1.1. Biznes rejani tuzishning ob’ektiv zaruriyati va ahamiyati.
Gustav Berl biznes rejaga quyidagicha tushuncha beradi: «Muvaffaqiyatni
ta’minlaydigan biznesni rejalashtirish va amalga oshirish uchun ba’ribir biznes-
reja zarur bo’ladi. Keyingi yillarda biznesmenlar o’rtasidda biznes- reja
to’g’risidagi gaplar xuddi bir yangilik ixtiro qilingandek ko’payib ketdi. Bu o’zi
nima? Bu o’zingizni biznesingizni yashashini asoslashdir, bu biznesingizni gullab-
yashnab ketishi uchun tanlanadigan yo’l xaritasi, o’z korhonangizni qurilishi uchun
zarur bo’lgan asosiy xujjat va shuningdek bankdan kredit olish uchun imkoniyat
yaratadigan kalitdir. Hayotbaxsh, to’liq, ishonarli biznes-rejasiz Siz ishga ishqiboz
sifatida, tusmollab va xatolarga yo’l qo’yib kirishasiz. Biznes- rejaga ega
bo’lsangiz Siz professional bo’lib ketasiz. Ya’ni o’z ishingizni ustasi bo’lasiz.
Biznes-reja Sizni boylikka etaklab boradi. Boylik Siz inkor qilmoqchi bo’lgan
muammolarni xal etadi. Lekin muammolarni yuzaga chiqarish, xal etish - bu xal
qilib bo’lmaydigan ish emas, bu- faqat qo’shimcha izlanishlar olib borish uchun,
yangi bilimlar olish va yanada sinchikovlik bilan ishlash, to’la tashabbus va
Sizning intellektingiz, masalani oxirigacha xal etmaguncha davom etadigan
ishlarga shamadir. Biznes-reja Sizda tug’ilayotgan biznesning yuragidir».
Do'stlaringiz bilan baham: |