O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Zahiriddin muhammad bobur nomli Andijon davlat universiteti


Download 47.5 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1349972
  1   2   3   4
Bog'liq
Ko\'kturk yozuvi




O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Zahiriddin muhammad bobur nomli
Andijon davlat universiteti

Filologiya fakulteti


Sirtqi ta’lim yo’nalishi 405-guruh talabasi
­­­­­­­­­­­­­­­­­­______________________________
fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Ko’kturk yozuvi va uning xususiyatlari

BAJARDI: __________
MA’RUZACHI: ___________
Ko’kturk yozuvi va uning xususiyatlari

Reja:



1. Ko’kturk yozuvining paydo bo’lishi.
2.Turkiy xalqlar yozuvi tarixining rivojlanish bosqichlari.
3.Ko’kturk obidalari O’rxun-Enasoy yozuvlari.


1. Ko’kturk yozuvining paydo bo’lishi.

Insoniyat tarixida yozuv amaliyotini piktografik, ideografik, bo’g’inli yozuvlar boshlab berdi. Fonetik yozuv esa lingvistik bilimlar takomillashgan davrga to’g’ri keladi. Turkiy xalqlarning yozuv madaniyati tarixida butun boshli yozuvlar tizimi amal qilgan. Ba'zi yozuvlar xalqning madaniy, ijtimoiy-siyosiy yuksalishi, davlat va jamiyat taraqqiyoti ta'sirida yuzaga kelgan bo’lsa, boshqa birlari diniy ta'sirlar yoki qo’shni xalqlar bilan bo’lgan aloqalar natijasida yuzaga kelgan. Qadimgi turklar moniy, brahma, suryoniy kabi yozuvlarni qo’shni xalqlar bilan bo’lgan diniy munosabatlar tufayli qabul qilgan. Uyg’ur xati esa o’zga bir madaniy, iqtisodiy munosabatlar tufayli shakllangan.


So’g’d yozuvi aslida so’g’dlar foydalangan. Keyinchalik undan turkiy xalqlar ham foydalangan. Bu yozuvdagi turkiy yodgorliklar kam saqlangan.
Moniy yozuvi melodiy 247 yili Bobilda Moniy boshchiligida yangi dinga asos solinadi va shu davrdan boshlab Suriyaning Palmira shag’rida qo’llanilgan moniy yozuvi ham amalga kiritilgan. Ushbu yozuv moniy dini bilan birga Markaziy Osiyoga kirib kelgan. Yettinchi asrga kelib, moniy dini uyg’ur xoqonligining rasmiy dini sifatida qabul qilingan. Moniychilar tavbanomasi “Xuastuanift”ning ayrim qo’lyozma nusxalari, ayrim she'riy parchalar bizgacha yetib kelgan.
Braxma yozuvi bo’g’inli yozuv bo’lib, qadimgi sanskritcha asosida shakllangan. Turkiy xalqlarga buddizm ta'sirida kirib kelgan.

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling