O’zbekiston respublikasi оliy va o’rta maxsusтa’lim vazirligi тоshkent davlat iqtisodiyot universiteti
II. Rivojlanayotgan mamlakatlarning belgilari va guruhlanishi
Download 315.87 Kb.
|
kurs ishi..
II. Rivojlanayotgan mamlakatlarning belgilari va guruhlanishi
«Rivojlanayotgan mamlakatlar» atamasi ikkinchi jahon urushidan keyin mustamlaka tizimining parchalanishi va sobiq mustamlakalarning mustaqillikka erishishlari natijasida paydo bolgan.Mazkur mamlakatlar guruhiga jahon xo‘jaligi mamlakatlarining 80 % kiradi,dunyo aholisining 85,3 % ushbu mamlakatlarda istiqomat qiladi. Ushbu guruhga tarkibiga Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va Isroildan tashqari Osiyoning boshqa mamlakatlari, Afrika qit’asida esa Janubiy Afrika Respublikasidan tashqari barcha mamlakatlar, shuningdek Lotin Amerikasi mamlakatlari kiradi.Ingliz tilidagi adabiyotlarda rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari«emerging markets» atamasi bilan nomlanadi. Iqtisodiy adabiyotda esa «shakllanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar» yoki oddiygina «bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar», deb tarjima qilinadi. Bu kategoriyaga bozor islohotlarini amalga oshirishda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishgan, milliy bank-moliya tizimini mustahkamlash va jahon xo‘jaligiga integratsiyalashishiga erishgan yetakchi rivojlanayotgan hamda sobiq sotsialistik mamlakatlar kiradi. Bu guruhga kiruvchi mamlakatlar iqtisodiyoti xalqaro kapital bozorlarida investitsiya resurslari eksportyori va importyori sifatidagi rolining keskin oshib borayotganligi bilan ajralib turadilar. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun quyidagi umumiy xususiyatlar xos.Rivojlanayotgan mamlakatlarda modernizatsiya jarayonlari natijasida iqtisodiyotning zamonaviy va an’anaviy sektorlari yonma-yon shakllanmoqda. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishi darajasining ortishi bilanbirinchi sektor ulushi ikkinchi sektor hisobiga ko‘payib boradi. Natijada qator rivojlanayotgan mamlakatlarda kapitalistik xo‘jalik ukladi bilan bir qatorda qarindosh,urug‘-aymoqchilik va patriarxal ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadi. Iqtisodiyotda yirik va bir-biridan farq qiluvchi, har biri yana mayda sektorlardan iborat tarkibning mavjudligi ko‘pukladlilik deb ataladi. XX asr mobaynida rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlatning roli salmoqli boidi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, pastdaromadli mamlakatlarda davlatxarajatlarining ulushi 1990-yilda YalM ga nisbatan17,1 %ni, 2001-yilda esa 20,1 %ni tashkil etdi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari davlat ixtiyorida boiishining sababi — davlat ularni o‘zi tashkilm etganligi bilan bogiiq. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat xarajatlari miqdorining rivojlangan mamlakatlarga nisbatan pastligi ijtimoiy sohaga sarflanayotgan xarajatlar o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat xarajatlarining aksariyat qismi investitsiyalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat sektori ulushining yuqoriligi quvib yetadigan iqtisodiy rivojlanish modeli bilan bevosita bogiiq boiib, iqtisodiyotni sanoatlashtirish davlatning faol ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy faoliyati huquqiy-institutsional asoslarini yaratishda davlatning faol aralashuvi talab etildi. Shu bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy «o‘yin qoidalari»ga rioya qilishdagi roli rivojlangan mamlakatlarga nisbatan samarasiz hisoblanadi. Jahon banki maiumotlariga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad yuqori mamlakatlarda tadbirkorlar uchun hamkor tomonidan shartnoma buzilgan taqdirda uni bartaraf etish uchun 0‘rtacha 267 kun (19 ta chora) ketadi va xarajatlar YalM ga nisbatan 8 %ni tashkil etadi.Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa ushbu jarayon 304 kunni (28 ta chora) va xarajatlar YalM ga nisbatan 62 %ga teng boiadi. Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuqori daromadli mamlakatlarda o‘rtacha 30 kun (7 ta chora) va xarajatlar YalM ga nisabatan 9 %ni tashkil etgani holda, ushbu ko‘rsatkich past daromadli mamlakatlarda 74 kun (11 ta chora) va xarajatlar YalM ga nisbatan 213 %ni tashkil etadi.1. Rivojlangan mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘-yicha katta farqning mavjudligi rivojlanayotgan mamlakatlarni quvib yetadiganrivojlanish yoiiga undaydi. Quvib yetadigan iqtisodiy rivojlanish sharoitida iqtisodiyotni modernizatsiyalash ichki va tashqi omillar ta’sirida amalga oshiriladi. Ushbu mamlakatlarga rivojlangan mamlakatlardan katta miqdorda kapital, texnologiyalarva tadbirkorlik tajribasining kirib kelishi natijasida iqtisodiy rivojlanishda bogiiqlikfenomeni yuzaga keladi.Milliyiqtisodiyotni rivojlantirish bir nechta yoki bittaxorijiy mamlakatdagi iqtisodiy holatga bogiiq boiib qoladi.Ushbu fenomen sobiq mustamlakalarda yaqqol namoyon boiadi, ularning aksariyat qismi sobiq mustamlakachilar yoki boshqa rivojlangan mamlakatlar ta’siri doirasiga tushib qolgan.Rivojlanayotgan mamlakatlardagi jamiyatning ijtimoiy tuzilishi rivojlangan mamlakatlardan keskin farq qiladi.Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar jiddiy ijtimoiy muammolarga duch kelmoqda. Bu mamlakatlarda demografik portlash muammosi bilan birgalikda aholi daromadlari borasida kuchli ijtimoiy tabaqalashuv, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma, ishsizlikning yuqori darajasi va yashirin iqtisodiyotning salmoqli ulushi mavjud. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida ijtimoiy infratuzilma — ta’lim, sogiiqni saqlash, uy-joy kommunal xo‘jaligi rivojlanmagan. Natijada, bu mamlakatlarda savodsizlik darajasi juda yuqori (Braziliyada — 11 %, Nigeriyada — 31 %,Hindistonda — 39 %, Misrda — 29 %), aholining kutilayotgan umri davomiyligi qisqa (Afrikaning Sahroyi Kabiridan janubda joylashgan mamlakatlarda 50 yosh),aholining juda oz qismi kanalizatsiya, toza ichimlik suvi quvurlari bilan ta’minlangan (Afrikaning Sahroyi Kabiridan janubda joylashgan mamlakatlarda 40% dan past)2. Yuqori darajadagi qashshoqlikka qarshi kurashmasdan turib iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga intilish rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida ijtimoiy vaziyatning keskinlashuviga olib kelmoqda.Sanoat, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy infratuzilmaning texnik jihatdan ta’minlanish borasida qoloqlik mavjud. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti ijtimoiy va texnologik jihatdan turli tarkibga ega. Shu bilan bogiiq holda rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro mehnat taqsimotida turli darajadagi faollik bilan qatnashadi: • iqtisodiyotning xorijliklar qoiidagi sohalari jahon bozorlariga chuqur kirib borgan; • yirik va o‘rta milliy kompaniyalar iqtisodiy rivojlanish darajasi ortgan sari jahon mahsulotlar bozoriga mahsulot olib chiqishni kengaytirishadi; • ijtimoiy-iqtisodiy tarkibining turlichaligi rivojlanayotgan mamlakatlar tashqiiqtisodiy aloqalari miqyosining rivojlangan mamlakatlarga nisbatan kam bo‘-lishiga olib keladi. 1950-yillarda bu mamlakatlarda AQSh, BuyukBritaniya va Fransiya kompaniyalari neft, tabiiy gaz, mineral resurslarni qazib chiqarishsohasining 70-100 %ni nazorat qilgan. Rivojlangan mamlakatlarning kompaniyalariJanubi-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida qishloq xo‘jalik yerlariningkatta qismiga egalik qilishgan. 1960-yillarning oxirida xorijiy kapitalga tegishli korxonalarda rivojlanayotgan mamlakatlar yalpi mahsulotining 25 % ishlab chiqarilgan.1990-yillarga kelib xorijiy korporatsiyalarning filiallari rivojlanayotgan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 7 %ni ishlab chiqargani holda, sanoat eksportining 30 % TMK kanallari bo‘yicha amalga oshirilgan. 1990-yillarda bu mamlakatlarning bevosita xorijiy kapital ta’sirida iqtisodiy o‘sish sur’atlari o‘rtacha 4 %ni tashkil etdi.Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishiga qaramasdan xorijiy kapitalni faol jalb etish rivojlanayotgan mamlakatlar oldida turgan quyidagi ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni hal etish imkonini bermadi: • rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish darajasi jihatdan tabaqalashuv jarayoni chuqurlashdi. Buning asosiy sababi aksariyat investitsiyalarustun darajada yuqori foyda keltiradigan mamlakatlar iqtisodiyotiga joylashtirildim(Xitoy, Braziliya, Meksika); • ular o‘rtasida xorijiy kapitalni jalb etish bo‘yicha raqobat kuchaydi; • xorijiy kapital uchun yaratilayotgan imtiyozlar aksariyat hollarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga zid holda amalga oshirildi. Spekulyativ kapitalga asoslangan portfel investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish qator rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaruvchi elementga aylandi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni strategik rivojlanishining vazifalari quyidagilardan iborat: • iqtisodiy qoloqlikni bartaraf etish; • iqtisodiyotni erkinlashtirish; • rivojlangan mamlakatlar bozoriga kirib borish uchun kurash. 1960-yillarning o‘rtalarida rivojlanayotgan mamlakatlar BMT da «77» guruhini tuzishdi va hozirgi vaqtda unga 150 ta mamlakat a’zo. «77» guruhi rivojlangan mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga har yili o‘z yalpi ichkimahsulotlarining 1 %ni, shu jumladan 0,7 %ni iqtisodiy yordam sifatida o‘tkazishlarinitalab etdi. Rivojlangan mamlakatlar bu talabni qabul qilmagan boisalarda, ushbu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga yo‘naltirilgan resurslarni miqdoriy oichov birligiga aylandi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning tavsiflanishi. Rivojlanayotgan mamlakatlarnitavsiflashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanilmoqda: • geografik joylashishi; • sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning rivojlanganligi; • sanoat mahsulotlarining eksportdagi ulushi; • iqtisodiy rivojlanish darajasi. Jahon banki yondashuviga muvofiq rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha quyidagi uch guruhga boiinadi1: 1. Yuqori daromadli mamlakatlar. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi milliy daromadi 12616 dollardan oshadi, ularga Saudiya Arabistoni (18030 doll.), BAA (35040 doll.), Quvayt (44730 doll.), Qatar (78720 doll.) kabi mamlakatlar kiradi. 2. 0 ‘rta daromadli mamlakatlar. Bu guruhga aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi milliy daromadi 1036-12615 dollarga teng boigan mamlakatlar kiradi. 3. Past daromadli mamlakatlar. Bu guruhga aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi milliy daromadi 1035 dollargacha boigan mamlakatlar kiradi. Past daromadli mamlakatlar guruhiga Afrikaning Sahroyi Kabir janubidagi mamlakatlarning deyarli barchasi, Osiyodan — Afg‘oniston (570 doll.), Nepal (700 doll.), Bangladesh (840 doll.), Tojikiston (850 doll.), Qirg‘iziston (990 doll.)Lotin Amerikasidan — Gayyana (460 doll.) kabi mamlakatlar kiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha bir-biridan farqlanuvchi uch turdagi mamlakatlar guruhidan iborat: • yangi industrial mamlakatlar; • o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari; • qoloq mamlakatlar. Ushbu guruhlar o‘rtasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi milliy mahsulot miqdoridagi farq rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi keskinfarqdan yuqori hisoblanadi. Misol uchun, Lotin Amerikasi mamlakatlarida ushbufarq 27,4 martaga teng. Shu sababli rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti bir-biridanijtimoiy-iqtisodiy tarkibi va iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi farqni bartaraf etishning strategik vositasi — bu sanoatlashtirish siyosatidir. Ushbu siyosatning asosini qayta ishlash sanoati tashkil qiladi. Dunyo amaliyotida sanoatlashtirishning quyidagi nazariyalari mavjud: • endogen rivojlanish; • «yangi iqtisodiy tartib»; • «o‘z kuchiga tayanish». Rivojlanayotgan mamalakatlar amaliyotida quyidagi sanoatlashtirish dasturlari qoilanilmoqda: 1. Sanoatning asos (bazis) tarmoqlarini rivojlantirish negizida iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni yoiga qo‘yish (Jazoir, Efiopiya, Misr, Vyetnam). 2. Importning o‘rnini qoplash siyosati — og‘ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va xorijiy kapitalni cheklash orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish (Lotin Amerikasi mamlakatlari). 3. Eksportga yo‘naltirilgan siyosat — ayrim tovarlarni tashqi bozorga chiqarish uchun ushbu tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashish (Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari). Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashish davrini to'rt bosqichga boyish mumkin. Bu bosqichlar Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib beradi: • import o'rnini qoplovchi tarmoqlarni rivojlantirish; • eksport salohiyatini va bazaviy tarmoqlarni shakllantirish; • fan sig‘imkorligi yuqori tarmoqlarni rivojlantirish; • yangi industrial mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi. Birinchi bosqich 1950-yillarni o‘z ichiga oladi va unda import qilinayotgan tovarlarni mahalliy mahsulotlar bilan almashtirish vazifasi qo‘yildi. Bu esa erkin konvertatsiyalashgan valyuta mablagiarini tejash va ichki bozorni asosiy iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish imkonini berdi. Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari ushbu bosqichni Osiyo mamlakatlariga qaraganda oldinroq boshlashlariga qaramasdan, ichki bozorlari hajmining kattaligi sababli bu bosqich nisbatan uzoq muddat davometdi. Osiyoning yangi industrial mamlakatlari 1960-yillardayoq import o‘rnini qoplash bosqichidan sanoatlashish bosqichiga, eksport salohiyatini yaratishni ustun darajada rivojlantirish siyosatini amalga oshirishga o‘tishdi. Bu davrda Lotin Amerikasi va Osiyo yangi industrial mamlakatlari o'rtasida sezilarli farq kuzatilmadi. Ikkinchi bosqich 1960-yillarni qamrab oladi va ushbu davrda eksportga yo'naltirilgan siyosat borasida Lotin Amerikasi va Osiyo yangi industrial mamlakatlari o‘rtasida iqtispdiy rivojlanish jihatdan keskin tafovut yuzaga keldi. Osiyo mamlakatlarida ommaviy iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga yo'naltirilgan mehnat sig'imkorligi yuqori korxonalar barpo etildi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa asosiy e’tibor qayta ishlash va qazib chiqarish sanoatining kapital sig'imkorligi yuqori texnologik tarmoqlarini rivojlantirishga qaratildi. Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida eksportga yo'naltirilgan rivojlanish modeli iqtisodiy rivojlanishni rag'- batlantirish nuqtayi nazaridan samaraliroq bo'lib chiqdi. Uchinchi — fan sig'imkorligi yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish, mustaqil ilmiy tadqiqot bazasini yaratish bosqichi 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlariga to'g'ri keladi. Bu bosqich davlat va xususiy sektor tomonidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyiha ishlariga sarflanayotgan mablag'larning oshirilib borishi bilan ajralib turadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda maxsus erkin iqtisodiy hududlar — ilmiy parklar shakllana boshladi. Ushbu bosqichda yangi industrial mamlakatlarda iqtisodiyotni muvaffaqiyatli modernizatsiyalash jarayoni amalga oshirildi va modernizatsiyalash muddati 10-25-yilni tashkil etdi. Bu o'tish iqtisodiyoti mamlakatlari, jumladan, O'zbekiston uchun juda muhim hisoblanadi.Yangi industrial mamlakatlarning rivojlanishidagi to‘rtinchi bosqich — bu jahonxo‘jaligiga integratsiyalashuv bosqichi hisoblanadi. Yangi industrial mamlakatlarda xorijiy capital qatnashmagan bironta tarmoq yo‘q. Bu sohada ilgari Lotin Amerikasi mamlakatlarida AQSh kompaniyalari, Janubi-Sharqiy Osiyoda Yaponiya kompaniyalari yetakchilik qilishgan bo‘lsa, hozirda esa teskari jarayonlar kuzatilmoqda. Yangi industrial mamlakatlarning sanoatlashish darajasi ko‘rinish jarayonini quyidagi ikki bosqichlarga ajratish mumkin: Birinchi bosqich — iqtisodiy o‘sishda yetakchi tarmoq sifatida qayta ishlash sanoatini rivojlantirish bosqichi.Bu tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 1960-1995-yillar mobaynida 6 baravarga oshgan. Mazkur tarmoqning rivojlanish jarayoni texnologik jihatdan oddiy va ko‘p kapital talab qilmaydigan matolar, kiyim-kechak,poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdan boshlangan. Ikkinchi bosqich — sanoat ishlab chiqarishining rivojlanish bosqichi. Bu bosqichda rivojlanish ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotlarga boigan talabning ortishi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli kapital ham tegishli tarmoqlarga oqib o‘tgan. Natijada qayta ishlash sanoati mahsulotlarining umumiy hajmida ishlab chiqarish vositalari ulushining ortishi kuzatildi. Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, Osiyo mamlakatlarida kemasozlik, avtomobilsozlik, keyingi bosqichlarda audio va videotexnikalar ishlab chiqarish, kompyuter va axborotlar industriyasi tarmoqlari iqtisodiyotni modemizatsiyalashning harakatlantiruvchi tarmoqlari sifatida rivojlantirilgan. Ushbu tarmoqlarning rivojlanishi G‘arbda erishilgan ilg‘or, yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirishni talab etadi. Masalan, Yaponiyada 1960-1970-yillarda texnologiyalar importi ularning eksportidan sakkiz baravar ko‘p bo‘lgan. Bu tarmoqlar qisqa muddatda ommaviy tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan. Jumladan, Koreya Respublikasida 2000-yilda umumiy tonnaji 12,2 mln. Tonnage teng (jahon tonnajining 54 %) savdo kemalarini ishlab chiqargan. 1990-yillarning oxirida jahonda mobil telefonlar ishlab chiqarishning 34 % Malayziya hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2000-yilda jahon kompyuterlar ishlab chiqarish hajmining 39 %, televizorlarning 42 %, orgtexnika va ofis uskunalarining 50 %dan ortig‘i Xitoyda ishlab chiqarilgan. U tarmoqlar «miqyos ta’siri» natijasidagi afzalliklar tufayli ichki bozorga yo‘naltirilmagan.Masalan, Koreya Respublikasida 1967-yili mamlakatda 165000 ta avtomobil mavjud boigan i holda, 300000 ta avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod qurilgan.Iqtisodiy o‘sishning yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarida xomashyo va energiya sarfi tayyor mahsulot qiymatining 10-12 %dan (elektronika) 22-25 %gachasini (kemasozlik)\ tashkil etgan1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash tufayli yaratilgan yangi tarmoqlarda modernizatsiya jarayonini davom ettirishdan manfaatdor ommaviy ishchi sinfi paydo bo‘ldi. Masalan, 1990-yillarning oxirida Malayziyada ishchilarning 14 % elektronika sanoatida, Koreyada ishchilarning 11 % kemasozlik va avtomobilsozlik sanoatida, Xitoyda ishchilarning 10 % orgtexnika ishlab chiqarishda band bo‘lgan. Oxirgi 25-30-yil ichida Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini «modernizatsiyalash lokomotivlari» jahoniqtisodiyotida real voqelikka aylandi.2 Oxirgi 10-yillikda Osiyo va Lotin Amerikasidagi qator mamlakatlar modernizatsiyalash jarayonlari tufayli yuqori texnologiyani mujassamlashtirgan mahsulotlarni eksport qiluvchi hududlarga aylandi. Yuqori texnologiyali mahsulot qiymati, ishlab chiqarish hajmi, miqyosi kengayib borgan sari arzonlashdi va ular sanoat mahsulotlarini eksport qilishga nisbatan samarali bo‘lib qoldi. Natijada rivojlangan mamlakatlarda o‘ta murakkab va kapital sig‘imkorligi yuqori texnologiyali microchip va farmatsevtika mahsulotlari ham modernizatsiyalashni harakatlantiruvchi tarmoqlarga aylandi. Download 315.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling