Tashqi savdo balansi – ma’lum davr (oy, chorak, yil) davomida mamlakatga keltiriladigan va
undan chiqariladigan tovarlar qiymati о‘rtasidagi nisbat.
Tender – birjada savdo о‘tkazishda tushadigan taklif. Taklif berish tartibi savdoni
о‘tkazadigan tashkilotchilar tomonidan belgilanadi.
Tо‘lov valyutasi – tomonlarning kelishuvi bilan tovarlarning tashqi savdo aloqalarida haqini
tо‘lashda yoki halqaro kreditni qaytarishda ishlatiladigan valyuta.
Tо‘lovga qodirlik – yuridik yoki jismoniy shaxsning moliyaviy majburiyatlarini о‘z vaqtida
bajara olish imkoniyati.
Tо‘lov topshirig‘i – korhona, firma, tashkilotning unga xizmat qiladigan о‘z schetidan
MABLAG’‘ о‘tkazish zarurligi haqidagi topshirig‘i.
Faktoring – moliya tijorat xizmatining turi bо‘lib, bunda bank yoki boshqa moliya
tashkilotlari xarid qiluvchi korhona qarzlarini, majburiyatlarni о‘ziga oladi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |