O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti “sirtqi(maxsus sirtqi)” bo‘limi
Huquqiy tarbiyaning o’ziga xos hususiyati va o’rni
Download 208.37 Kb.
|
Mustaqil ish Topshirdi M. Farhadova Qabul qildi M. Durdiyeva-fayllar.org (1)
Huquqiy tarbiyaning o’ziga xos hususiyati va o’rni
Farzandlar voyaga yetgandan keyin o'z ota-onalariga g'amxo'rlik qilishlari lozim. Maktabgacha ta'lim bo'yicha qabul qilingan qonunlar va me'yoriy hujjatlar bilan ishlash jarayonida biz vasiylik va homiylik kabi iborani uchratamiz. Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimiyatining qarori bilan belgilanadi. Vasiylik - 14 yoshga to'lmagan va sud tomonidan ruhiy kasalligi yoki zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga belgilanadi. Homiylik - 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga hamda kasalligi tufayli mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshira olmaydigan voyaga yetgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan layoqati cheklangan shaxslarga nisbatan belgilanadi. Maktabgacha pedagogika fanini talabalarga o'qitish jarayonida ularda O'zbekiston davlati tomonidan qabul qilingan qonunlarga nisbatan yuksak hurmat tuyg'usini uyg'otish va o'z hayotida ulardan oqilona foydalanish ko'nikmalarini shaklllantirish muhim vazifadir. Davlat va huquqning vujudga kelishi to'g'risida Sharqning alloma-yu fuzalolari, mutafakkiriari o'zlarining tarixiy asarlari orqali turli falsafiy fikr va qarashlarni bildirganlar. IX-X asrlarda yashagan Abu Nasr al-Farobiy O'rta asrlar Sharq mutafakkirlaridan birinchi bo'lib jamiyat va davlat, odilona davlat tuzumi muammolari haqida fikr yuritdi. Bu taTimotda ijtimoiy hayotning ko'p masalalari – davlatni boshqarish, ta'lim, tarbiya, axloq, ma'rifat, diniy e'tiqod, mehnat va boshqa jihatlar qamrab olindi. Farobiy o'zining "Fozil shahar aholisining maslagi" asarida jamiyat ("Inson jamoasi") ning kelib chikishi, insonning yetuklikka erishuvi yo'lidagi zahmati, kishilarning jamoa bo'lib yashashidagi xulq-atvori, axloq-odob me’yorlari haqida fikr yuritib, inson fazilatlarini ikki guruhga bo'Iadi. Birinchisi - fikriy fazilat; Ikkinchisi - xulqiy fazilat. 1. Fikriy - aql, donolik, fahm-farosat, zehnlilikdan iborat. 2. Xulqiy fazilat - iffatlilik, adolatlilik, saxiylik, odoblilikdan iborat deydi. Farobiy yomon fazilatlarni qoralaydi va unga - razillik deb ta’rif beradi. Mutafakkir inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. Uning "Baxt-saodatga erishuv yo'llari" haqidagi asarida davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borish, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo'lga kiritilishini ta'kidlaydi. Farobiy davlatni yetuk shaxs, yaxshi fazilatlarga ega bo'lgan kishilar tomonidan boshqarish lozimligi ta'limotini ilgari surdi. Mutafakkir davlat va shahar birlashmasining o'ziga xos xususiyatlari, davlatni boshqarish shakllari, vazifalari, uslublarini yoritib berib, unda insonlarning farovon hayot kechirishi haqidagi siyosiy-ijtimoiy-huquqiy turmushtarzlarini yoritadi. Farobiyning fozil jamoa va komil insonlar haqidagi ta'limotlari so'nggi olim-mutafakkirlar ijodiga katta ta'sir ko'rsatdi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o'rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning dunyoqarashi Farobiy asarlari ta'sirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy masalalarda Farobiy qarashlarini davom ettirdi, ilg'or falsafiy oqimni yangi tabiiy- ilmiy fikrlar bilan boyitdi va tizimlashtirdi. Uning falsafiy qarashlari: 1. Shaxs haqidagi ilm; 2. Insonning o'zaro munosabatlari haqidagi ilm; 3.Davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilmdir. Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishish mumkin, insonlar o'zaro yordam asosida yashashlari kerakligini ta'kidlaydi. Jamiyat kishilarning o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini uqtiradi. Jamiyat a'zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik, jazolanish, basharti davlat boshlig'i o'zi adolatsizlikga yo'l qo'ysa, xalqning unga qarshi chikishi to'g'ri va bu holatni jamiyat qo'llab-quvvatlashi lozimligini ta'kidlaydi. Uning "Tadbir al-manozil" (Turar joyni boshqarish), “Axloq haqida risola”, “Burch haqida risola", "Adolat haqida kitob", "Donishnoma” asarlarida insonlarning umumiy fazilatlari, ularda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo'lish sabablari to'g'risida fikr yuritib, bu sifatlar odatdan paydo bo'ladi, odatlarning yaxshi yoki yomon bo'Iishida hukumat ahllarining ta'siri katta deydi. Ibn Sino axloqiy fazilatlardan iffat, qanoat, saxiylik, shijoat, sabr, adolatlik, do'stlik, vafodorlik kabilarga o'z ta'rifini beradi. Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvoriga yomon nuqsonlardan aldov, adolatsizlik, bo'xton, o'ch olish, irodasizlik kabi illatlarni bartaraf etishda davlat va jamiyat a'zolari va oilaning ta'siri ustida so'z yuritadi. U bola tarbiyasi haqida fikr bildirib, bola tarbiyasini unga ism berishdan boshlashni lozim deb biladi. Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki oliyjanob vazifalaridan deb bilib, uning tarbiyasi bilan, avvalo, ota-ona shug'ullanishi kerakligini ta’kidlaydi. Ibn Sino o'zining ko'p tarmoqli falsafiy qarashlari va boy merosi bilan mamalakat taraqqiyotida katta rol o'ynadi. Yuksak davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temur ilm-fan, ma'naviyat va davlatni boshqarishga katta e'tibor qaratib, yangi davlat tizimini tuzgan mashhur shaxsdir. Amir Temur davlati o'z davrida Ovro'pa va Osiyodagi eng yirik mustahkam va rivojlangan davlat sifatida tanildi. U davlatni boshqarishga katta e'tibor berib, yangi davlat tizimi bo'yicha Devoni Buzrugdan tashqari har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma tuzib, bu boshqarmalar soliq yig'ish, tartibni saqlash, ijtimoiy binolarga qarab turish va aholining xulqiy-axloqiy harakatlarini ostiga olish bilan shug'ullangan. Uning “Temur tuzuklari" da davlat tuzilishi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi, davlat boshqarishga asos bo'lgan qoidalar haqida fikr yuritadi. U davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari asosida boshqargan. O'z davlatining martabasini qonun-qoidalar asosida boshqarganligi, davlat ishlariga noqonuniy hech bir kimsani aralasha olmasligi, bu ishga qurbi yetmaganligini ta’kidlab, jamiyat ishlaridagi odamlarning 12 toifaga bo'linishi, saltanatni boshqarishda 12 qoidaga amal qilganligi, saltanat 4 qat'iy qoidaga asoslanishi kabi masalalaryoritiladi. Amir Temur saltanatni boshqarishda to'rt narsaga amal qilgan. Ya'ni: 1. Kengash; 2. Mashvarat-u maslahat; 3. Qat'iy qaror, tadbirkorlik, xushyorlik; 4. Ehtiyotkorlik. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, Amir Temur davlat, jamiyat hayotida bo'lib o'tadigan har bir muhim rejani kengash oldidan o'tkazar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari, sarkardalar, temurzodalar, balki sayyidlar, shayxlar, ilm-fan ahlini ham taklif etgan. Temuriylar davri madaniyati ma'naviyatini tez va yuksak darajaga ko'tarilishiga olib keldiki, uning yutuqlari so'nggi uzoq asrlar davomida madaniy huquqiy rivojlanish uchun ozuqa bo'ladi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan falsafiy, madaniy-ma'rifiy ta'limotlar, ya'ni: - Axloq-odob, muomalani inson tarbiyasining asosiy maqsadlaridan deb bilib, uning adolat, yuksalish, ma'naviyatga intilishiga yo'l ochish, imkoniyat yaratish zarur; - Komil inson faqat rivojlangan davlatchilikda shakllanadi. Bunda davlatchilik esa aql va ilmga o'zaro kelishuv, birgalikda ega bo'lish natijasida amalga oshiriladi. - Mustahkam davlatchilik fozil jamoani vujudga keltira oladi, bu davlat, jamoaga rahbarlik, hokimlik qilayotgan shaxsning ma'rifatli, ilmli, axloqli bo'lishi jamoani kelishib boshqara olishga bog'liqdir - degan falsafiy qarashlari huquqiy tarbiyaning negizi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan yaqindan tanishtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dastlab, Konstitutsiya o'zi nima, nima uchun u Respublikamizning bosh qomusi hisoblanadi, uning mazmuni, mohiyati, inson va fuqarolarning asosiy holati to'g'risida tushuncha berilishi lozim. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidayuqorida ko'rsatib o'tilgan masalalar o'z ifodasini topgan. Hamma huquqiy me'yorlar undan kelib chiqadi va unga bo'ysunadi. "Konstitutsiya" so'zi lotin tilida "Constitutio" - so'zidan kelib chiqib, "tuzish", "o'rnatish", "belgilash” degan ma'nolarni anglatadi. Dastlab, qadimgi Rimda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qonun asosida belgilangan bo'lib, u o'zining uzoq tarixiga ega. Jahonda birinchi Konstitutsiya 1787-yilda AQShda, 1831-yilda Belgiyada, 1874-yilda Shvetsariyada qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganligining dastlabkiyillarida o'zining Konstitutsiyasi qabul qilinishi o'zbek davlatchiligining rivojlanishiga asos bo'ldi. Mustaqillikdan avval O'zbekiston garchand suveren davlat deb atalgani bilan barcha masalalarni mustaqil hal eta olmagan. Konstitutsiyaning yaratilishi 1990-yilning iyun oyidan boshlangan bo'lib, bunda Respublikamiz olimlari, oliy kengash deputatlari, butun o'zbek xalqi ishtirok etdi va xalq muhokamasidan o'tib 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami deb e'lon qilindi. Qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil respublikamizning birinchi Asosiy Qonuni hisoblanadi. Download 208.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling