О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus
Biznes - reja nima uchun zarur?
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
kichik biznes va tadbirkorlik fanidan biznes reja tuzish boyicha
1.2. Biznes - reja nima uchun zarur?
• - yangi biznesni boshlash uchun; • - o’z biznesingizni kengaytirish uchun; • - uni boshqa shaxsga o’tkazish yoki sotish uchun; • - ssuda olish uchun. Ko’pincha ohirgi sababni muhim deb biladilar. Aslida bunday emas. Biznesingiz bilan bog’liq bo’lgan eng muhim narsa, ayniqsa kimningdir pulini olish xoxishi bo’lganda, bu menedjment. Qisqasi-bu Sizsiz. Ko’pgina tadbirkorlarni Biznes- rejani tuzish yo’lidagi dastlabki xarakatlari»ga faqat birinchi sabab etklab boradi. Biznes - reja turli xil biznesmenlar, tadbirkorlar, korhonalar, firmalar va boshqalar yoki turli xil mulk shaklida bo’lib turli xil xizmatlarni bajarish, har xil sifatdagi, xajmdagi, turlicha vaqtda maxsus ishlab chiqarishga xoxishi bo’lgan xodimlar nuqtai nazaridan qaraladi. Biznes olamidagi tug’ilgan yangi fikrlarni, yangi xoxishni o’z vaqtidasaqlab qolib uni haqiqatga aylantirish foydadan xoli bo’lmaydi. Biznes sohasidagi yangi fikrlar miyaga har qanday sharoitda va xolatda keladi. Masalan, nonushta vaqtida yoki samalayotda uchayotganingizda , ta’tilda plyajda cho’milish vaqtida yoki muvaffaqiyatsizlikka uchraganda va hokazo. Shundan so’ng, munozaralar, izlanishlar, o’z-o’zini tahlil qilish va boshqalardan so’rab-surishtirishlar jarayonida bu fikr kurtak otadi. Mevani o’zini, shaklini yaratish xaddan tashqari faol ishlashni talab etadi. Bola tug’ilishidan farq qilgan holda yangi biznesni tug’ilishi baxtga qarshi ma’lum muddat oralig’ida sodir bo’lmaydi. Ko’pincha asoslanmagan yangi biznes
9
unib chiqkuncha nobud bo’lib ketadi. Amaliyotda yashab qolgan bizneslar miqdori 20% -ni tashkil etadi. Yangi biznesni xayotini ta’minlashni salmog’ini oshirish o’z qo’lingizda -faqat biznes-rejani to’g’ri tayyorlash lozim. Biznes-reja eng boshidan qattiq va ishonchli poydevorga o’rnatilishi zarur. Agar Siz shunday rejasiz «ish» boshlasangiz o’zingiz mo’ljallagan narsaga erishaolmay qolishingiz mumkin. Dunyo amaliyoti shuni ko’rsatadiki biznes-reja xamma uchun zarur: o’z loyihangizni amalga oshirish uchun kimdandir pul olmoqchi bo’lsangiz – bankirlar uchun, investorlar va o’zlarining kelajaklarini va vazifalarini aniq bilmoqchi bo’lgan xodimlaringiz uchun, eng muhimi - Sizning o’zingiz uchun. Sizning biznes rejangiz qog’ozda Sizning biznesingizning o’tgan davrdagi va avvalgi xolatini, hozirgi va kelajakdagi xolatini qiqacha aks etiradi. Endi boshlanayotgan biznesni rejalashtirishda rejaning eng asosiy maqsadi - biznesni sinchiklab rejalashtirish, uni moliyaviy va tashkiliy ta’minlash. Biznes reja - bu Sizning o’yiningizning rejasi. U Sizning faoliyatingizni aniq maqsadi, yo’nalishi va asosiy bosqichlarini belgilab beradi. Biznes ishlari boshlangandan keyin olingan natijalarni reja bilan solishtirib boriladi, muammolar bo’lsa yuzaga chiqariladi, rejaga tuzatishlar kiritib boriladi, shu bilan biznesni to’g’ri yo’nalishga solinadi. Aks holda uni boshqarish qiyinlashib ketadi. Biznes reja ana shuning uchun ham zarur bo’ladi. Demak, biznes- reja hozirgi va kelajakdagi yutuqlarni, o’sishni aks etdiradigan biznesni ma’lum muddatga yozilishidir. • Biznes rejaning tarkibiy qismlari. • Biznes reja qanday qismlardan tashkil topadi? Bu savolga standart, bir xil javob topish qiyin. Biznes-rejaning qismlarini soni va nomi turlicha atalsada o’z mohiyati bo’yicha yaqin keladi. Biznes - rejada quyidagi ma’lumotlar beriladi: Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling