O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim
Neftni turli reagentlar bilan siqib chiqarish
Download 6.15 Mb.
|
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Micillyar eritmalar bilan neftni siqib chiqarish.
6.2. Neftni turli reagentlar bilan siqib chiqarish
Bunda asosan poliakrilamidning (PAA) neytrallangan ohakli eritmasi qo`llanadi. Ma`lumki suvga PAAning qo`shilishi uning qovushqoqligini orttiradi, natijada neftning suvga nisbiy qovushqoqligi kamayib, suvning siqib chiqaruvchi xususiyati ortadi, shunday holatda siqib chiqarish fronti barqarorligi ortadi va ko`proq neftni siqib chiqarish imkoni paydo bo`ladi. Bunday usulni yuqori qovushqoqlikka ega bo`lgan neftlarda qo`llash (10-50 MPa*s) maqsadga muvofiqdir. Suvlarning qovushqoqligi ortishi natijasida suv haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanlik xususiyati ancha kamayishini hisobga olib, bunday usulni yaxshi o`tkazuvchan qobiliyatga ega kollektorlarda (0,1 mkm2 dan ortiq), asosan g’ovaklik turdagi kollektorlarda qo`llash maqsadga muvofiqdir. Shuni e`tiborga olish lozimki, fil'tratsiya jarayonida polimerlarning bir qismi g’ovaklar devorida qolib ketadi. Shuning uchun suvga to`yinganlik 8-10 % dan ortiq bo`lmagan va oz miqdorda gillar mavjud kollektorlarda hamda harorati 70-800C bo`lgan sharoitda bu usulni qo`llash maqsadga muvofiqdir (harorat ko`rsatkichi xususida fikr yo`q, ba`zilar bu ko`rsatkichni boshqacha beradilar). Sirt faol moddalar (SFM) eritmasi bilan neftni siqib chiqarish. Aksariyat OP-10 turli ionogen bo`lmagan SFM eritmasidan shu maqsadlar uchun foydalaniladi. SFMning suvga qo`shilishi uning yuvuvchanlik xususiyatini oshiradi, natijada suvning neft' bilan chegarada sirt tarangligi kamayadi. Bu usul suvga to`yinganlik 15 % gacha bo`lgan hamda qatlamdagi neftning qovushqoqligi 5-30 MPa*s, qatlamning o`tkazuvchanlik xususiyati 0,03-0,04 mkm2 va qarorati 70°C gacha bo`lgan hollarda tatbiq etish tavsiya etiladi. Bu usulning beradigan natijasi neft' beruvchanlikni 3-5 % oshirishga qodirligidir. Micillyar eritmalar bilan neftni siqib chiqarish. Avvalo micillyar eritmalarning tarkibi xususida. U engil uglevodorodlar, chuchuk suv, sirt aktiv moddalar, spirt aralashmasidan hosil qilingan moddadir. Эritma mikroemul-siyadan iborat bo`lib, unda suv molekulalari, uglevodorod va SFM molekulalari tiniq eritma hosil qiladi. Uni neftni siqib chiqarish uchun qo`llanganda taxminan g’ovaklikning 10 % miqdorida micillyar eritma qatlamga qo`yiladi, uning ketidan uni qatlam bo`yicha surib yurish uchun bufer eritmasi - polimerli eritma qo`yiladi va so`ngra suv kuchi bilan eritma suriladi. Natijada micellyar eritma qatlamdagi mavjud neftlarni o`zida eritib boraveradi. Ma`lum muddatdan so`ng oluvchi quduqlar yordamida micellyar eritma yuqoriga chiqariladi va undan neft' ajratib olinadi. Bu usul bilan ilgari ishlatib bo`lingan konlarni yana qayta jonlantirish imkoni tug’iladi. Buning uchun 0,1 mkm2 dan ortiqroq o`tkazuvchanlikka ega bo`lgan terrigen kollektor tanlanadi. Albatta qatlamda mavjud qoldiq neftning miqdori 25-30 % dan kam bo`lmasligi lozim, chunki bu usul o`zini oqlamasligi mumkin. Qatlamdagi neftning qovushqoqligi 3-20 Mpa*s atrofida bo`lsa maqsadga muvofiqdir, qatlam harorati 70-90°C bo`lsa yaxshiroq. Hozirgi kunda keng qo`llanilayotganligining sababi usulning iqtisodiy jiqatdan ancha qimmatligidir. Bu usulni takomillashtirish ustida AQSH, Kanada, Angliya, Frantsiya, GFRda hamda Rossiyada tajriba ishlari olib borilmoqda. Download 6.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling