62
III BOB. OILAVIY MUNOSABATLARNING O„ZIGA XOSLIGI VA
BOLALARDA “MEN” KONSEPSIYASINING TUZILISHINI EMPIRIK
JIHATDAN O„RGANISH
3.1. Tadqiqot metodikalari.
Tadqiqotlar msaktabgacha ta‟lim muassasalari va umumta‟lim
maktablarining boshlang„ich sinflarida o„tkazildi.
maktabgacha yoshdagi
bolalarning o„zini-o„zi anglashini eksperimental o„rganishga bag„ishlangan
metodikalarni qo„llashning mezonlari to„g„risida so„z yuritilgan. Bunda o„zini-o„zi
va oila a‟zolarini baholash usuli sifatida Dembo-Rubinshteyn tomonidan taklif
etilgan
shkalali usul; maktabgacha yoshdagi bolaning o„zini-o„zi baholashining
shakllanish xususiyatlarini o„rganishga yo„naltirilgan V.G.Shurning “Zinachalar”
proektiv
metodikasi, Ye.I.Zaxarovaning “Ota-onalar munosabati” so„rovnomasi,
ota-ona va bola munosabatlaridagi jinsiy identifikatsiyaning xususiyatini ochish
uchun G.Filippovaning “Men va mening bolam”
proektiv metodikasi,
R.F.Belyauskaytening “Oilaning kinetik rasmi” (OKR) metodikasi hamda bolaning
o„zi to„g„risidagi tasavvurlarini aniqlashga mo„ljallangan “Kel, tanishamiz!” va
“Sen kimsan?” so„rovnomasining muallif tomonidan ishlab chiqilgan variantidan
foydalanish tartibi va mohiyati sharhlab o„tilgan.
Chunki tadqiqotda ushbu
metodikalar ijtimoiy psixologik g„oyani isbotlash uchun qo„llanilgan.
Bobning “Ota-onalar va bolaning o„zini anglash diagnostikasi natijalari” deb
nomlanuvchi
paragrafi
ota-onalarning
o„ziga va farzandiga bo„lgan
munosabatlarini bilish va baholash xususiyatlarini tadqiq etish natijalariga
bag„ishlangan bo„lib, ota-onalarning o„zini-o„zi baholashi
hamda farzandlariga
bergan bahosi 1-jadvalda keltirilgan. Natijalarga ko„ra, ota-onalarning o„ziga-o„zi
va bolalariga munosabati bahosida o„ziga xos ma‟lumotlar olingan.