O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti “sirtqi(maxsus sirtqi)” bo‘limi


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida huquqiy tarbiyaning mazmuni. Bolalar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi Konventsiya


Download 208.37 Kb.
bet6/26
Sana27.10.2023
Hajmi208.37 Kb.
#1727794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Mustaqil ish Topshirdi M. Farhadova Qabul qildi M. Durdiyeva-fayllar.org (1)

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida huquqiy tarbiyaning mazmuni. Bolalar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi Konventsiya.
Bosh qomusimizda jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lgan "Oilaga" maxsus bob ajratilgan bo'lib, unda davlatimiz tomonidan oilaga, farzandlarga ko'rsatilayotgan yordam, yetim bolalar va vasiylikka olingan bolalarga ularni boqish, tarbiyalash, o'qitish jarayonlaridagi ota-ona va farzandlarning huquq va burchlari, voyaga yetgan va mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilish majburiyatlari haqida tushuncha beriladi. Ya'ni, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o'z ota-onasini bilish, ularning g'amxo'rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga egadir. Ota-ona o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shartligi, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota- oriasi zimmasiga yuklatiladi. Bu modda bilan tanishtirishda bevosita "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" va "Oila Kodeksi" dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat boshlig'i hisoblanadi va ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyatga va nafaqat uning markaziy bo'g'iniga, balki respublikaning barcha ijro etuvchi tizimiga rahbarlik qiladi. Davlat boshlig'i sifatida u hokimiyatning barcha tarmoqlariga boshchilik qilib, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Prezidentimiz davlatimiz tinchligi, obro'si, shon-shavkatini butun jahonga tanitishdek ulkan mas'uliyatni amalga oshirayotgan, xalqimiz turmush farovonligi, ulg'ayayotgan yosh avlod kelajagini ta’minlashdek ulkan vazifalarni amalga oshirayotganligi to'g'risida to'liq ma'lumotlar berilishi lozim.
Bizning davlatimiz o'z farzandlarini mas'uliyatni his etadigan munosib fuqarolar bo'lib o'sishlari va ularni jamiyat taraqqiyotiga o'z ulushlarini qo'shishlariga kata umid bog'lagan. O'zini shaxs sifatida to'liq anglash, odob- axloq me'yorlariga rioya qilish, o'z haq-huquqlarini bilish va xatti-harakatlarini to'g'ri baholay olish, o'zini va kattalar, tengdoshlarini hurmat qilish, o'z qadr-qimmatini bilish, o'z madaniy an'analari va milliy qadriyatlariga nisbatan g'urur, hurmat, qiziqish tuyg'ularini tarbiyalash vazifalari aynan maktabgacha yoshdan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat barpo etishda yoshlarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimi, madaniyati va ongi shakllantirib boriladi. Ma'lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar yoshlarni jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishini istaydi. Bolalar ulg'ayib borish jarayonida jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo'lib borishlari, hamda hayotning muhim yechimlari mas'uliyatini his qilgan holda ularni o'z zimmalariga olishga tayyor bo'lishlari lozim. "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ni o'rganish - aynan mana shu masalani hal etishdagi eng muhim va to'g'ri qadam hisoblanadi. "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" - bu butun jahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bitimidir. Konvensiya - bolalar rivojlanishinmg turli davrlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi. Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1.Yashay olish huquqi - bunda bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini o'zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli hayotiy me'yorlardir.
2. Rivojlanish huquqi - bolalarning o'z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarur. Ya'ni bilim olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdon erkinligi qonunlaridir.
3. Bolalar zo'ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan bo’lishlari shart. Bu borada qochoq bolalar masalasidagi muammolarga;
adliya tizimidagi zo'ravonliklar va qiynoqlarga;
bolalarni qurolli nizolarga jalb etish; bolalar mehnati; balog'atyoshigayetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish;
o'smirlarning giyohvand moddalarini iste'mol qilishi muammolariga alohida e'tibor qaratish.
4. Ishtirok etish huquqi: Bolani mamlakat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga da'vat etadi. Bunda bolalarning hayotiga taalluqli muammolar bo'yicha jahonshumul anju- manlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqi va o'z fikr- mulohazalarini ifoda etishdagi huquqlarini ta'minlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1948-yilda "Inson huquqlari haqidagi umummilliydeklaratsiya" ni qabul qildi. Bunda bolalar huquqlari ham o'z aksini topadi va ko'p o'tmay bu huquqlar xalqaro shartnomada qayd etilishi lozimligi belgilanadi. 1959-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Bola huquqlari Deklaratsiyasi" qabul qilinadi. Bu hujjatning yuzaga kelish tarixi uzoq yillarni o'z ichiga oladi.
"Bola huquqlari Deklaratsiyasi1' bo'yicha asosiy sanalar: 1923-yil - Birinchi “Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi. 1924 yil - "Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi" Millatlar ittifoqi tomonidan qabul qilindi. 1948-yil - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi "Inson huquqlari haqidagi umummilliy dekla- ratsiya"ni qabul qildi. 1959-yil - Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikkinchi "Bola huquqlari Deklaratsiya" sini qabul qildi. 1978-yiI - Polsha hukumati "Bola huquqlari haqida Konvensiya”ning yangi loyihasini ishlab chiqadi va uni BMTning inson huquqlari bo'yicha hay'atga o'rganib chiqish uchun tavsiya etadi. 1979-yil - Xalqaro bolalar yilida "Bola huquqlari haqida Konvensiya" matnini ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirilgan ishchi guruh tuzildi. 10 yil davomida bu guruh izchillik bilan mulohaza va muzokaralar ustida ish olib bordi. 1989-yil 20-noyabrda - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan "Bola huquqlari haqida Konvensiya" qabul qilindi. 1990-yil 2-sentabrda - Konvensiya xalqaro qonun sifatida kuchga kirdi. Deklaratsiya ruhini saqlab qolgan ushbu "Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" oxirgi 30-yillar ichida kelib chiqqan zamonaviy muammolarni:
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Giyohvand moddalardan saqlanish;
- Turli xildagi bolalar zo'ravonligining oldini olish kabi muammolarni o'zidaifoda etadi.
O'zbekiston Respublikasi 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'ldi va “Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" bo'yicha xalqaro shartnoma tuzdi. Maktabgacha ta'lim tizimida Konvensiya haqida tushuncha va bilim berish dastlabki jiddiy qadam hisoblanib, u bolalarga nafaqat odob-axloq me'yorlariga rioya qilish kafolatini beribgina qolmay, balki uni qonunga mos ravishda harakat qilishga undaydi. Ta'lim-tarbiyaviy jarayonda “Konvensiya" dan foydalanishda tarbiyachi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Bola huquqlarini o'rganish - bunda muammo bo'yicha axborot materiallarni tanlash, ularni o'rganish, tahlil qilish;
2.To'plangan materiallarga e'tibor qaratish - istiqbolli yo'nalishlar bilan tanishish, huquqiy muammolarni insonlar tomonidan qabul qilinish hissini shakllantirish, xayrixohlik hissini tarbiyalash, mashg'ulotlarga qiziqishini rivojiantirish.
3. Bolalar muayyan hayotda ro'y berayotgan jarayonlarda ishtirok etishlari orqali kichik muammolardan global muammolar kelib chikishini, ular ham dunyoda adolat va konstruktiv o'zgarishlar bo'lishi uchun qilinayotgan harakatlarda ishtirok etayotganlarini his qilishlari shakllantiriladi. Bu jarayonlarda bolalar inson huquqlari bu - ulardan uzoqdagi qandaydir kishilarning huquqlari. bo'lgan mavhum tushuncha emas, balki o'zlari yashab turgan muayyan muhitga tegishli ekanligini tushunadilar.


Download 208.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling