O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
ЭУЛ- электр узатиш линиялари
Download 462.83 Kb. Pdf ko'rish
|
dunyo xojaligi va uning tarmoq tarkibi
1
ЭУЛ- электр узатиш линиялари. aloqa tizimlari bo’lib, ularning faoliyati xalqaro shartnomalar majmuasi asosida tartibga solib boriladi.
Iqtisodiy makon - tizim tashkil etuvchi vazifasini dunyo moliya muassasalari amalga oshiradi. Ular o’rtasida quyidagilar yetakchi mavqega egadirlar. Jaxon banki, Xalqaro Valyuta fondi, xalqaro savdo tashkilotiga aylantirilgan ta’riflar va savdo bo’yicha Bosh shartnoma - xozirgi JST 2 xamda AQSH (federal rezerv tizimi) Buyuk Britaniya, Frantsiya, GFR va Yaponiya markaziy banklaridir. Aynan ushbu tashkilotlar «oltin standartlar» dan voz kechilganidan so’ng moliyaviy xisob-kitobning asosi sanalmish AQSH dollari, funt-sterling, frank, Germaniya markasi va Yaponiya ienasi kabi val’talarning roli va mavqeini ta’min etadi. 2002 yil yanvar oyidan boshlab ushbu vazifalarni Yevropa Ittifoqining yagona valyutasi sanalmish «evro» muvaffaqiyatli bajarmoqda. Dunyo moliyaviy tizimining muntazam faoliyat ko’rsatishda «xalqaro seyf» SHvetsariya banklari kontsortsiumi va Angliyaning «Lloyd» kompaniyasi kabi yirik sug’urta kompaniyalarining xam xizmati beqiyosdir.
Qator tadqiqotchilarning fikrlaricha, dunyo xo’jaligini shakllantirishda informatsion makon, ya’ni xulq-atvor stereotiplari, g’oyalar va inson ma’naviy xayotining boshqa qirralari kabi qadriyatlar tizimi xam yetakchi mavqega ega bo’lmoqda. Ushbu muammolar falsafa, jamiyatshunoslik, ruxiyatshunoslik, madaniyatshunoslik kabi fanlar tomonidan yetarlicha o’rganilgan bo’lsada, biroq ularning dunyo taraqqiyoti xamda dunyo xo’jaligi xududiy-tarmoq tuzilmasini faoliyat ko’rsatishdagi rolini xar tomonlama aniqlash aloxida e’tibor berishni taqozo qiladi.
Dunyo xo’jaligining informatsion makonida integratsion rolni eng avvalo iste’mol jamiyati stereotiplari o’ynaydi. Industriallashgan jamiyatning shakllanish davridayoq ommaviy ishlab chiqarish va «davlatning umumiy farovonligi» (Gelbreyt) stereotiplarining faol rivojlanishi ko’zatildi va bu «iste’mol obro’ - e’tibori»dan boshlab ishlab chiqarishni gurkirab rivojlanishi, bozorlarning
Download 462.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling