O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus xalq ta’lim vazirligi


Download 175.17 Kb.
bet4/5
Sana05.10.2023
Hajmi175.17 Kb.
#1692621
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdusamatova Fotima

Siyosiy tizim funksiyalari.
Siyosiy tizim tushunchasining paydo bulishi politologiya fani rivojlanishi mantiiqi 6ilan bog‘lik. Politologiya fani, xususan undagi bixevioristik yondashuv natijasida siyosiy faoliyatning alohida ko‘rinishlari, alohida siyosiy institutlar va tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida katta hajmda empirik ma’lumotlar to‘plandi. Bu ma’lumotlar siyosatning shakli va mazmuniga doir yetarli tasavvurlarni shakllantirgani holda jamiyatdagi siyosiy o‘zgarishlar, xarakatlar, jarayon haqida keng ko‘lamda fikr yuritishga hali imkom bermas edi. Siyosatni, uni tashkil etgan tarkibiy qismlar o‘zaro aloqadorligi, jarayon sifatida o‘rganish ham amaliy, ham nazariy dolzarb masala bo‘lib qoldi.
Amerikalik sotsiolog olim T.Parsons (1902-1979) o‘zi yaratgan ijtimoiy tizim nazariyasida uning qarashlariga nemis idealizmi M. Veber orqali kuchli ta’sir ko‘rsaganini va u yana o‘ziga zamondosh olimlar Xenderson, Pareto, Shumpeter, Emersonlar yaratgan nazariyalardan foydalanganini ta’kidlab o‘tadi. Uning ta’kidlashicha, Pareto tizim modelini mexanikadan olgan va bu modelni iqtisod va sotsiologiyaga nisbatan qo‘llashga xarakat qilgan. Shu tarzda "ijtimoiy tizim" tushunchasi vujudga keldi. Xenderson, o‘z navbatida, fizik va ximik tizimlar tushunchasini oydinlashtirib berib, "jonli tizimlar" ning o‘ziga xosligi haqida fikr yuritish imkonini berdi. Nihoyat, Emerson organik dunyodagi jonli tizimlar bilan insoniyatning ijtimoiy — madaniy tizimlari o‘rtasida fundamental bog‘liqlik va uzviylik g‘oyasini ilgari suradi. Shu tariqa, Parsons tashqi muhit bilan uzviy aloqadorlikda 6o‘lgan va unga doimo moslashi6 boruvchi ijtimoiy tizim nazariyasini yaratdi.
T.Parsons zamonaviy g‘arb jamiyatini to‘liq obyekti sifatida tanlaydi. Unga ko‘ra, zamonaviy jamiyatni murakkab, ichki bo‘lingan tizim sifatida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Uning tuzilishini to‘rt o‘zgarmas ko‘rsatkich: qadriyatlar (madaniy soha), me’yorlar (ijtimoiy soha), jamoalar (siyosiy soha) va rollar (iqtisodiy soha) asosida tahlil qilish taklif etiladi. Jamiyat yuqoridagi ko‘rsatkichlar amal qiluvchi to‘rt kichik tizimga bo‘linadi. Ular bir kichik tizim o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi, ular ayni vaqtda boshqa kichik tizimlar bilan doimiy va chuqur aloqadorlikda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, hamma kichik tizimlar birligi yaxlit faoliyat tizimini (jamiyatni) tashkil etadi. Natijada jamiyat taraqqiyotini tashqi muhitga uzluksiz moslashishi va nazorat jarayoni tarzida o‘rganish imkoniyati tug‘iladi.
Jamiyatni mustaqil, o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlar birligi sifatida o‘rganish modeli muayyan jamiyatning muammolari, jarayonlari, istiqbollari haqida to‘liq va to‘g‘ri bilimga ega bo‘lish imkonini beradi. Go‘yo yaxshi shifokor inson tanasining faqat kasal a’zosinigina emas, barcha a’zo va ruhiyatni davolagani singari, jamiyatshunoslikda ham jamiyatning holatini o‘rganishda barcha omillar va muhit ta’sirini hisobga olish va xulosalar chiqarish imkonini aynan tizimlar nazariyasi yaratdi.
Parsons g‘oyasining uzviy rivoji tarzida D.Istonning siyosiy tizim nazariyasi yaratildi. Iston yondoshuvi siyosatning jamiyatdagi o‘rnini oydinlashtiradi va undagi ijtimoiy o‘zgarishlar mexanizmini tushuntirib beradi. Siyosat — Insonga kura — nisbatan mustaqil soha bo‘lib, uning asosiy vazifasi — resurslarni taqsimlashdan iborat. D.Iston nazariyasi asosida "talab" — manbalarning taqsimlanishiga doir hokimiyatta qaratilgan norozilik yoki rozilik impulslaridir. "Madad" hokimiyatning faoliyatini qo‘llab — quvvatlovchi impulslar, ularning ko‘payishi — siyosiy tizim kuchayishini, kamayish esa aksincha, zaiflashishini anglatadi. Madadning shakllari
xilma-xil: ular soliqlarni vaxida to‘lash, xarbiy burchni ado etish, qonunlarni xurmat qilish kabilardan iborat. Talab va madad impulslarining haddan tashqari, ortib yoki kamayib ketishi tizim faoliyatiny yomonlashtiradi. Apatiya siyosiy loqaydlik; siyosiy voqea - hodisalarga nisbatan befarqlikni anglatadi. U siyosiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoni va qobiliyati yo‘qolganida tug‘iladi. Siyosiy qarorlar "kirish" dagi talab, madad va partiyaga siyosiy tizim javobi tarzida vujudga keladi. U qonunlar, imkoniyatlar va maqsadlar haqidagi bayonnomalar shaklida bo‘ladi. qarorlar bajarilishiga oid hokimiyatning xatti- xarakatlari ham belgilab beriladi. Biz tizimli yo‘nalish asoschilarining faqat ikkitasigagina tegishli nazariyalarni juda umumiy tarzda yoritib berdik, xolos. Shuni ta’kidlash lozimki, g‘arb politologiyasida jamiyat siyosiy tizimiga yagona qarash mavjud emas. Uning bir nechta mustaqil nazariyalari bor. Yuqorida sanab o‘tilgan D. Iston tizimli tahlili G. Almond K. Doych siyosiy tizim nazariyasi bilan to‘ldiriladi. Bundan tashqari D. Trumen nazariyasi, G. Pauell va M. Kaplan nazariyalari mavjud v.x. Dastlabki ma’ruzalarimizda ta’kidlaganimizdek, tizimli yondoshuv XX asrning o‘rtalaridan boshlab siyosatni mustaqil, ichki bo‘lingan, lekin doimiy aloqadorlikdagi rivojlanish sohasi sifatida o‘rganuvchi fan yo‘nalishiga asos soldi. Zamonaviy politologiya ko‘p darajada — tizimli politologiyadir. Siyosiy tizim nazariyalarining ko‘p xilligi ular ta’riflarining ham xilma — xilligini keltirib chiqaradi. Ular ba’zan bir — birini inkor etadi. Eng umumiy tarzda jamiyat siyosiy tizimi — siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bilan bog‘lik munosabatlar, xarakatlar, tashkilotlar, me’yorlar, kadriyatning umumlashgan ifodasidir. Tushuncha siyosiy faoliyatning barcha turlarini va sohalarini qamrab olish va tahlil qilish imkonini beradi.
Politologlarning aksariyati siyosiy tizim nazariyasining ahamiyatini — ta’kidlab, uni "ijtimoiy va siyosiy tahlilning nihoyatda qimmatli vositasi" deb
baholashadi, ko‘p hollarda uni hatto "muammolarni hal qiluvchi" konsepsiya, deb ham atashadi. Bu bilan ular siyosiy tizim nazariyasining nafaqat nazariy, balki, amaliy ahamiyatini ham ko‘rsatadi.

Xulosa
Sosiologiya tarixida jamiyat – o'z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birlikgina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir. An'anaviy jamiyatda iqtisodiy masalalar insonning tabiatga bevosita munosabati orqali hal qilingan bo'lsa, industrial jamiyatda inson tomonidan yaratilgan sun'iy ishlab chiqarish vositalari iqtisodning asosini tashkil etadi. Shu boisdan ham bu jamiyat iqtisodiy jamiyatdir. U iqtisodiy munosabatlarni belgilaydi. Hozirgi iqtisodiyot ijtimoiylashib bormoqda. Intellektual salohiyat asosiy o'ringa chiqib bormoqda.
Fuqarolik jamiyatining barqarorligini ta'minlovchi shart-sharoitlar ham borki, ularsiz bu jamiyatning institutlari rivojlanmaydi. Bular jumlasiga jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlarning turlicha manfaatlarini ifoda etuvchi rivojlangan ijtimoiy strukturalar mavjud bo'lishi lozimligi kiradi. Jamiyatni mustaqil, o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlar birligi sifatida o‘rganish modeli muayyan jamiyatning muammolari, jarayonlari, istiqbollari haqida to‘liq va to‘g‘ri bilimga ega bo‘lish imkonini beradi. Go‘yo yaxshi shifokor inson tanasining faqat kasal a’zosinigina emas, barcha a’zo va ruhiyatni davolagani singari, jamiyatshunoslikda ham jamiyatning holatini o‘rganishda barcha omillar va muhit ta’sirini hisobga olish va xulosalar chiqarish imkonini aynan tizimlar nazariyasi yaratdi.


Download 175.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling