Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus
-jadval. Intel protsessorlarining oilasi
Download 1.23 Mb.
|
ABDUMURODOVA OZODA Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sakkiz razryadli kompyuter protsessorlarining tuzilishi va ishlash prinspi
1-jadval. Intel protsessorlarining oilasi
Tanlab olingan protsessorlarning ikkinchisi - Intel 8088 protsessori asosida esa, hozirda keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlarning dastlabkisi hisoblangan va MS DOS operatsion tizimi asosida ishlagan IBM PC shaxsiy kompyuteri ishlab chiqilgan edi. Ushbu protsessorning tarkibida 29 000-ta tranzistor mavjud bo‘lgan. Intel 8088 protsessori uchun ishlab chiqilgan dasturlar, Intel Core i7 protsessorida ham ishlashi mumkin, ya’ni ularning ichki tuzilishlari bir biriga o‘xshashdir. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bu - Intel Core i7 protsessori na faqat 32- razryadli, balki 16 va 8-razryadli ma’lumotlar ustida ham amallarni bajara oladi degani bo‘ladi (rus tilida bu – совместимость deb ataladi). Tanlab olingan protsessorlarning uchinchisi bo‘lgan - Pentium 4 protsessori 32-razryadli protsessorlarning anchagina takomillashgan xilidir. Pentium 4 protsessori undan keyin ishlab chiqarilgan protsessorlarga nisbatan soddaroq bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi 32 va 64-razryadli protsessorlarning ko‘pgina xususiyatlarini o‘zida mujassamlagan protsessor hisoblanadi. Ushbu protsessor tarkibida 42 000 000-ta tranzistor ishlatilgan. Sakkiz razryadli kompyuter protsessorlarining tuzilishi va ishlash prinspi Kompyuter protsessorining, va umuman kompyuterning tuzilishi va qanday ishlashini o‘rganish jarayonida – protsessor, xotira va ma’lumotlarni kiritishchiqarish qurilmalari degan tushunchalar muhim tushunchalar hisoblanadi. Kompyuter protsessorida markaziy protsessor, tezkor xotira, diskli xotira va printer, hamda ularni shinalar orqali qanday bog‘langanligi ko‘rsatilgan. Keltirilgan chizmada markaziy protsessor qanday qismlardan iborat ekanligi ham, alohida ko‘rsatib o‘tilgan, bular – boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy qurilma va registrlar to‘plamlaridir. Kompyuter markaziy protsessorining vazifasi - asosiy, ya’ni tezkor xotirada yozilgan dasturlarni bajarish hisoblanadi. Markaziy protsessorning bu vazifani amalga oshirish jarayonini qisqacha qilib quyidagicha ifodalash mumkin: markaziy protsessor xotirada yozilgan buyruqlarni chaqirib oladi, buyruqlarni qanday buyruqlar ekanligini aniqlaydi va ularni ma’lum bir ketma-ketlikda bajarilishini ta’minlaydi. 1-rasmda kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning qanday xillari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi chizma keltirilgan. Unda protsessorning ichida joylashgan shinalar - ichki shinalar, protsessordan tashqarida joylashgan, uni kompyuterning boshqa qurilmalari bilan bog‘lovchi - tashqi shinasi, xotira shinasi va kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni amalga oshiruvchi shinalar keltirilgan. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling