O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti tabiatshunostlik va geografiya fakulteti


Download 56.61 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi56.61 Kb.
#1798381
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat univers-fayllar.org


Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI ANDIJON 

DAVLAT UNIVERSITETI 

Tabiatshunostlik va geografiya fakulteti biologiya yo‘nalishi 2-

bosqich “A” guruh talabasi Mirzarahmonova Dinoraning

sitologiya fanidan yozgan 
Mavzu: “


MUSKUL ТO’QIMASI, KO`NDALANG CHIZIQLI 

MUSKUL VA UNING YURAK MUSKULI BILAN O`XSHASHLIK VA 

FARQLARI






Reja*: 
1. 

Muskul (mushak)larning xillari.


2.

Silliq muskul to’qimasi.


3.

Ko’ndalang targ’il muskul to’qimasi.


4.

Yurak muskuli.


5.

Adabiyotlar.




Mushak to’qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini


ta’minlaydi. Mushaklarning tuzilishi ularning bajarayotgan funksiyasiga 
mos-lashgan, ya’ni ularning shakli cho’ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga
tutashgandir. 
Тuzilishi va bajarayotgan funksiyasiga ko’ra silliq, ko’ndalang - targ’il,
yurak mushagi va ba’zi a’zolarda uchrovchi maxsus muskul to’qimasi farq 
qilinadi. Maxsus mushak to’qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va vazifalariga
ko’ra turlichadir. Ko’ndalang-targ’il yurak mushagi hamda maxsus mushak 
to’qima -mioepitelial hujayralar (ter, sut va so’lak bezlarida uchrovchi
hujayralar), ko’zning siliar va qorachiq mushaklari xususiy gistologiyaning 
tegishli boblarida kel-tirilgan.


Silliq muskul to’qimasi 
Silliq muskul to’qimasi hujayra tuzilishiga ega. Silliq muskul to’qimasi 

ko’pgina ichki organlar-me’da-ichak yo’li, tanosil organlari, tomirlar


devorining shakllanishida qatnashadi. Silliq muskul tuzilishi hamda 
funksiyasi bo’yicha ko’ndalang-targ’il mushakdan ancha farq qiladi. Silliq
mushaklar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va shu 
sababli kishi ixtiyoriga bo’ysunmaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, silliq
muskul to’qimasi hujayra tuzilishiga ega bo’lib, cho’ziq, duksimon va 
tarmoqlangan bo’ladi. Hujayraning o’lchamlari turlicha bo’ladi, ya’ni
uzunligi 50-250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5-20 mkm. 
Тo’qimada bir-biriga yondoshib yotgan hujayralar qatlamlar hosil qiladi. Ular
bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga 
boshqa hujayraning o’tkir uch qismi yopishadi. Silliq mushak hujayralari
sirtdan sarkolemma bilan qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng 
plazmatik membrana va tashqi bazal membrana farq qilinadi. Yonma-yon


yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi joylarda juda


yaqinlashib, tutashish nuqtalarini hosil qiladi.
Membranalarning
bunday

yaqinlashish


joylari

silliq
mushak

hujayralarining biridan ikkinchisiga qo’zg’alib o’tishiga xizmat qiladi degan
taxminlar bor. Hujayra sitoplazmasida yadro, umumiy organellalar va 
miofibrillalar joylashadi.



Download 56.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling