda keng doirasini qamrasa, odat ijtimoiy hayotning ma’lum sohalarida, ya’ni:
— kishilar turmushi;
— mehnati;
— xulq-atvori;
—muloqoti;
—oilaviy munosabatlarda ko‘proq mavjud bo‘ladi.
Marosim — an’ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo‘lib, inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik, tantanavor vaziyatda o‘tadigan o‘zining umumiy qabul qilingan ramziy harakatlariga ega bo‘lgan hayotiy tadbir. Masalan:
—ism qo‘yish marosimi;
—nikohdan o‘tish marosimi;
— xotirlash marosimi;
— urug‘ qadash marosimi;
—o‘rimga kirish marosimi va boshqalar.
Odat kundalik hayotning turli vaqtida uchrashi mumkin bo‘lsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo‘lganda vujudga keladi.
O'rgatish usuli o'quvchilarning hayotini, mehnatini, dam olishlarini batafsil uylab chiqilgan holda tashkil etishni hamda dastlabki odob-ahloq fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularni muomila-munosabat, yurish-turish odobiga o'rgatib borishni nazarda tutadi.
Hususan, boshlang'ich sinflarda o'qituvchining biror-bir hatti-harakat namunasini surat, diafilmlarni namoyish qilish, ta'sirli, qiziqarli hikoyat, rivoyat o'qib berishi yordamida o'zi qilib ko'rsatishdan boshlanadi.
Bolalar biror-bir hatti-harakat shakliga ijobiy munosabat uyg'otishni o'rgatishning muhim sharti deb xisoblamoq kerak. Bunga esa ko'rsatmalilik, obrazlilik, o'qituvchining o'zi bolalarga o'rgatayotgan fazilatga hissiy, ijobiy munosabatda bo'lishi asosida erishiladi.
O'quvchilar jamoasida vujudga keladigan sharoit (vaziyat) ham katta ahamiyatga ega. Agar o'quvchilar hech narsadan chuchimay o'z o'rtoqlarining hatti-harakatini baholay olsalar, tortishsalar, o'qituvchiga hohlagan savollarini bersalar, bunday vaziyat ularning ahloq qoidalariga bo'lgan munosabatlariga ijobiy ta'sir etadi. Kattalarning o'qituvchilar, ota-onalar, jamoatchiligining bolalar hulq-atvori, yurish-turishini nazorat qilib turishi ham ishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
Bu nazoratning muntazam, tizimli va puhta bo'lishi juda muhimdir. Ana shunda u o'quvchilarda ahloq-odob fazilatlarning tarbiyalanishiga olib keladi.
O'rgatish usuli bolalarning yoshi va tarbiya sharoitlariga qarab o'zgarib turishi mumkin. Tarbiyachi ma'lum bir topshiriqni (tuvakdagi gullarga suv quyish, parvarish qilish, sinfda tozalikka rioya qilishni kuzatib borish va hokazo) berishi mumkin. O'quvchi bu topshiriqni bajarish davomida zarur ahloq-odob qoidalarini egallab oladi.
Tarbiyada mashqlardan faqat ahloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish yo’li sifatida ham foydalanish mumkin. Shuning uchun o'rgatish va odatlantirish usullaridan foydalanishda bolalarning ahloq borasida erishilgan natijalaridan qanoatlanish va o'z shaxslarini takomillashtirib borishga intilish hissini sezishlari muhimdir.
Ibrat-namuna usuli. Bolalar tarbiyasida ibrat-namunaning ahamiyati kattadir. Namuna yoki ibrat usuli bolalardagi taqlidchanlikka asoslanadi. Taqlid boshqalarning hulq-atvorini, yurish-turishini ongli yoki ixtiyorsiz ravishdatakrorlash demakdir.
Odatda bolalar o'zlarining yaqinlari, tevarak-atrofdagi kishilarning (ota-onalari, opa-akalari, muallimlari, kattalar, tengqurlari) hulq-atvorini va hatti-harakatlarini kuzatib boradilar, ularga taqlid qiladilar. Lekin ko’pincha bo'laming nimasi yaxshi-yu, nimasi yomon ekanini farqlay olmaydilar, ular o'zlari uchun ma'qul bo'lganlariga taqlid etadilar va qabul qiladilar.
Bolalardagi bu xususiyatlar shuni ko'rsatadiki, ularning ahloq-odob qoidalarini o'zlashtirishi, ahloqiy tasavvurlarni xosil qilishi ana shundan, ya'ni ibratdan boshlanadi. Dastlab bola oila a'zolaridan ibrat ola boshlaydi. Ota-ona va oilaning katta yoshdagi a'zolari namunasi kichik yoshdagi bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishda asosiy manbadir.
Bola maktabga borishi bilan u taqlid etadigan va ergashadigan kishilar doirasi kengayadi.
Yosh bolalar yon-atrofdagi kishilarning hamma hatti-harakatlarini takrorlay berish o'rinli emasligini hali tushunib etmaydilar.
Bola yoshi ulg'ayib, katta bo'lgan sari nima yaxshi-yu, nima yomon, qaysi hulq-atvor odamlarga huzur bag'ishlashi, qaysi qiliq, hatti-harakat nohushlik keltirishini fahmlay boshlaydi.
Bola katta bo'lib es-hushini taniy boshlagan sari yurish-turish, muomila-munosabatda o'z nuqtai nazari va fikriga tayanib ish qiladi.
U kattalarning hulq-atvori va yurish-turishlariga ko'proq tanqidiy ko'z bilan qaray boshlaydi va ijobiy hislatlargagina taqlid qilishga urinadi.
Bolalarga hayotdagi yahshi odamlar, badiiy adabiyotdagi ijobiy obrazlar, mehnat qahramonlari, ota bobolarimizning o'lmas jasoratlari, ezgu ishlari taqlid qilish uchun yahshi namuna bo'ladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, bolalar hamma vaqt ijobiy hulq-atvor va hatti-harakatlarga taqlid qilavermaydilar.
Download 24.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling