O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Zahiriddin muhammad bobur nomli Andijon davlat universiteti


Download 47.5 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1349972
1   2   3   4
Bog'liq
Ko\'kturk yozuvi

Ko’kturk yozuvi. Turkiy xalqlarning eng qadimgi yozuvi. Fanda noma'lum bo’lganligi uchun “run yozuvi” deb, keyinchalik “turkiy run yozuvi”, “qadimgi turk yozuvi”, “ko’kturk yozuvi” topilgan o’rniga qarab “urxun yozuvi”, “enisey yozuvi”, “urxun-enisey yozuvi” nomlari bilan ham yuritilgan. Ibn Arabshoh o’zining “Ajoibu-l-maqdur fi navoibi Taymur” (Temur falokatlarida qismatning qiziqliklari) deb atalgan kitobida ushbu yozuv va uning nomi haqida qisqa ma'lumot berib shunday fikrlarni bayon qilgan: “Xitoda ularning (turklarning) “dulbarchin” deb ataladigan yozuvi bor. Ko’rdim, harfi qirq bitta. Ko’pligining sababi, ular qalin va ingichka (tovush)larni, shuningdek ayirgichlarni (alohida) harf hisoblaydilar, natijada qo’shimchalar va har bir qo’shimcha harf tug’ilgan”.
Ko’kturk yozuvi haqidagi dastlabki ma'lumotlar gollandiyalik olim Nikolas-Kornelisson Vitsenning (1641-1717) asarida uchraydi. U gollandiyalik elchixona xodimlari bilan 1664 yilda Moskvaga kelib bir yil yashadi. Moskvada turkiy xalqlarga oid materiallar yig’ib, keyinchalik shu materialar asosida «Shimoliy va Janubiy Tartariya» nomli asarini yaratdi.Ushbu asarda Rossiyada yashovchi ko’plab xalqlar tillari, jumladan, turkiy tillarga oid leksik materiallar berilgan. Verxoturdan (hozirgi Sverdlovsk viloyati) uncha uzoq bo’lmagan joyda noma'lum alifboda yozilgan bitiklar mavjudligi qayd qilingan. Mahalliy aholi bu yozuvlarni «bitigtosh» deb atagan1675 yilning boshlarida Rossiyaning Xitoydagi elchisi bo’lib ishlagan Nikolay Govrilovich Spafariy qaydnomalarida ham Enasoy daryosi bo’ylaridagi toshlarga o’yib bitilgan noma'lum yozuvlar haqida ma'lumot uchraydi1. Rus olimi Semen Ulyanovich Remezov 1696 yilda Sibir yerlarining xaritasini chizayotib, bir joyga «o’rxun tosh» deb belgi qo’yadi. Noma'lum yozuvda bitilgan bu tosh xaritada chegara vazifasini o’taydi.Ko’kturk yozuvlari haqidagi birmuncha to’liqroq ma'lumotni asirlikka tushgan shved ofitseri Filipp Iogann Tabbert-Stralenberg (1676-1747) beradi. U 1711 yilda asirlikka tushganidan keyin Sibirning adminstrativ va iqtisodiy markazi bo’lgan Tobolskga yuboriladi. Filipp Iogann Tabbert-Stralenberg u yerda 12 yil yashab, Sibirda yashovchi xalqlar haqidagi juda ko’plab materiallar yig’adi. Shvetsiyaga qaytganidan keyin «Novoe geograficheskoeopisanie Velikoy Tatarii» va «Severnaya i Vostochnaya chast Yevropo`» asarlarini chop ettiradi. Keyingi asarining ilova qismida dulbarchin yozuvidagi bir necha toshlarning chizmasini beradi. Bu asar 1738 yilda ingliz tilida Londonda, 1787 yilda frantsuz tilida Amsterdamda, 1780 yilda ispan tilida chop etilgan, keyinchalik rus tiliga ham tarjima qilingan.Pyotr 1 ning buyrug’i bilan 1720-1727 yillarda Sibir,

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling