O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 149.59 Kb.
bet13/25
Sana26.10.2023
Hajmi149.59 Kb.
#1725068
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi z

Ta’limda ko‘rsatmalilik tamoyili. Ta’limning ko‘rsatmalilik tamoyili didaktik tamoyillarning biri bo‘lib, u o‘qitish jarayonining sifatini oshiradi, o‘quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi.O‘qitishning ko‘rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar o‘quvchilarda o‘rganilayotgan narsa va xodisalarni bevosita idrok qilishga bog‘liq muayyan hissiy amaliy tajriba bo‘lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli suratda o‘zlashtiradilar. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m-ma’za bilish, teri, muskul- harakat kabi sezgi organlarining birlikda ob’ektga safarbar qilinishini talab etadi.
Ko‘rsatmalilik tamoyili ta’limning etakchi qonun -tamoyillarni va talablarni amalga oshirishda vositachilik. CHunonchi:
1. Bayon qilinayotgan mavzuning mazmuniga mos keladigan materiallardan unumli va to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarning o‘tilayotgan materialni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini ta’minlaydi. Dars qiziqarli bo‘ladi.
2. Ta’limda qo‘llanilayotgan ko‘rsatmali qurollar o‘quvchilarning qay darajada yaqqol va aniq, obrazni idrok qilishini ta’minlasa va kuzatayotgan ob’ektga mumkin qadar ko‘proq sezgi organlari safarbar qilinsa, o‘quv materiallari shunchalik tez, qulay va oson o‘zlashtiriladi, uzoq vaqt eslab qolish hamda qayta esga tushirish mumkin bo‘ladi, oqibatda o‘quv materiallarining puxta o‘zlashtirilishi ta’minlanadi.
3. Ko‘rsatmali materiallar orqali o‘quvchilar ob’ektiv borliqdagi narsa, voqealar bilan, ularning xususiyati, belgilari bilan tanishadi. Mavhum xodisalarning aniq obrazlar orqali idrok qilinishi natijasida o‘quvchilarni mantiqiy fikr qilish qobiliyatlari rivojlanadi. O‘quvchi-larning ayniqsa sxema, jadval, diagramma kabi materiallar ustida ish olib borishlari va material xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari alohida ahamiyatga egadir.
4. O‘quv materiallarining ko‘rsatmali bo‘lishi o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni tajribada, ishlab chiqarish amaliyotida qo‘llana olishlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar bilan ham qurollantiriladi.
Ta’limda ko‘rsatmalilikning samarali natijalar berishi uchun uning boshqa tomonlariga ham e’tibor berish kerak.
Birinchidan, ishlatiladigan ko‘rsatmali qurollar u yoki bu sinf o‘quvchilarining yoshi va o‘ziga xos xarakter xususiyatlari, umumiy tayyorgarligi- saviyasiga mos keladigan bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan foydalanadigan ko‘rsatmali qurollar o‘tilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishga yordam beradigan materiallar bo‘lishini hisobga olmoq, demak, uning to‘g‘ri tanlanishiga e’tibor bermoq lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko‘rsatmali materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi zarur. Ayni paytda maktablarimizda qo‘llanilayotgan materiallarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Buyum va narsalarni asli, tabiiy holda ko‘rsatuvchi materiallar: o‘simliklar va ularning tarkibi, hayvonlar, ma’danlar, gerbariylar, kolleksiyalar, ashyolar, asboblar va razryadlarni hosil qilishni sinf yoki laboratoriya sharoitida namoyish qilish va boshqalar.


  2. Grafik-ko‘rsatmali qurollar: chizmalar, diagramma, filmlar, diapozitivlar, ovozsiz kinofilmlar.


  3. Tasviriy-ko‘rsatmali qurollar: rasm, fotosurat, diafilmlar, diapozitivlar, ovozsiz kinofilmlar.


  4. Eshittirish bo‘yicha ko‘rsatmalilik, gramplastinkalar, magnit lentasiga yozib olingan badiiy o‘qish namunalari, chet el tillaridagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga oid materiallar.


Ta’limning ko‘rsatmali bo‘lishi hozirgi zamon maktablari oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan va hozir ham undan yanada samarali foydalanish borasida katta ishlar olib borilmoqda.



Download 149.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling