O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti tabiatshunostlik va geografiya fakulteti
Silliq muskul to’qimasining tuzilishi
Download 56.61 Kb.
|
Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat univers-fayllar.org
Silliq muskul to’qimasining tuzilishi.
A-siydik pufagi silliq muskulining bo’ylama va ko’ndalangiga kesilgani; 1-silliq muskul hujayralarining tikkasiga kesilgani; 2-ularning ko’ndalangiga kesilgani; 3-biriktiruvchi to’qima. A B -Silliq muskul to’qimasining tuzilish sxemasi. 1-silliq muskul hujayrasi; 2-uning yadrosi; 3-sarkoplazmadagi miofibrillar; 4-sarkolemma; 5-endomiziy; 6- qon tomir kapillyarlari; 7- nerv tomiri. B Yadro va organellalar hujayraning trofik apparatini tashkil etadi. Silliq mushak hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, cho’ziq oval yoki tayoqchasimon shaklga ega. Yadroning shakli qisqarish paytida o’zgaradi. Unda ko’p hollarda ikkita yoki undan ko’proq yadrocha bo’ladi. Yadro yonida sust rivojlangan plastinkasimon kompleks joylashadi. Shu yerda hujayra markazi ham yotadi. Mushak hujayrasida endoplazmatik to’r sust rivojlangan. Mitoxondriyalar kichik, shakli cho’ziq, oz miqdorda bo’lib, sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni ko’proq bo’lishi mumkin. Mitoxondriyalarning kristallari ko’ndalang targ’il mushaklardagiga nisbatan kam. Miofibrillalar mushak hujayrasining qisqaruvchi apparatini tashkil etishi sababli ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos bo’lgan ko’ndalang-targ’illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli ipchalar shaklida ko’rinadi. Elektron mikroskop bilan silliq mushak hujayralari o’rganilganda hujayraning butun uzunligi bo’yicha yotuvchi uzluksiz miofibrillalar aniqlangan emas. Hujayra sitoplazmasida bo’ylama joylashgan submik-roskopik protofibrillalar mavjud bo’lib, ular tutamlar hosil qilmaydi. Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi aniqlanadi: aktin va miozin. Miozin protofibrillalar diametri 17 mn ga teng bo’lib, yo’g’on protofibrillalardir. Aktin mikrofilamentlar nozik bo’lib, qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak bo’shashgan holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo’yi bo’yicha joylashgan bo’lib, mushak qisqarganda o’z joylashishini o’zgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko’ndalang-targ’illik kuzatilmaydi, chunki filamentlar o’zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qil-maydi, plastinkalar ham topilmagan. Silliq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktonin oqsillari topilgan. Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning o’rta qismida zich tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy mik-roskopda to’q dog’ shaklida ko’rinadi. Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo’lib, ular ko’ndalang targ’il mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning o’zi silliq mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan hosil bo’lgan tuzilmalar tegib yotadi. Bu tuzilmalar ko’ndalang targ’il mushakning Т- sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kalsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim o’rin tutadi. Har bir mushak hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan. Mushak hujayralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli tutatish-neksuslar uchrab, ular silliq mushak hujayralarining ma’lum guruhlari barobar qisqarishini ta’minlaydi. Silliq mushak to’qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega. Qon tomirlar to’qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak hujayralari tutamlari orasidagi biriktiruvchi to’qima qatlamlarida kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Silliq mushak to’qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Silliq mushak to’qimasi mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo’layotgan mushak hujayralari dastlab o’simtalarga ega bo’lib, uning yordamida o’zaro bog’lanadi va shu tufayli mezenxima tuzilishini eslatadi. Ularda miofibrillalar paydo bo’lish differensiallanish boshlanganligining belgisi bo’lib
qiladi.
ko’payishini qon tomirlarning o’sishi va tiklanishi jarayonida ko’rish mumkin. Тajribada yirik arteriya bog’lab qo’yilgan hollarda qon aylanish kam joylardagi mayda tomirlarning kengayishi kuzatiladi. Bunda ularning devorida yangidan hosil bo’lgan mushakning qalin qatlamlari paydo bo’ladi. Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va giperplaziyasi bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi. Download 56.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling