Havoning ishchi agent sifatida noqulayliklari;
1). Neft bilan havoning uzoq vaqt birga bo'lishi neftni qisman oksidlanishiga va harakatchanligini kamayishiga olib keladi.
2). Havoning haydalishi qatlam gazini sifatini buzadi.
3). Olinayotgan gaz tarkibida havo miqdorining ko'payib ketishidan portlovchi aralashma hosil bo'lishi mumkin.
4). Havodagi kislorodning ta'sirida, ayniqsa suv ishtirokida quvurlar va quduqlarning er osti jihozlarida kuchli korroziyalanish hosil bo'ladi.
Gazning muddatidan oldin ishlatuvchi quduqlardan chiqishi siqish jarayonini samaradorligini pasaytiradi va energetik harajatlarini ko'paytiradi. Ularni quduqlarning gaz omilini nazorat qilish orqali aniqlanadi.
Qatlam bosimini saqlash maqsadida qatlamga gaz haydash jarayonini o'tkazishni nazorat qilish, haydalayotgan gaz miqdorini aniq hisoblash, qatlam bosimini o'zgarishini kuzatish, gaz-neft tutashmasini siljishini muvoffiqlashtirish bilan olib boriladi. Bu muvoffiqlashtirish gaz omili ko'payib ketgan ishlatuvchi quduqlardan hududlar bo'ylab mahsulot olishni qayta taqsimlash yoki ba'zilaridan umuman to'xtatish orqali amalga oshiriladi
Nazorat savollari
1. Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari deganda nimani tushunasiz?
2. Ikkilamchi usullarni amalga oshirish uchun ob'ekt tanlashda nimalarga asoslaniladi?
3. Ikkilamchi usullar qo'llanilayotganda haydovchi quduqlardan oluvchi quduqlarga ishchi agentni o'tib ketishi va ularga qarshi choralar haqida gapirib bering.
4. O'zbekistonda neft uyumlariga suv haydashning qanday usullari qo'llaniladi?
5. Haydovchi quduqlarni joylashtirish usuli bo'yicha qatlamga suv bostirishning qanaqa tizimlari mavjud?
6. Qatlamga haydalayottan suv hajmini aniqlashda nimaga asoslaniladi va qanday aniqlannladi?
7. Qatlamga suv bostirishning kombinasiyalashgan tizimlarining qanday turlarini bilasiz?
8. Qatlamga haydashga mo'ljallangan suvga qo'yiladigan talablarni sanab o'ting.
9. Suvni tayyorlash qurilmasida bajarilayotgan jarayonlar haqida gapirib bering.
10. Qatlam bosimini saqlashda suv ta'minoti tarxi qanday qismlardan iborat?
11. Qanday holatlarda qatlam bosimini saqlashning gazli usullari qo'llaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |