O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti
Oval bilan ham xuddi shunday amal bajariladi
Download 0.66 Mb.
|
Geometrik figuralarni turli belgilari
Oval bilan ham xuddi shunday amal bajariladi.
Bolalar odatda doira bir xil, oval esa uzoqroq,cho‘ziqroq kengayishini ta’kidlab, to‘g‘rixulosa chiqarishadi. Kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashda tarbiyachi bolalarga ketma-ket savollar beradi; o‘xshashlik va farq qilish alomatlarini topishda bolalarga yordam beradi. Bu boradagi suhbat quyidagichao‘tkazilishi mumkin: Tarbiyachi. Bu shakllarnima deb ataladi? Bolalar. Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak. Tarbiyachi. Biz kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslab, ular nimasi bilan o‘xshash va nimasi bilan farq qilishini bilibolamiz. Kvadrat oling va undan barmoq yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (Bolalar kvadratning tomonlari va burchaklarini topishadi va ko‘rsatishadi.) Tarbiyachi. To‘g‘ri to‘rtburchakda nimalar bor? Kvadratda va to‘g‘ri to‘rtburchakda nechtadan tomon va nechtadan burchak bor? (Tomon va burchaklarni sanab chiqish zarurligi aniqlanadi.) Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakda burchaklar soni tengmi? Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchak va tomonlarining soni haqidanima deyish mumkin? Kvadrat tomonlarining kattaligi haqida nima deyish mumkin? Qanday tekshirish mumkin? Hajmli geometrik shakllar bilan tanishtirishda bolalar har xil tekshirish harakatlari sistemalaridan foydalanishadi: kontur bo‘ylab barmoqlarini yuritib chiqadilar, ularning sirtlarini qo‘llari bilan silab chiqadilar, asosni tavsiflaydilar, yonlarni sanaydilar, ularning kattaliklarini taqqoslaydilar, bunda bevosita taqqoslash usulidan foydalanadilar. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan birga shar, silindrni tekshiradi. U bolalardan sharni, silindrni dumalatishni so‘raydi, so‘ngra ularni to‘xtatib, tushuntiradi: sharga tegsangiz, u dumalaydi, shar juda turg‘un emas, silindr esa dumalashi ham, turishi ham mumkin. Тarbiyachi qog‘oz varag‘iga silindrni qo‘yib, qalam aylantirib chiqishni taklif qiladi. Chizilgan doiracha bilan silindr asosi orasidagi bog‘lanish o‘rnatiladi Bolalar silindrning asosi bo‘ylab barmoqlarini yuritib chiqadilar. Ular “uning tagi doira” deyishadi. Har xil mashqlar bolalarning geometrik shakllar haqidagi bilimlarini mustahkamlash va aniqlash imkonini beradi. Masalan, bolalarga plastilindan kub, silindr, shar yasashni, qog‘ozdan kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar va uchburchaklar qirqish, shaklni ikki va to‘rt qismga bo‘lishni, va aksincha, qnsmlardan butun tuzish, bir xil shakllardan boshqa shakllar tuzishni (ikkita kvadratdan to‘g‘ri to‘rtburchak tuzish va b.), cho‘plardan u yoki bu shaklni yasashni taklif qilish mumkin. Chunonchi, tarbiyachi bolalarga cho‘plardan uchburchak (to‘g‘ri to‘rtburchak) tuzish va unga nechta cho‘p ketganini gapirib berishni taklif qiladi va uchta, oltita cho‘pdan qanday shakl tuzish mumkinligini o‘ylab ko‘rishni so‘raydi. B olalar geometrik shakllarning har xil alomatlariga ko‘ra, ya’ni shakli, rangi, kattaligi bo‘yicha guruhlarga ajratadilar, ularni kattaliklariiing kamayib borishi yoki o‘sib borishi tartibida jonlashtiradilar. Bolalarga shakli yoki rangi bo‘yicha o‘xshash figuralarni tanlashda ularga nechta guruh hosil bo‘lishini o‘ylab ko‘rishni taklif qilish, so‘ngra amaliy ishlarni bajarish foydalidir. Muhimi, bolalar u yoki bu topshiriqni bajarib, nima qilganliklari va natijada nima hosil bo‘lganini, ya’ni u yoki bu guruhga qancha va qanday shakllar kirganini gapirib berishlari shart. Bolalarga u yoki bu shaklni tavsifi bo‘yicha topishni yoki “Paypaslab bil” kabi o‘yinlarda shaklni mustaqil tavsiflashni taklif qilish mumkin. Mashg‘ulotlarda va kundalik turmushda didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan, “Har qaysi shaklni o‘z o‘rniga qo‘y” o‘yini geometrik shakllarning bir qator alomatlarga ko‘ra o‘zgarishini, jumladan, proporsiyalar bo‘yicha, kattaliklari bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rsatish imkonini beradi. Bolalarga buyumlarning shaklini shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash asosida aniqlashni o‘rgatishga katta ahamiyat beriladi. O‘yin va mashqlar uchunmayda o‘yinchoqlarva boshqa narsalar tanlanadi. Buyum shaklini baholab, bolalar uning biror geometrik obrazga o‘xshashliklarinigina emas, balki undan farqlarini topishlari ham muhimdir. Tajriba bolalarga bu juda qiyinlik qilishini ko‘rsatmoqda. Buyumlarning o‘zlari bilan bir qatorda bolalar ular tasvirlangan rasmlarni tanlaydilar. Ular oldin geometrikobraz bo‘yicha, keyinroq esa og‘zaki ishlaydilar. T o‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarining kattaliklari haqida nima deyish mumkin? Qanday tekshirish mumkin? Har xil usullardan foydalanish mumkinligi aniqlanadi: shaklni teng ikki buklab, oldin qarama-qarshi tomonlarni, so‘ngra burchaklarni (burchakni burchak bilan) ustma-ust tushurish mumkin, tomonlarni qog‘oz poloska bilan o‘lchash ham mumkin. Oxirida tarbiyachi so‘raydi: “Kvadrat nimasi bilanto‘g‘ri to‘rtburchakdan farq qiladi? Kvadrat nimasibilan to‘g‘ri to‘rtburchakka o‘xshaydi?” Bolalarni doira bilan ovalni, kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashga o‘rgatishda bu shakllar har xil o‘lchamda, rangda, har xil fazoviy joylanishda tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Bolalar qog‘oz, karton, faner, plastilindan tayyorlangan shakllar bilan ishlaydilar. Kundalik hayotda, loy va plastilindan narsalar yasash mashg‘ulotlarida bolalar hajmli geometrik shakllar (shar, kub, silindr) bilan uchrashadilar. Tarbiyachi bolalar bu shakllarni yaxshilab o‘zlashtirishlariga yordam berishi mumkin. Ushbu o‘yinlar o‘tkaziladi: “Xaltachadagi nima?”, “Top va jim tur”, “Xonamizdan sharga o‘xshagan predmetlarni top”, “Kim dumaloq jismlarni ko‘p aytadi?” Bolalar “Geometrik loto”, “Yettitasi qatorasiga” va boshqa stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘ynashadi. Bu o‘yinlar jarayonida tuzilishi bo‘yicha yaqin shakllarni ham (oval—doira), hajmli va yassi shakldagi shakllarni ham (shar—doira, kub—kvadrat) farq qila olish malakalari takomillashtiriladi, shakl bo‘yicha oriyentir olish tezligi hosil qilinadi, atrof-borliqdagi shakllar ko‘p xilliligiga nisbatan bolalarning qiziqishlari rivojlantiriladi. Bolalarni doira bilan ovalni, kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashga o‘rgatishda bu shakllar har xil o‘lchamda, rangda, har xil fazoviy joylanishda tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Bolalar qog‘oz, karton, faner, plastilindan tayyorlangan shakllar bilan ishlaydilar. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling