Fermer xо‘jaligi – bu о‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan
holda qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi fermer xо‘jaligi
a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xо‘jalik
yurituvchi subyekt.
Firma – ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish, tijorat yoki tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan,
yuridik shaxs hisoblangan korhona.
Fondlarning aylanishi – bu moddiy ashyoviy omillar qiymatining ishlab chiqarish va
muomala sohalari orqali harakat jarayonidir.
Xolding kompaniya – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyati.
Xususiy kapital – tadbirkorning eng muhim va hal yetuvchi ahamiyatga ega bо‘lgan
sarmoyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |