Kich maktab yoshida bola shaxsining rivojlanishi
Download 44.08 Kb.
|
1 2
Bog'liq13 JO\'RABEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Kichik maktab yoshi davrining o’zida xos xususiyatlari
KICH MAKTAB YOSHIDA BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI Reja: 1.Kichik maktab yoshi davrining o’zida xos xususiyatlari 2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda shaxs xususiyatlarining Shakllanishi 3. Kichik maktab yosh davrida shaxs shakllanishigа doir tadqiqotlarning moxiyati 4.Xulosa 1.Kichik maktab yoshi davrining o’zida xos xususiyatlari Bu davr odatda bolalikning maktab davri deb ham yuritiladi. Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog’cha yoshida to’plagan shaxsiy tajribasi, til boyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellektual, ham ahloqiy, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulg’aya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piajening ma’lumotiga ko’ra, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar ro’y beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bo’lib, ma’lum tizimga, tartibga tushadi, endi u ko’proq o’zi xohlagan narsalarni esda saqlab qoladigan bo’lib boradi. Shuning uchun ham ular ota-onalari o’ylanib qoladigan mavhum matematik vazifalarni ham o’qituvchisi o’rgatganday tezda yechadigan bo’lib qoladi. Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi tashqi real olamni, u qanday bor bo’lsa shunday anglay boshlaydi. Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi, Bu davrda bola maktab o‘quvchilariga qo’yiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,; o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligiga, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkuryning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo’ladi. “Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanad”. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsining shakllanishidagi o’rni nihoyatda katta. Bola o’quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni urganadi. O‘quv faoliyatida bola o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, Xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada ryvojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yanga sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar. nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv saoliyati talablariga bo‘ysunish ham yukltilganligini his eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei o‘zgarganligini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug’ullanishga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir urinni egallaydi. O’quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘ladilar. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak” motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi, Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rquvni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o’zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z oilasida o‘zi egallagan o’rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo’ladi, vaziyat va qolatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdag‘i bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti- harakatlar o‘zgalar ko‘z ungida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanyotganida tayorlanadi. Buning uchun u dastavval, ta’lim-tarbiya tomonidan o’quvchi shaxsiga qo’yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi. Undan tashqari u fan asoslarini o’rganish uchun ham biologik, jismoniy ham psixologik jixatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Maktab ta’limiga psixologik tayorgarlik deganda, bolaning obektiv va yubektiv jixatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatlarining o’zaro munosibligi nazarda tutiladi. O’quvchi maktab ta’limiga keng ma’noda obektiv tayyor bo’ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o’quvchilardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayorgarlik ko’rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli ravishda barqaror ko’rinishga ega, deb hisoblash mumkin. Diqqatning xususiyatlari unung ro’lli va syujetli o’yin faoliyatlarida, rasm chizish va ko’rish, loy hamda plastilindan narsa yasashda, katta yoshdagi va tengqurlari nutqini idrok etishlarida, matematik amallarni bajarishlarida, hikoya tinglash va o’zi haqida tuzishda ham bevosita namoyon bo’ladi. Bu davrga kelib bola o’z diqqatini muayyan obyektga, narsa va hodisalarga yo’naltirishga, to;plashda va uni mustahkamlashda, hamda taqsimlashda malum darajada ko’nikmalarni egallagan bo’lib, o’z diqqatini boshqarish zarur paytda uni o’zi tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli ajiyibotlarga, g’aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini taajubga soladigan vaziyatlarva ma’lumotlarni puxta eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha faqat kattalar yordamida u yoki bu axborotlarni egallab kelgan bo’lsa, endi u o’z xohish irodasi bilan, muayyan motivatsiyaga asoslangan holda ma’lumotni olishga , o’z oldiga yaqqol maqsad va aniq vazifa qo’yishga harakat qiladi. Bolaning muayyan taraqqiyot darajasiga erishganini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. U o’zining uncha boy bo’lmagan tajribasiga asoslanib, she’r, hikoya, ertaklarni esda qoldirishi uchun ularning takrorlanganligi, yod olishning qulay usul va yo’llaridan foydalanganligi ta’lim jarayonida unga juda qo’l keladi. U o’qish, idrok etish, o’zlashtirish texnikasi bilan yaqindan tanishishga erishadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari, ko’pincha yaqqol obrazli xotiraga suyangan holda kognitiv faoliyatni tashkil etsa ham biron bir narsani eslashda xotiraning boshqa turlarini sira istisno qilmaydi, aksincha, ta’lim shaxsdan so’z mantiq xotirasini taqazzo qiladi, ijodiy produktiv yo’l bilan bilimlarni egallashni talab qiladi. So’z-mantiq xotirasining mavjudligi matnnning ma’nosiga tushunib esda olib qolish samaradorligini oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Tajribalardan shu narsa malumki, bola ma’nosiz soz’lardan ko’ra ko’proq ma’nodor ilmiy tushunchalarni yaratish, tuzish va mustaxkamroq esda olib qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi kattalar bilan muloqotga kirishish, o’zgalar fikrini o’qib olish va uni maqsadga muvofiq to’g’ri idrok etish darajasiga to’la javob bera oladi. Bola nutqining tuzilishi milliy til grammatikasi qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, rang-barang tushunchalarga boy, miqdor va ko’lam jihatdan har qanday kimsa bilan fikr almashish, muloqotga kirishish uchun mutlaqo yetarlidir. O’quvchi o’zi eshitgan narsalarni, voqelik haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri tushuna oladi, o’zida mavjud bo’lgan axborotlarni, taassurotlarni muayyan tartib bilan bayon qila oladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan o’rinli foydalanadi, narsalarni tasdiqlaydi, yaqqollashtiradi, guruhlarga ajratadi, hukm chiqaradi. Yirik chet etva sobiq sovet psixologlari tadqiqotlarining ko’rsatishicha, oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalar tafakkurini jadal sur’atlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini ertaroq ishga tushishiga, ro’yobga chiqishiga imkon beradi. Chunonchi, bolalar matematik, fizik, ximik, politexnik, lingvistik tushunchalarni o’zlashtiradilar, mustaqil ravishda uncha murakkab bo’lmagan masalalar tuzadilar, oddiyroq mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar. Yuqorida yuritilgan fikrlarga tayanib shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarning psixologik tayorgarlik darajasi ta’limni muvafaqqiyatli uddalash, amalga oshirish uchun mutlaqo kafolat bera oladi. Bu o’rinda uning shaxsiy xususiyatlarining shakllanishiga ham e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Bola shaxsining bir qator xususiyatlari va fazilatlari yaqqol ko’zga tashlana boshlaydi; qat’iylik, nisbiy mustaqillik, o’z oldiga maqsad qo’ya olishlik, xulq-atvorni ijtimoiy jamoatchilik nuqtai nazardan baxolashga intilishlik, axt-paymonga sodiqlik, va’daga vafo qilishlik, burch va javobgarlik xislari kabilar. Shuning bilan birga maktab ta’limiga tayorgarlik ko’rayotgan bola o’z xis-tuyg’usi va ichki kechinmalarini boshqarish malakasiga egadir, xatto u o’z-o’ziga, o’z qilmishlariga, nojo’ya xatti-harakatlari, o’rinsiz luqma tashaganligi, ixtiyorsiz o’shshayganligi uchun baxoli qudrat oz’ munosabatini bildirishi mumkin. Ta’kidlab o’tilgan barcha mulohazalar, sharxlar, tavsiflar maktab talimiga psixologik tayorgarlikning asosiy omillari, shuningdek, eng muhim shart-sharoitlari bo’lib hisoblanadi. Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog’cha yoshi davrida to’plagan shaxsiy tajribasi, tilboyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellectual, ham axloqan, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulg’aya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piaje ma’lumotlariga qaraganda, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar ro’y beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bo’lib malum tizimga, tartibga tushadi, endi u ko’proq o’zi xohlagan narsalarni esda saqlab qolishga harakat qiladi. Shuning uchun ham u, bazan ota-onalari o’ylanib qoladigan mavhum matematik vazifalarni ham o’qtuvchisi o’rgatganday tezda yechadigan bo’lib qoladi. Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi real tashqi olamni, uni qanday bo’lsa shunday mavjud xususiyatlari doirasida idrok qilib, anglay boshlaydi. Boshlang’ich maktabda o’qiyotgan bola uchun shaxsiy yutuqlari- o’qishda, sportda bolalar orasida nufuzi va obro’si katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bu davrda bolalar o’zlarining qaysi jinsga taaluqli ekanligini teran anglab maktabda “o’g’il bolalar va qiz bolalar” guruhi shakllanadi. Har bir guruhning o’ziga yarasha qiziqishlari, mashg’ulatlari bo’lib, qizlarning davrasida bo’lish, xattoki, o’g’il bola uchun noqulay bo’lib qoladi. Eng muhimi, aynan bu davr axloqiy normalarni anglashning, tushunish, axloqiy qadryatlarni o’zlashtirish va ma’naviy tasavvurning shakllanishi uchun o’ta sezgir va qulay hisoblanadi. Shuning uchun ham kattalarni e’zozlash kichiklarga hurmat, ota-onaga ehtirom ko’rsatish, vatanni sevish, shaxsiy va ijtimoiy mulkka to’g’ri munosabat xislari tarbiyalanadi. Bola jazo va rag’batlantirish o’rtasidagi farqni ajrata oladi va nima qilib bo’lsa ham jazolanishdan qochib, ko’pchilikning nazaridan qolmaslikka harakat qiladi. Shu bois ham oilada va ta’lim maskanlarida bolaning axloqiy va ma’naviy tarbiyasi uchun yaratilgan yaxshi shart-sharoit ayni bu davrda o’zining samarali natijasini beradi. Biroq bolaning maktab talimiga psixologik jixatdan tayyorligining subyektiv tomoni ham mavjuddir. Bola maktabda o’qish xohishi, intilishi, predmetlarga qiziqishi, ishtiyoqi katta yoshdagi odamlarning bilan muloqotga kirishishning istagi mazkur tayyorlik bilan uzviy bog’liqdir. Unda bu davrga kelib o’qish, bilim olish bilan bog’liq turli tasavvurlar shakllanadi. Shuning uchun u maktab jamoasining barcha a’zolarining ma’suliyatli vazifalarini e’tirof etadi va ularga itoatkorlik tuyg’usi, ularni ko’rsatmalarini bajarishga moyillik tug’iladi. Lekin bolalarning barchasi bu narsaga bir tekis munosabatda bo’ladi, deb bo’lmaydi, shu boisdan ular o’rtasidagi individual farq vujudga keladi. Bazi bir bolalar maktabga vujudi bilan talpinadilar, go’yoki qush kabi uchishga tayyordirlar, oqish vaqtiga qancha vaqt qolganini sabrsizlik bilan sanaydilar, o’quv ashyolarini oldinroq taxt qilib qo’yishga kattalarni da’vat etadilar. Boshqa bir toifadagi bolalar esa bu to’g’risida extiyotkorlik va vazminlik bilan munosabatda bo’ladilar. Biroq bu toifadagilarda faollik,shijoat, kuyuchanlik bilan intilish yetishmaganga o’xshab ketadi. Uchinchi bir turkumda taalluqli o’quvchilar bo’lsa maktabdan qat’iy ravishda vos kechish darajasiga borib yetadilar. O’qishga nisbatan bunday munosabat kattalarning jazo berish, erkinlikni yo’qotish, majbur qilish, qo’rqitishlari oqibatida vujudga keladi. Masalan: “Maktabga borsang- taziringni yeysan”, “ Qilt etsang kaltak yeysan”, “ Dars tayyorlayverib tinkang quriydi” va boshqalar. Shuning bilan birga o’quvchilarning akalari va opalarining maktabdagi “ Mash’um kechinma va vaziyatlar” to’g’risidagi noxush axbororlari, kin ova teleekrandagi maktab hayotiga bag’ishlangan filmlardagi, kompyuterdagi vaziyatlar o’zaro umumlashgan tasavvur obrazlarini yaratib, bolada o’qishga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. O’qishga nisbatan salbiy munosabatda bo’lhan bolalar ta’lim muhitiga kirishishga qiynaladilar, qator ruhiy to’siqlarga duch keladilar, buning natijasida yangi vaziyatga va jamoaga, notanish odamlarga moslashish juda og’ir kechadi. Maktab ta’limi bolaning turmush tarzi, tartibi, ijtimoiy holati, sinf jamoasi, oila muhitidagi ahvolini o’zgartiradi, uning asosiy vazifasi o’qishdan iborat bo’lib qoladi. Yangi bilim, ko’nikma, malakalarni egallashdan tabiat va jamiyat to’g’risidagi qonuniyatlarni o’zlashtira boshlaydi. Ta’lim o’quvchidan muayyan darajadagi uyushqoqlikni, intizomlikni, irodaviy zo’r berishni, faollikni, maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti- harakatlar o’rnini anglashilgan rejali, maqsadga muvofiq aqliy mehnat egallab boradi. O’quvchi tengdoshlari bilan birgalikda muayyan sinf jamoasiga birlashtiriladi. Modomiki, shunday ekan sinf jamoasi va uning a’zolari bola oldiga ko’pchilik manfaatini himoya qilish, shaxsiy istaklarini umumjamoa istaklariga bo’ysundirish, o’zaro yordam, o’zaro hurmat, o’zaro talabchanlik, ijtimoiy javobgarlik va burch hislarini egallash vazifasini qo’yadi. Ta’lim jarayonida o’quvchi oldiga qo’yiladigan talablar tobora ortib, murakkablashib boraveradi. Maktab ta’limini dastlabki kunidan boshlaboq kichik maktab yoshidagi bolaning taraqqiyotini harakatga keltiruvchi, kuch vazifasini o’tovchi turli hil ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, ichki ixtilof kabilar vujudga keladi. Ushbu holat va vaziyat zamirida o’quvchi shaxsiga, uning bilish jarayonlariga nisbatan o’quv faoliyati, o’qtuvchilar va sinf jamoasi tomonidan qo’yilayogan talablar bilan bolaning psixik kamolot darajasi va undagi mavjud insoniy fazilatlari o’rtasidagi qarama-qarshilik yotadi. Talabning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan to’xtovsiz o’sishini taqazzo etadi va bu narsa boshi berk zanjirning uzluksiz harakati natijasida inson taraqqiyotida amalga oshadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchining muhim xususiyatlaridan biri – undagi o’ziga xos extiyojning mavjudligidir. Mazkur extiyoj o’z mohiyati bilan muayyan tartibdagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga, tevarak atrofdagi voqelikni o’zlashtirishga qaratilgan bo’lmasdan, balki faqat o’quvchi bo’lish istagining o’zidan iborat. Bu extiyoj zamirida o’qishning tashqi alomatlari, chunonchi, fo’rma kiyish xohishi, o’z shaxsiy portfeli, dars tayorlash burchagiga, kitob qo’yish javoniga ega bo’lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg’usi yotadi, xolos. Bundan tashqari bilimlar kunidagi shodiyona ayyom, o’quvchilik safiga qabul qilishlik lavhasi, maktab mamuriyati va o’qituvchilarning ularga bildirgan samimiy tilaklari, yuqori sinf o’quvchilarining samimiy tabrigi birinchi sinf o’quvchilarining his-tuyg’usiga katta ta’sir ko’rsatadi. Sinf a’zolari bilan birgalikda qatorlashib saf tortib yurishlar, yoppasiga o’yin faoliyatida qatnashish, o’qtuvchining o’gitlari ham ularni o’ziga rom etadi. Lekin ular o’qishning tub mohiyatini tushunib yetmaydilar, shuning uchun umumiy tarzda hamma maktabda borishi kerak, deb tasavvur etadilar. Vaholanki, o’quvchi o’qish ijtimoiy zaruriyat ekanligini anglab yetmasligi barchaga ayondir, biroq kattalarning ko’rsatmalariga amal qilgan holda tirishqoqlik bilan mashg’ulotlarga kirishib ketishlik hollari ko’p uchraydi. Darslar boshlanib ketgandan keyin oradan ma’ lum muddat o’tgandan so’ng, shodiyona lahzalar taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi, ichki belgilari o’z ahamiyatini yo’qotib boradi va o’qishning kundalik aqliy mehnat ekanligi, irodaviy zo’r berish, yoqtirmagan ish bilan shug’ullanish, diqqatni taqsimlash , o’z xulqini idora qilish zaruriyatini o’quvchi anglab yetadi. Agar o’quvchi shunga o’xshash aqliy mehnat ko’nikmasiga ega bo’lmasa, u holda u o’qishdan ko’ngli soviydi, umidsizlanish tuyg’usi vujudga keladi. Shuning uchun o’qituvchi bunday holning oldini olish maqsadida bola bilan ta’limning o’yin faoliyatidan farqi, qiziqarliligi yuzasidan ma’lumot berishi va shu faoliyatga uni puxtaroq, jiddiyroq tayorlashi maqsadga muvofiq. Bu bilan o’quvchi borliqni bilishga nisbatan jiddiy munosabatning ularda extiyoj sifatida namoyon bo’lishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi obro’sidan oqilona foydalanib, o’quvchida mehnatsevarlik, uyushqoqlik, o’qishga nisbatan ijobiy munosabat, diqqatni boshqarish, xulqni idora qilish, o’z-o’zini qo’lga olish, o’z- o’ziga tasalli berish, faollik tuyg’ularini vujudga keltirish ta’lim jarayonida yuqori samara beradi. Pedagogik odob nazorat nuqtai nazaridan o’qtuvchi obro’sini o’quvchilar oldida to’kish, shaxsiyatiga tegish va mazah qilish mumkin emas. O’qituvchi bolalarga to’g’ri ta’lim- tarbiya berishi hamda ularning shaxsiy intelekttual qobilyatlarni shakllantirish uchun quidagi fazilatlarga ega bolishi kerak: a) kasbiy qobilyatlarning mavjudligi; b) uning dilkashligi va boshqa bir qator odamiylikka yo’g’rilgan xislatlarining bo’lishi; v) o’quv predmetlarini chuqur egallashi; g) bilim saviyasining chuqurligi va kengligi; d) o’qituvchining vijdonliligi, adolatgo’y fazilatlari, uning maqomi va ro’lining muhimligi; Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning xatti – harakatlarini, ular bajarayotgan ishni boshqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ular o’z maqsadlari sari intilishi, mustaqilliligi, jasoratliligi bolaning iroda kuchidan kechinmalar rivojlangan boladi. Ayni paytda bolaning yaxshi yoki yomon xatti- harakatlarni sezishi, go’zallikni idrok qilishi kata odamlarnikidan sifat va maqsad jihatdan farq qiladi. Ayniqsa, uning aqliy hislari mazmunan sayoz, davomiylik jihatdan beqarordir. Ularda irodaviy xislatlarning o’sib borishi bola shaxsi shakllanishi, tarkib topishi jarayonida unda ijtimoiy- ahloqiy qoidalar o’zlashtirib boriladi. Axloq qoidalari va maqomlarining bola tomonidan o’zlashtirib borilishi natijasida unda harakter hislatlari shakllanib boradi. Ularning tarbiyasi oddiy o’quv va mehnat ko’nikmalari, malakalari, ixtiyoriy diqqat, idrok va tajriba, mantiqiy esda qolish, fikr yuritish, so’z boyligi, iroda sifatlari, yuksak insoniy hislatlar qamrab oladi. Boladagi mazkur ruhiy jarayonlar, shaxs sifatlari, mahsus tashkil etilgan o’yinlar, ta’limiy mashg’ulotlar asosidagina bir tekis rivojlanishi mumkin. Bu narsa o’qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar bolalar ustidan qat’iy nazorat qilishni va o’z vaqtida unga yordam berib turishni taqazzo etadi. Buning uchun ular barcha kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarini to’la o’rganishlari shart. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni har tomonlama yetuk, go’zal axloqli, xush odobli inson qilib kamol toptirish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki bu narsa milliy qadriyat va ruhiyatni tiklash jarayonida ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirish masalasidan kelib chiqadi. Mazkur muammoni o’rganishda psixologlar oldida turgan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda boshlang’ich ta’limni ilmiy asosda to’g’ri yo’lga qo’yish uchun o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarur. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratadi. Yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan ham tashqari boshqa faoliyatlar o’yin, muloqot va mehnat ham o’quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu faoliyalar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O’quv faoliyati o’quvchilarda o’qishda muvaffaqiyatga erishish extiyojini qondirsa, shuningdek, tengdoshlari orasida o’z o’rniga ega bo’lish imkoniyatini ham yaratadi. Aynan ana shu o’rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o’qishga harakat qilish mumkin. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravishda o’zi erishgan muvaffaqiyatini boshqa tengdoshlarining muvaffaqiyati bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo’lish nihoyatda muhim. Bu yoshdagi bolalarda musobaqaga kirishish motivi doimiy extiyoj sanalib, bu motiv ularga kuchli emotsional zo’riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog’cha davrida boshlanib, kichik maktab hamda o’smirlik davrida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bolalar kattalarning u haqidagi bergan baxo va fikrlariga qarab, o’z-o’ziga beradigan baxosi, asosan, to’g’ridan to’g’ri o’qituvchining beradigan baxosiga va turli faoliyatidagi muvaffaqiyatiga bog’liq. Bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi tasirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalashga yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu davr bolaning turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiyxususiyatlarini yuzaga kelish va mustahkamlanish davri hisoblanadi. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topishi bilan birgalikda mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlari mustahkamlanib boradi. Mehnatsevarlik bolada o’zi qilayotgan ishidan zavq olsagina yuzaga keladi. Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog’liq. Agar bola xaddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq bo’lsa unda asta sekinlik bilan boysunuvchanlik, tobelik xususiyatlari mustahkamlanib boradi. Biroq bolani vaqtli mustaqillikka undash, unda bazi salbiy hislatlarini rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin. Chunki hayotiy tajribalarni kimlargadir taqlid qilgan holda o’zlashtiradi. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil ishlarni ko’proq buyurish va ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shunindek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biror bir ishni mustaqil, ijtimoiy vazifa bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi. Maktab yoshidagi bola o’zining individual xususiyatlarini anglaydi. Bolani o’z-o’zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana boradi. Bu davrda bolalar o’zlarining ismlariga yanada ko’proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bola o’zining tashqi ko’rinishi va gavda tuzulishiga beradigan baxosi ham o’z-o’zini anglashida kata ahamiyatga ega. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o’zlarining yuz tuzulishiga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Ular o’zlarining o’quv faolayati jarayonida o’zlaridagi xulq-atvori va faoliyatini o’zi tomonidan muvofiqlashtirish qobilyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobilyati rivojlanadi, o’z faoliyatini o’zi uyushtirishga hamda bilim olish jarayoniga bo’lgan qiziqishni qaror toptirishga yordam beradi. O’quvchi xulq-atvorini motivlashtirishi ham ozgaradi. Bunda do’stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo’lib qoladi. Ahloqiy his tuyg’ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari shakllanadi. 5-6 yoshlarda ko’zga tashlangan bolaning xususiyatlari yillar davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Shuning uchun “Bola boshidan” kabi maqollar xalq o’g’zaki ijodida ko’plab uchraydi. O’smirlik davrinig boshlanishiga kelib juda ko’pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib bo’ladi. Bolalarning individualliklari ularni bilish jarayonlarida ham ko’zga tashlanadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, ko’nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib ayrim o’quvchilarning umumiy va mahsus layoqatlari ko’zga tashlanadi. Kichik maktab yoshida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o’z-o’zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi. Bu yoshdagi bolalarda diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutq to’liq rivojlanib bo’lganligi uchun ham ularga ta’lim berishda kattalarga qo’llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin Ma’lumki, o’quvchi shaxsini shakllantirish faoliyatini namunali yo’lga qo’yish uchun ularning xarakter xislatlari va shaxsiy xususiyatlarini maqsadga muvofiq tarkib toptirish ayni muddaodir. Har bir o’quvchini individual ahloqiy jihatdan aniqlagandan keyin alohida olingan subyekt bilan individual munosabatda bo’lish imkonini beradi. 8-10 yoshli bolaning shaxsiy fazilatlari beqaror, dunyoqarashi sodda, tashqi taassurotlarga tez beriluvchandir. Buyuk allomalar ta’kidlagalaridek, kishining xarakteri hammadan ko’proq uninig hayotining dastlabki bilimlarida tashkil topadi va mazkur xislatlatida namoyon bo’lgan sifat mustahkam o’rnashadi va bolaning mustahkam tabiatiga aylanadi. Bolaning ikkinchi tabiatida ijobiy xis-tuyg’ularni, shaxs fazilatlarini tarkib toptirishda, yuksak insoniy sifatlarni ularda shakllantirishda barcha ma’suliyat boshlang’ich sinf o’qituvchisining zimmasiga tushadi. Bu davrdagi tadqiqotlarga to’xtaladigan bo’lsak, ayniqsa E.Erikson, Z.Freyd, G.A Sukerman va V.V.Rubsovlar, K.S.Vigotskiy va D.B.Elkoninlarning tadqiqot va g’oyalarini alohida ta’kidlab o’tishimiz kerak. Ular bolalarning psixik hamda shaxs sifatida rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, sinf jamoasi, o’qituvchi, ota-onasi bilan bo’ladigan munosabati orqali erishish mumkinligini ta’kidlab o’tishgan. Ularning yuqoridagi bu g’oyalariga hali to’xtalib o’tamiz. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari bilan munosabatning ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg’iz qolgan holda sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Shaxs shakllanishi nazaryalari va bosqichlariga nazar soladigan bo’lsak, Erikson: “Maktab yoshi: mehnatsevarlik o’z-o’zidan qoniqmaslik. To’rtinchi ijtimoiy –psixologik davr Z.Freyd nazariyasida yashirin latent davrga mos keladi. O’z jinsidan ota- ona bilan raqiblikdan bartaraf etilgan bo’ladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bolani oila chegarasidan chiqishi sodir bo’ladi va tizimli ta`lim xususan madaniyatning texnologik tomonlariga qo’shilishi boshlanadi. E.Eriksonning kontseptsiyasida ushbu madaniyat doirasida ahamiyati bo’lgan qurol – aslahalar, hosiblik faxriy va ilmiy unvonlar bilan munosabatda bo’lishini bilish nimanidir o’rganishga aynan intilish va tez o’zlashtirishi universal deb tan olingan. Mehnatsevarlik, ishdan zavqlanish atamalari bu davrning asosiy mavzularni ifodalaydi bu davrda bolalar nimadan nima hosil bo’lishini va u qanday ishlashini bilishga intilishi bilan band bo’ladilar. Bolaning “Ego” muvofiqligi endi bunday ifodalanadi: “Men” – men nimaga o’rgangan bo’lsam. Bolalar maktabda o’qib, faol ishtirok anglangan tartib – intizom qoidalariga qo’shiladi. Maktab tartib-qoidalari bilan bog`liq bo’lgan odam mukammal ijrochidir. Bu davrning qaltisligi shundaki, o’z-o’zidan qoniqmaslik hissini, o’z qobiliyatlari yoki tengdoshlari orasidagi mavqeidan shubhalanish tajribasizlikni namoyon qilishdan iborat.” Z. Freyd boyicha bu yosh davri:Latent bosqich –jinsiy sokinlik 6-7 yoshdan 12 yoshgacha o’smirlik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya kuchi o’qish, sport, bilishga intilish asosan o’zini jinsidagi tengdoshlari bilan do’stlashishga yo’naltiriladi. XULOSA Xulosa qilib aytganda men shuni tushundimki freydning odamni jinsiy shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madaniyatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta`kidlaydi. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi uchun ham imkoniyat yaratadi. O’quvchining ushbu yosh davrida o’qtuvchining har bir aytgan so’zi, xar bir xatti- harakati, ta’sir o’tkazish uslubi uning uchun haqiqat mezoni bo’lib qoladi. Chunki o’quvchilar o’z o’qtuvchilariga juda qattiq ishonadilar, ularning fikr va mulohazalariga quloq soladilar, pedagogik taktdan o’ta ta’sirlanadilar, qo’ygan talablariga qat’iy amal qiladilar. Ana shu tomondan pedagog bergan barcha vazifalarni, yaratilgan muammoli vaziyatlarni hal qilishga intiladilar, ularni o’z vaqtida ado etishga intikladilar. O’qtuvchiga yuksak ishonch, unga bevosita taqlid insonni inson tomonidan idrok etilishi idetifikatsiya bosqichiga o’xshab ketadi. Ayni shu davrdan boshlab: 1) o’quvchining psixikasiga tashqi ta’sir ko’rsatish, 2) atrof-muhitdagi kishilarga yordam berishga undash, 3) nima bilan shug’ullanish to’g’risida ko’rsatma va yo’llanma berish, 4) unga oddiy individual yoki ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan burch xissini tushuntirish, 5)uni to’g’ri mulohaza yuritishga o’rgatish, 6) ijobiy xis-tuyg’u va ezgu niyatlarini qo’llab quvatlash, 7) o’qilgan kitobni, tomosha qilgan kinofilmni, sinfda sodir bo’lgan voqeani, sayohat taassurotlarini birgalashib muhokama qilish, 8) o’quvchilarni nomaqul so’z va iboralardan tiyish, ixtilofning oldini olish, 9) tabiat manzaralarini quvvatlash va musiqa tinglashga o’rgaish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu omillarning barchasi o’quvchining shaxs bo’lib shakllanishida muhim ro’l o’ynaydi. Download 44.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling