O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/30
Sana08.03.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1249632
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
prezentatsiyalar tayyorlash dasturlari

Dizayn qolipi. 
Power Point foydalanuvchilarga mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ko’p 
miqdordagi dizayn qoliplarini tavsiya etadi. Format menyusidagi “primenit’ 
shablon dizayna” buyrug’i yordamida taqdimot uchun dizayn qolipini tavsiya 
qilish mumkin. Buyruq chaqirilgach, bir xil nomli muloqot darchasi ochiladi. 
Dizayn qolipida sichqonchani shiqillatsak, oldindan ko’rish darchasida uning 
tasvirini ko’ramiz. U yoki bu qolipni tanlash uchun unda ikki marta sichqonchani 
shiqillatamiz.
Grafik ob’ektlarni rasmini chizish. 
 
Power Point da har qanday murakkab grafik ob’ektlar rasmini o’zimiz 
chizishimiz mumkin. Buning uchun “Risovanie” instrumentlar panelidan 
foydalaniladi. Agar biz slayd yoki belgi ko’rinishida tursak, Risovanie 
instrumentlar paneli ekranda paydo bo’ladi. Rasm chizishning qo’shimcha 
vositalari “Risovanie” asboblar panelida joylashgan bo’lib, uni aks ettirish uchun 
sichqoncha ko’rsatgichini xoxlagan asboblar paneliga to’g’irlab, uning o’ng 
tugmasini bosib kontekst menyusidan Risovanie buyrug’i tanlanadi. Power 
Point dagi asosiy rasm chizish usullarini ko’rib chiqamiz: 
- qandaydir shaklni rasmini chizish uchun asboblar panelidan kerakli tugma 
bosib rasm uchun kerakli asbob tanlab olinadi; 
- har gal bir va o’sha asbobni chaqirmasdan, bir xil bir necha ob’ektlarni chizish 
uchun yoki tayyor ob’ektlar ustida bir xil amallarni bajarish uchun tugmada ikki 
marta shiqillatiladi; 
- hosil qilingan shakl ustida qandaydir amal bajarish uchun, avval unda 
sichqonchani shiqillatib, belgilab olinadi; 


- boshqa ob’ektlar bilan butunlay yoki qisman to’silgan ob’ektni ajratish uchun, 
birinchi galda oldingi planda joylashgan ob’ekt qoraytiriladi, so’ngra “Tab” 
tugmasi kerakli ob’ekt ajratilmaguncha bosib turiladi; 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling