Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus


-rasm. Kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning xillari


Download 1.23 Mb.
bet3/7
Sana28.03.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1301877
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ABDUMURODOVA OZODA Mustaqil ish

1-rasm. Kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning xillari.
Ichki shinalar protsessor tarkibiga kirgan - boshqarish qurilmasi, arifmetik mantiqiy qurilma va registrlar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatib berish uchun xizmat qiladi. Tashqi shina yordamida esa - protsessor, tezkor xotira va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari bilan bog‘lanishni amalga oshiriladi.
2-rasmda protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira bilan kanday bog‘langanligi qo‘rsatilgan. Ushbu rasm asosida protsessor tarkibiga kirgan qurilmalarning bajaradigan vazifalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz
2-rasm. Protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira bilan qanday bog‘langanligi.
Boshqarish qurilmasi - buyruqlarni xotiradan chaqirish va ularni qanday buyruqlar ekanligini aniqlash vazifalarini bajaradi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma esa arifmetik - qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish va mantiqiy - mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish, inkor kabi amallarni bajaradi.
Har qanday protsessor - Intel 8080 (K580), Intel 8088, Pentium 4, UltraSPARS III, 8051, …, Intel Core i7 lar ham o‘zining ichki holatini aks ettiruvchi muhim axborotlar to‘plamlariga ega bo‘ladi. Har bir protsessor tarkibida ushbu axborotlar to‘plamlarini saqlash va ishlash, hamda ma’lum bir vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan registralar to‘plamlariga ega bo‘ladi.
Protsessor ichida joylashgan registrlar to‘plamlari - uning ichki xotirasi deb ataladi. Ichki xotira - dasturlarni bajarilishi davomida hosil bo‘ladigan oraliq natijalarni va boshqarish buyruqlarini vaqtincha saqlash vazifalarini bajaradi. Bu xotira har biri ma’lum bir vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan, bir-nechta registrlar to‘plamlaridan iboratdir. Odatda ushbu registrlarning uzunliklari bir xil - 8, 16 yoki 32 razryadga ega bo‘ladi. Registrlar protsessorning ichida joylashganligi sababli, ularga ma’lumotlarni yozish (o‘qish) juda tez amalga oshiriladi.
Muhim registrlardan yana biri, bu buyruqlar registri (Instruction Register - IR) hisoblanadi. Unda tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq yozilgan bo‘ladi. Ko‘pgina kompyuterlarning protsessorlari, tarkibida turli xil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan turli xil registrlar to‘plamlariga ega bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni va umuman kompyuterlar arxitekturasiga oid bo‘lgan boshqa muhim tushunchalarni, Intel protsessorlari oilasiga mansub, dastlabki protsessorlardan biri bo‘lgan Intel 8080 protsessorining analogi hisoblangan - K580VM80 protsessori misolida batafsil kurib chiqamiz. Ushbu protsessor asosida qurilgan kompyuter ham, hozirgi kompyuterlar singari uchta shinaga ega bo‘lgan:
1.Ma’lumotlar shinasi (MSh);
2.Adres shinasi (ASh);
3.Boshqarish shinasi (BSh).
K580BM80 protsessorining so‘z uzunligi 8 razryadga, murojaat qila olishi mumkin bo‘lgan tezkor xotira qurilmasining h÷ajmi 64 Kbaytga va taktli chastotasining qiymati esa 2 MGs-ga tengdir. Ushbu protsessorning chizmalarda ifodalanishi 3-rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega bo‘lib, uning chiqish oyoqchalarining soni 40-taga tengdir. Protsessorning 3÷10 raqamli chiqish oyoqchalari - ma’lumotlar shinasiga, 1; 25÷40 raqamli oyoqchalari - adres shinasiga va 12÷19; 21÷24 raqamli oyoqchalari esa - boshqarish shinasiga tegishlidir.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling