Bijuteriya – zargarlik mollari savdosi.
Birja – qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta, tovar, ish kuchi va xom ashyo sotiladigan va harid
qilinadigan muassasa.
Boj tо‘lovi – chegaradan chiqayotgan yoki kelayotgan mollarga qо‘yilishi mumkin bо‘lgan
tо‘lov. Uning miqdori davlat siyosatiga bog‘liq. Boj miqdori mahsus boj tariflarida
ifodalanadi.
Bozor segmenti – bozorning ma’lum qismini tashkil etadi va bozordagi iste’mol maqsadi bir
bо‘lgan xaridorlarning xattiharakatini tavsiflaydi. Xaridorning daromadi, turar joyi, oilaviy,
milliy urfodatlari, jinsi, yoshi va boshqa xususiyatlariga qarab bozor segmentlashtiriladi.
Bozor sig‘imi – ma’lum bozorda ma’lum muddatda tо‘lovga qodir mol taklifi va chakana narx
darajasi hisobga olingan holda sotilishi mumkin bо‘lgan mol miqdori. Bozor sig‘imini
aniqlashda biror tovarga mо‘ljallangan aholining harid quvvati, korhonalarning aynan shu
molni sotib olish ehtiyoji hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |