O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika matematika fakulteti
Matematika ta’lim yo’nalishi 19M14 talabasi
Xurixanova Maxzunaning
Mexanika masalalarini kompyuterda modellashtirish fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Dinamika masalarini matematik modellashtirish
Ish rahbari: _______________________
Andijon-2023
MAVZU: DINAMIKA MASALALARINI MATEMATIK
MODELLASHTIRSH
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM.
1.MAPLE -INTEGRALLASHGAN TIZIMI.
2.MAPLE TIZIMINING TARKIBI VA IMKONIYATLARI.
3.DINAMIKA MASALALARINI MATEMATIK DASTURLASH.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
I.KIRISH
Ushbu kurs ishi ‘’mexanika masalalarini matematik modellashtirish ‘’ fanidan ishchi dasturga moslab tuzilgan bir ishlanmadir. Mexanika masalalarini matematik modellashtirish fanining maqsadi:
Talabalarni mexanikada matematik modellashtirishning zaruriy ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish. Ayni paytda u talabalarni mantiqiy fikrlashga to’g’ri xulosa chiqarishga xizmat qiladi.
‘’Mexanika masalalarini matematik modellashtirish’’fani o’z oldiga talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, mantiqiy fikrlash, tog’ri xulosa chiqarish, matematik madaniyatini oshirib hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish maqsadini qo’ygan.
MAPLE - INTEGRALLASHGAN TIZIMI.
Matematik hisoblashlarni avtomatlashtirish tizimlari orasida «Maple» paketi muhim oʻringa ega. «Maple» eng tarqalgan va qoʻllaniladigan quvvatli va samarali integrallashgan tizim hisoblanadi Shu bilan birga u barcha foydalanuvchilar uchun zamonaviy va universal matematik paket hisoblanadi. U ham sonli ham analitik(simvolli) hisoblashlarni amalga oshiradi. «Maple» keng va katta imkoniyatli grafik vositasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |