Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus


Download 1.23 Mb.
bet1/7
Sana28.03.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1301877
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ABDUMURODOVA OZODA Mustaqil ish


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS
TAʼLIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Amaliy matematika kafedrasi


Axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nalishi

Mustaqil ishi


Kompyuter arxitekturasi fanidan “Xotiraning ierarxik strukturasi. Magnitli disklar – vinchesterlar. IDE va SCSI disklar. RAID massivlari”
mavzusida tayyorlagan
Guruh: 121-20
Tayyorladi: Abdumurodova Ozoda
Tekshirdi: Babakulov Bekzod
JIZZAX-2022
Reja:
1.Kompyuter protsessorlarining tuzilishi
2. 8 razryadli kompyuter protsessorlarining tuzilishi va ishlash prinspi
3.16 razryadli kompyuter protsessorlarining tuzilishi va ishlash prinspi
4.32 razryadli kompyuter protsessorlarining tuzilishi va ishlash prinspi

Kompyuter protsessorlarining tuzilishi
Kompyuter arxitekturasini o‘rganishda, kompyuter protsessorining tuzilishi va uni qanday ishlashini tushunish muhim ahamiyatga ega jihatlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ushbu bobni kompyuter protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini batafsilroq ko‘rib chiqishga bag‘ishladik. Ko‘rib chiqish uchun esa Intel protsessorlari oilasiga mansub, so‘z uzunliklari 8, 16 va 32-razryadga teng bo‘lgan, quyidagi protsessorlarni tanlab oldik:
1. Intel 8080 (K580VM80) – 8-razryadli protsessor;
2. Intel 8088 – 16-razryadli protsessor;
3. Pentium 4 – 32 razryadli protsessor.
Zamonaviy kompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini o‘rganish anchagina murakkab jarayon ekanligi hisobga olgan holda, ushbu mavzuga oid asosiy tushunchalar va jihatlarni avval, 8-razryadli protsessor va u asosida qurilgan kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini batafsil qo‘rib chiqish bilan boshlaymiz. Tushuntirishlar jarayonida, yuqorida sanab o‘tilgan protsessorlarni o‘zaro taqqoslashlar asosida, ularning tuzilishlariga va ishlash tamoillariga qanday o‘zgartirishlar kiritib borilganligi, hamda bu o‘zgartirishlar natijasida nimalarga erishilganligi haqida ham ma’lumotlar keltirib boriladi.
Hozirda kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini, ya’ni kompyuter arxitekturasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan bir nechta o‘quv elektron stendlari ishlab chiqilgan, bunday stendlarga misol qilib - UMPK-80, 8088 trasseri va Pep8 kabi elektron stendlari keltirish mumkin. Bu o‘quv stendlari yordamida mos holda – 8, 16 va 32-razryadli protsessorlarning va ular asosida qurilgan kompyuterlarning tuzilishlari va qanday ishlashlarini o‘rganish imkoniyatlari mavjud.
Ko‘pchilik o‘ylaganidek kompyuter arxitekturasi fanini o‘rganishni, hozirda ishlab chiqarilayotgan eng zamonaviy kompyuterlarning tuzilishlari va ularning qanday ishlashlarini o‘rganish bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Negaki ushbu kompyuterlar ham, ularning protsessorlari ham anchagina murakkab tuzilishlarga egadirlar. Shuning uchun zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishda avval 8 va 16-razryadli kompyuterlarning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasini o‘rganishda, ushbu o‘quv qo‘llanmada nima uchun aynan Intel 8080, Intel 8088 va Pentium 4 protsessorlari asosida ishlab chiqilgan kompyuterlar tanlab olinganligini 1-jadvalda Intel protsessorlari oilasiga mansub protsessorlar va ularning ko‘rsatgichlari asosida ham izohlab o‘tamiz.
Masalan: Intel Core i7 protsessorining ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lgan, unda ishlatilgan tranzistorlarning soni, 1 160 000 000-ta ekanligi, ushbu protsessorning qanchalik murakkab tuzilishga ega ekanligini anglatadi. Uning va hatto undan avval ishlab chiqarilgan 32-razryadli protsessorlarning ham qanchalik murakkab tuzilishlarga ega ekanliklarini 1-jadvalda keltirilgan, ularni tavsiflovchi izohlardan ham tushinib olish mumkin.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan protsessorlarga tegishli bo‘lgan – konveyer, giperoqimli, qo‘shimcha SSE buyruqlar, ko‘p yadroli va integratsiyalangan grafik protsessor kabi iboralarining mohiyatini tushunish uchun, avval ularning dastlabki modellari bo‘lgan protsessorlar qanday tuzilgan va qanday qilib takomillashtirilib borilganligini qisqacha tushuntirishlar asosida bo‘lsa ham, tushunib olish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblaymiz [1,24,30,31].
O‘quv qo‘llanmada dastlab o‘rganish uchun tanlab olingan birinchi protsessor - Intel 8080 protsessori ko‘p maqsadlar uchun mo‘ljallangan birinchi protsessor hisoblanadi, uning tarkibida bor yo‘g‘i 6000-ta tranzistor ishlatilgan.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling