O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Qatlamlar va suyuqliklarning xar xilligiii hisobga olish
Download 6.15 Mb.
|
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrodinamik usullar
- Statistik usullar
4.7.Qatlamlar va suyuqliklarning xar xilligiii hisobga olish
Ishlashni kompleks loyihalashtirishning turli bosqichlarida, qatlam va flyuidlarning xususiyatlari, quduqlarni ishlash sharoitlari haqidagi boshlangich kon-geologik ma`lumotlarning to`likligi va sifatiga boglik xolda, suv xaydashdagi ishlashning texnologik ko`rsatgichlarini hisoblashni murakkabligi va aniqligi turli darajada bo`lgan usullarni qo`llash kerak. Shunday qilib, masalan, sinov-ishlatish loyiqasini tuzishda, neft' qazib chiqarish tumanini rivojlanishini kompleks loyiqalashtirishda qazib chiqarish imkoniyatlarini baholashda, shuningdek boshlangich geologik ma`lumotlar etarli emas va ularning sifati yuqori bo`lmaganda, ishlashning texnologik ko`rsatgichlarini aniqlash uchun gidrodinamik hisoblarning yaqinlashtirilgan, soddalashtirilgan usullarini qo`llash maqsadga muvoffiq. Kompleks tarxlarni, asosan ishlash loyiqalarini tuzishda esa qatlam va flyuidlarning ko`rsatgichlari, quduqdar va jihozlar ishlash sharoitlari xaqida katta miqdordagi yuqori sifatli axborotlarga ega bo`linganda, har xil suyuqliklarni turli g’ovak muqitda, quduqlar tizimida amaldagi sirqish sharoitlarini ko`proq darajada hisobga oluvchi, ishlashni texnologik ko`rsatgichlarini xisoblashning bir munchа jiddiy va murakkab usullarini qo`llash lozimdir. Xozirgi vaqtda neft' uyumlarini suvlanish jarayonlarini xisoblash uchun ko`plab gidrodinamik va statistik usullar tavsiya qilingan. Gidrodinamik usullar neft' uyumni amaliy ishlash sharoitlarini u yoki bu darajada to`laroq aks ettiruvchi hisobiy modellardan foydalanishga asolangan. Ishlashning boshlangich davrlarida foydalannsh imkoniyati ularning afzalligi hisoblanadi. Biroq, bu usullarning aniqligi qazib olinayotgan suyuqlikni suvlanganligi yuqori bo`lishi bilan, shuningdek ishlashni so`ngi davrida yomonlashib boradi. Statistik usullar ishlatishning o`tgan yillarida jamlangan haqiqiy ma`lumotlar bo`yicha siqish ko`rsatgichlarini baholash va bashorat qilinayotgan davr uchun uni ekstropolyatsiya qilish. Ularni ustunligi ishlash ko`rsatgichlarini dinamikasiga ta`sir qiluvchi barcha omillarni integral ravishda hisobga olish va bashoratlashning soddaligi kiradi. Mahsulotni suvlanishini o`zgarishga olib keluvchi tadbirlarni siqish ko`rsatgichlarini baholashga ta`sir qilishini hisobga olish qiyinligi bu usulning kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Statistik usullar ishlash tizimini butun bashorat qilinadigan davrda o`zgarishsiz qolishini talab qiladi. Qisoblashning gidrodnnamik va statistik usullarni kombinatsiyasida bir muncha ishonchli natijalar olish mumkin. Bunda etarli xajmdagi statistik ma`lumotlar jamlangandan keyin gidrodinamik qisoblar uchun qabul qilingan model qisobiy va xaqiqiy ishlash ko`rsatgichlarini taqqoslash yo`li orqali aniq-lashtiriladi. Download 6.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling