O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti kimyo fakulteti “neft va gaz kimyosi yo’nalishi ”
Download 133.53 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish.
5 jadval.
Sun’iy moylarni neft moylariga qaraganda o’rtacha tannarxi 2-3 marta kamroqdir. Èkspluatatsion xossalari yaxshiligi bilan birgalikda tejamkorliroqdir, chunki dvigatelda ishlash davri katta va ular kamroq xarajat sarflanadi. Neksiya, Tiko va Damas turidagi avtomobillar uchun zavod ko’rsatmasiga muvofiq SG 5W30, SAE 25W30, SAE 10W40, SAE 15W40, SFCC turidagi moytor moylaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Xar qanday moyning asosiy vazifasi belgilangan motoresurs davomida dvigatelning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlash bo’lgani sababli, motor moylari qo’yidagi èkspluatatsion talablarga javob berishi kerak. 1. Dvigatel detallarining eyilishini, ishqalanishni engishga kam quvvat sarflanishini, shuningdek detallarning tozaligini ta’minlashi kerak. 2. Ishqalanuvchi sirtlarini korroziyalanishdan saqlashi. 3. Ishqalanish joylardagi zazorlar va tutashmalardan oson o’tishi, sovuq vaqtda dvigatel qismlarining oson aylanishini ta’minlashi kerak. 4. Quyishga bo’ladigan sarf minimal darajada bo’lishini ta’minlaydigan optimal tarkibga èga bo’lishi kerak. 5. Tashish va uzoq vaqt saqlash davomida èkspluatatsion xossalarini saqlab qolishi kerak. Ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimlarida foydalaniladigan moylar-motor moylari deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi, ishqalanuvchi qismlar sirtida mustahkam moy pardasi hosil qilish hisobiga dvigatel detallarining eyilishini kamaytirishdir. Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish. – Saylovchi yoki selektiv erituvchilar suyuq modda bo’lib ma’lum haroratda aralashmadan faqat ma’lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o’zi erimasdan) ajratib beradi. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadilar va keraksiz komponent cho’kmaga tushadi, yengil ajratib olinadi. Deasfaltlash va deparfinlash ana shunga asoslangan. Boshqa jarayonlarda, buni teskarisi bo’lib, erituvchilar keraksiz komponentlarni eritadi va qimmatbaxo komponentlarni deyarli eritmaydi. Bu jarayonlarda fenol va furfurol selektiv tozalashda ishlatiladi. Tozalangan mahsulot va keraksiz komponentlar har bir jarayonda o’z nomiga ega. Masalan: Deasfaltlashda tozalangan moy frakstiyasi deasfaltizat deyiladi, smolasfaltenlarni konstentrastiyasi asfalt deyiladi. Deparafinlashda olingan moy rafinat, qattiq uglevodorodlarni konstentrati petrolatum deyiladi. Fenol va furfurol bilan tozalanganda moy rafinat va smolali, asfaltenli polistiklik aromatik uglevodorod konstentrati – ekstrakt deyiladi. Download 133.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling